Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HAVO TRANSPORTIDA TASHISH TURLARI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Salimova Diyoraxon Baxtiyorjon qizi · Hamroqulov Bahodir Mamasharifovich
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
Maqolada havo transportida ichki va xalqaro tashish tushunchalari, ularning huquqiy asoslari hamda o‘ziga xos xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Xalqaro tashishning aniqlanish mezonlari, tashish shartnomasi va xalqaro normalar muhimligi ta’kidlangan. Kalit so’zlar: havo transporti, xalqaro tashish, ichki tashish, tashish shartnomasi, bagaj, yuk. Iqtisodchilar nazdida transport jamiyat iqtisodiy organizmining muhim qon tomirlaridan biridir. Zero, transport uzoqni yaqin, og’irni yengil qiluvchi vositadir [1; 47]. Havo transporti ko’plab qulayliklarga egaligi bilan boshqa transport turlaridan ajralib turadi. Bu qulayliklar quyidagilarda namoyon bo’ladi: yo‘lovchilar va yuklar harakatining yuqori tezligi; yo’l qisqarishi natijasida yo‘lovchilar va yuklarni yetkazib berish vaqtining tejalishi; yuqoridagi qulayliklarni hisobga olgan holda boshqa tashish turlariga nisbatan arzonligi; boshqa turdagi transportlarda yurish qiyin bo‘lgan joylarga (tog‘lar, daryolar uzra, Uzoq Shimol hududlari va boshqalar) parvoz qilish imkoniyati bo’yicha havo transportiga teng keladigani yo’q. Havo transportining alohida rolini yil fasllari va iqlim sharoitidan qat’i nazar muntazamlik va universallik, havo kemalarining yuqori tashish imkoniyatlari ham belgilaydi. Havoda tashish –yo’lovchi va yuklarni havo kemalari yordamida tashish usuli hisoblanadi. Fuqarolik kodeksidan ma’lumki, yo’lovchi va yuk tashish harakati shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Ta’rifdan kelib chiqqan holda bunday tashish asosan ikki guruhga bo’linadi: yuk tashish va yo’lovchi, bagaj tashish shartnomasiga. Qoida tariqasida, yo‘lovchi tashish shartnomasi bo‘yicha tashuvchi yo‘lovchini, yo‘lovchi bagaj topshirgan bo‘lsa — bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. 925 Dekabr, 2024-Yil Bunda yo‘lovchi belgilangan yo‘l haqini, bagaj topshirgan bo‘lsa, bagaj tashish haqini ham to‘lash majburiyatini oladi. Barcha turdagi transportlarda, shu jumladan havo transportida ham, transport jarayoni tashish obyektini fazoda ko‘chirishdan iborat. Bunday ko‘chirishlar bir mamlakat ichida (ichki tashish, ichki yo‘nalishlarda tashish), shuningdek ikki yoki undan ortiq mamlakatlar o‘rtasida (xalqaro tashish, xalqaro yo‘nalishlarda tashish) amalga oshirilishi mumkin. Bunday farqlashning amaliy va nazariy ahamiyati xalqaro tashishlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi, ularning huquqiy tartibga solinishi bitta milliy huquqiy tizim doirasidan chiqadi va xalqaro shartnomalar hamda chet el qonunchiligi qoidalarini hisobga olishni talab qiladi. N.Yu. Yerpileva va V.A. Kanashevskiy xalqaro tashishlarning asosiy xususiyati ikki va undan ortiq mamlakatlar o‘rtasida amalga oshirilishidan iborat ekanligini ta’kidlaydilar. O.N. Sadikov esa "tashishni xalqaro deb tan olish uchun uning amalda ikki yoki bir necha mamlakat hududida amalga oshirilishi shart emasligiga" e’tibor qaratadi. 1929 yilgi Havo transportida xalqaro tashishlarning ba’zi qoidalarini unifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Varshava konvensiyasi (keyingi o‘rinlarda Varshava konvensiyasi) va 1999 yilgi Havo transportida xalqaro tashishlarning ba’zi qoidalarini unifikatsiya qilish to‘g‘risidagi Monreal konvensiyasi (keyingi o‘rinlarda Monreal konvensiyasi) qoidalariga muvofiq, tomonlarning kelishuviga ko‘ra, jo‘nash joyi va belgilangan manzil (tashuvda tanaffus yoki qayta yuklash bo‘lgan-bo‘lmaganligidan qat’i nazar) quyidagi holatlarda joylashgan bo‘lsa, har qanday tashish xalqaro tashish deb e’tirof etiladi: a) ikki yoki undan ortiq davlat hududida; b) bir davlat hududida, agar boshqa davlat hududida kelishilgan to‘xtash nazarda tutilgan bo‘lsa. Masalan, Rossiyadan Antarktidaga va ortga qaytishda amalga oshiriladigan tashish, agar xorijiy davlat hududida oldindan rejalashtirilgan to‘xtash bo‘lmasa, xalqaro deb hisoblanmaydi. Shu bilan birga, xalqaro tashish faqat bitta reys bilan amalga oshirilishi shart emas. Mamlakat ichidagi uchastkalarni o‘z ichiga olgan murakkab (ko‘p reysli) yo‘nalishli tashish, agar u tomonlar tomonidan yagona operatsiya sifatida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, qisman bir yoki bir nechta tashuvchilarning ichki reysi bilan bajarilganligidan qat’i nazar, xalqaro deb hisoblanadi. Masalan, chiptada ko‘rsatilgan Parij – Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilinganda, Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi yo‘nalishda tashish, yo‘lovchi ushbu yo‘nalishda ichki reys bilan harakatlangan bo‘lsa ham, xalqaro hisoblanadi. Shuni ta’kidlash muhimki, xalqaro tashishni tan olish uchun transport vositasining amalda chet elda bo‘lishi shart emas. Agar aviatsiya hodisasi chegarani kesib o‘tishdan oldin sodir bo‘lsa va hatto tashish u boshlangan davlatda to‘liq to‘xtatilgan bo‘lsa ham, bu bunday tashishning 926 Dekabr, 2024-Yil xalqaro xususiyatiga ta’sir qilmaydi. Tashish shartnomasida taraflarning kelishuviga ko‘ra xalqaro tashish ko‘zda tutilgan bo‘lishi muhimdir, chunki aynan shartnoma xalqaro havoda yo‘lovchi tashish bo‘yic
Доказательный фрагмент
«Maqolada havo transportida ichki va xalqaro tashish tushunchalari, ularning huquqiy asoslari hamda o‘ziga xos xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada havo transportida ichki va xalqaro tashish tushunchalari, ularning huquqiy asoslari hamda o‘ziga xos xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xalqaro tashish, yuk., havo transporti, ichki tashish, bagaj, tashish shartnomasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026