К содержанию
РецензированоUZ2023

O‘G‘UZLAR TURMUSH TARZI

O‘G‘UZLAR TURMUSH TARZI · G‘aniyev M. · OGHUZ LIFESTYLE (Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti “Ijtimoy fanlar va)

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

This article examines the governance system, lifestyle, religion and beliefs, and urban planning of the Oghuz, one of the Turkic peoples, as discussed in the research of Turkish, Arab, and Russian scholars. Furthermore, it highlights that the primary sources regarding the formation of this people are predominantly found in the legends concerning Oghuz Khagan. Keywords: Oghuz, Oghuz Khagan, Belief, Islam, Tengriism, Ibn Fadlan, Faruk Sumer, V.V. Bartold, Urban planning, Kultegin inscription, City of Yangikent. ОБРАЗ ЖИЗНИ ОГУЗОВ Аннотация. В данной статье рассматриваются исследования турецких, арабских и русских ученых, посвященные системе управления, образу жизни, религии и верованиям, а также градостроительству огузов, одного из тюркских народов. Кроме того, подчеркивается, что основные источники о формировании этого народа в основном содержатся в легендах об Огуз Хаакане. Ключевые слова: Огузы, Огуз-каган, вера, ислам, теология, Ибн-Фадлан, Фарук Шумер, В.В. Бартольд, градостроительство, надпись Культегина, город Янгикент. Manbalarda O‘g‘uzlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil tasvirlar (qarashlar) bor. Bular ularni odatda kamsituvchi gaplardir. Buning sabablari boshqacha bir dunyoqarashga egaligi va bu holat mualliflarning turmush tarziga mos kelmasligi bo‘lsa kerak. Bu mavzuda O‘g‘uzlarning yomon tabiatli, johil va qattiq odamlar ekanligi [1. s. 116], mag‘rur yuzli, g‘amgin, g‘arazgo‘y va hasadgo‘y insonlar ekanligini [2. s. 55] aytgan mualliflar ham bor ekan. Shunga qaramasdan, mualliflar unlarning jangari, jasur ekanligini ham ta’kidlab o’tadilar. O‘g‘uzlarning dunyoqarashi O‘g‘uz xoqonning vasiyati orqali shakllangan ekan. Uning vasiyatga ko‘ra: O‘g‘uzlar doimiy ko‘chmanchi hayot tarzida yashab, yerlarini o‘zgartirib 708 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 turishlari hamda dam olmasdan qishin-yozin otlar bilan sayohat qilishlari kerak. Agar shunday qilishsa, sut-qatiqlari, qimizlari kamaymaydi va boy bo‘ladilar. Avlodlari yoyilib dunyoga hukmdor bo‘ladilar. Agar bunday qilishmasa, kambag‘allashib boshqa millatlar bilan aralashib tilini va odatlarini unutadilar [3. s.28]. Usmon Turonning so‘zlariga ko’ra Turk jahonga hokimligining dastlabki g’oyasining asosi O‘g‘uz Xoqon afsonalariga borib taqaladi. Aniqki, ularning dunyoni fath qilishi buning natijasidir [4. s. 143]. Bahovuddin Ogelning bergan ma’lumotiga ko‘ra O‘g‘uz Xoqonning Suriyadagi vaqtida o‘g‘illarining topishi uchun sharqqa kamonni, g‘arbga o‘qlarni ko‘mdiradi va bu bilan ularni “kamonning ko‘kda sharqdan g‘arbga qarab tortilishi” ya’ni sharqdan g‘arbga qarab butun dunyoga hukmron qilinishi kerak degan g’oyani jahonga hukmronlik qilishi bilan bog‘laydilar. Uyg‘ur manbalarida O‘g‘uz Xoqon dostonida o‘g‘uzlarning [5] Ko‘k Tangrichilik diniga e’tiqod qilishi keltirib o‘tiladi. Yabg‘ulik ya’ni Turk xoqonligi zamonida ham bu dinga sig‘ingan. Ular ham ulug‘ bir yaratuvchining borligiga ishonardilar. Uni boshqa Turklarda aytilgani kabi “Tangri” [6. s. 378-387] deb ataydilar. Ibn Fadlan bu mavzuda o‘g‘uzlarning biri zulmga duchor bo‘lganda boshini qo‘llarini yuvmasligi, ularning suvdan foydalanmasligini ko‘rsatadi. Bir kishining Qur’onni qiroat bilan o‘qiyotganida uni tinglayotgan boshqa bir kishiga bu manzur bo‘lganligi va undan o‘qishni davom ettirishini istaganligi aytilmoqda. Tinglayotgan kishi tarjimon orqali “Robbimizning xotini bormi?” deb bergan savoliga va javoban Qur’on o’qiyotgan kishining bu haqida so‘rash katta gunoh ekanligi, tasbeh va istig‘for aytish kerakligini ta’kidlab o‘tgan. Bu ishlarning o‘g‘uzlarda odat tusiga kirganligi va “Subhanalloh va la ilaha illalloh” kalimasini eshitgan har bir inson uni takrorlab qo‘yarkan. Ayniqsa ularning beylariga “Ey Robbim” deya xitob qilishlari haqida [7. s. 10-11] ma’lumotlar bor. Bundan o‘g‘uzlarning Islom dinini yaxshi bilmasligi anglashiladi. Ammo Ibn Fadlanning o‘g‘uzlarni yaxshi tanimasligi, beylarini “Rabbim”. deb aytganligi haqidagi ma’lumoti bunga guvohlik berib turibdi. Ibn Fadlan o‘g‘uzlarda mayyitlarni dafn qilish odati bilan bog‘liq katta chuqur qaziganligi, mayyitga kiyim kiydirib, kamarini taqib, kamoni va boshqa anjomlarini kiydirib, qo‘liga ichida sharob to‘la qadah tuttirganligi manbalarda uchraydi. Undan keyin boshqa ashyolarini ham olib kelib bu chuqurni to‘ldirganligi qayd etilgan. Uning ortidan ovqat to‘kish odatlari ham bor ekan. Boyliklarini ko‘rsatish uchun hayvonlarining boshlari, oyoqlari, terisi, quyrug‘idan tashqari barcha a’zolari mozorning atrofiga osib qo‘yiladi. Bu hayvonlar jannatga ketayotganda minish uchun kerak bo‘lar ekan. Agar o‘lgan kishi jangchi bo‘lsa qancha odam o‘ldirgan bo‘lsa, o‘shancha suratini chizdirib qabrning atrofiga qadab chiqiladi. Bular jannatda xizmatkor bo‘lar ekan. Agar mayyitning ortidan qurbonlik qilish kechiktirilsa ichlaridan bir mo‘ysafid tashviqot olib borib o‘lgan kishini tushida ko‘rganini aytib, bu ishlaridan xursand emasligini, bildirar emish. Natijada hayvonlarni qurbonlik qilishga majbur bo‘lar edi. 70

Доказательный фрагмент

«This article examines the governance system, lifestyle, religion and beliefs, and urban planning of the Oghuz, one of the Turkic peoples, as discussed in the research of Turkish, Arab, and Russian scholars.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the governance system, lifestyle, religion and beliefs, and urban planning of the Oghuz, one of the Turkic peoples, as discussed in the research of Turkish, Arab, and Russian scholars. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Oghuz, Oghuz Khagan, Belief, Islam, Tengriism, Ibn Fadlan, Faruk Sumer, Kultegin bitigi, O‘g‘uzlar, Tangrichilik, shaharsozlik, Yangikent shahri., Islom, E’tiqod, V.V.Bartold, O‘g‘uz Xoqon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники