К содержанию
РецензированоUZ2023

MIRZO ULUG’BEKNING ,,TARIXI ARBA ULUS”ASARI MUHIM TARIXIY MANBA SIFATIDA

TARIXIY MANBA SIFATIDA · Olimova Iroda · Burta, o`zbek · Chig`atoy ulusi. · HISTORICAL SOURCE

Современная наука и исследования · 2023

Аннотация

Mirzo Ulugbek, as a representative of multifaceted science, is the author of a number of essays on astronomy, musicology and history. This article discusses the classification of the work ``Tarihi Arba ulus'' written by Mirzo Ulugbek Koragon and its importance in studying the history of Mongol peoples. Key words. Mirzo Ulugbek, ,,Tarikhi arba ulus”, ,,yos”, Temuchin, Jalaluddin Manguberdi, Monmakon ibn Chigatoy, Oktoykhan, Mongolia, Merkit, Jozhikhan, Dashti Kipchak, Burta , Uzbek, Khaloghun, Iran, Abbasids, Chigatai dynasty. ВАЖНО ТРУД МИРЗО УЛУГБЕКА «ИСТОРИЯ УЛУСА АРБА» КАК ИСТОРИЧЕСКИЙ ИСТОЧНИК Аннотация. Mирзо улугбек был всесторонне одаренным представителемнауки, являющимся автором произведий по астрономии,истории имузыке. В этой статье речь пойдет об историческом произведении Мирзо Улугбека Курагани "Тарихи арба улус" и его роли в изучении истории монголов. Ключевые слова. Мирзо Улугбек, Тарихи арба улус, Ёс, Темучин, Джалалуддин Мангуберди, Монмакон ибн Чигатой, Октойхан, Монголия, Меркит, Джожихан, Дашти Кипчак, Бурта, Узбек, Халогун, Иран, Аббасиды, Чигатайcкий улус. Markaziy Osiyoning yirik namoyandalaridan biri, Temur saltanatining sultoni Mirzo Ulug`bek(1394-1449) o`z ilmiy faoliyati davomida fan va ma`rifat rivojiga ulkan hissa qo`shdi. 679 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Mirzo Ulug`bek ham davlat ishlari, ham ilm va ma`rifatni birga olib bordi. Bartold aytganidek ,,Ulug`bekkacha musulmon dunyosida taxtga o`tirgan hukmdor yo`q edi. ``1 Yoshligidan ilm- fanga chanqoqligi uni falakkiyot, tarix, handasa, riyoziyot va boshqa fanlarni puxta o`rganishga undadi. Keyinchalik Ulug`bek o`nlab shogirdlari va do`stlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda o`z davrining yagonasi bo`lgan Samarqand rasadxonasiga asos soldi. Ulug`bek rahbarligi va homiyligi ostida rasadxonada maorif yuksaldi, keng va puxta astronomik kuzatishlar natijasida juda qimmatli ma`lumotlar to`plandi va yirik bir yulduzlar jadvali bo`lmish ,, Zij`` yaratildi. Serqirra olim sifatida Mirzo Ulug`bek temuriylar davri tarixshunosligida yuqori baholangan ,,Tarixi arba ulus” yoxud ,,To`rt ulus tarixi” asarini yozdi. 1425 yilda (yoki hijriy 828-829-yillar) Ulug`bekning shaxsan o`zining ishtirokida fors tilida yozib tugallangan bu asar muqaddima va yettita asosiy bodan iborat. Hozirda asarning qo`lyozma variant Angliyaning Buyuk Britaniya muzeyida saqlanmoqda. ,,Tarixi arba ulus” XIII asr davri tarixini chuqur o`rganishda muhim tarixiy manba bo`lib xizmat qiladi. Shuningdek, u dunyoning turli tillariga tarjima qilingan: polkovnik G.Mayls asarni ingliz tiliga tarjima qilib, 1832 yilda Londonda nashr qilinga. Asarda keltirilgan mo`g`ul xalqlarining siyosiy, ijtimoiy hayoti ayniqsa qolgan manbalar bilan birga o`rganganda juda qimmatli. Asarda mo`g`ul qabilalarining kelib chiqish tarixi, ko`chish jarayonlari, urug`-qabilaviy munosabatlarning qaror topishi, Chingizxon va uning avlodlari asos slogan davlatlar yoritiladi. Mirzo Ulug`bek asarda mo`g`ul xalqlari borasida quyidagi fikrlarni keltiradi: ,,Mo`g`ul sho`basi to`qqiz nafardir. Ulardan dastlabkisi Mo`g`ulxon, ularning oxiri Elxon va to`qqiz raqamiga e`tibor mo`g`ul firqasi orasida shu najhdan rivoj topadi. Mo`g`ullarning bu e`tibori tahqiqga ko`ra, har martabada to`qqiz sanog`idan ortig`ini lozim ko`rmaydilar.``2 Yuqoridagi parchada mo`g`ul xalqlarining hayotida to`qqiz raqamining o`rni yoritilgan bo`lib, mo`g`ulchada ,,yos`` ya`ni to`qqiz raqami samoviy va kundalik hayotning eng muhim raqami bo`lgan. Jumladan, har to`qqiz yilda mo`g`ul hukmdorlari shomonlik e`tiqodi asosida poklanish marosimi o`tkazganligi tarixiy manbalarda uchraydi3. Bu esa asarning nafaqat mo`g`ul xalqlarining ijtimoiy-siyosiy balki, etnologik tarixini o`rganishda ham muhimligini ko`rsatadi. ,,Tarixi arba ulus``da Chingizxonning tug`ilishidan taxtga chiqqunigacha bo`lgan siyosiy faoliyati hamda undan keyingi harbiy yurishlari mufassal bayon etilgan va muallif asarning katta qismini Chingizxon oilasi va avlodlari tarixiga bag`ishlagan. Shu sababdan ham asar ,,Ulusa arbai Chingiziy``(Chingiziylarning to`rt ulusi) nomi bilan ham mashhur. Asarda keltirilgan ma`lumotga ko`ra ,,Temuchin`` ismining tanlanishi ham diqqatga sazovordir. Temuchin bu o`sha davrlarda 1 Бартольд В.В. Указ. соч. С. 134 2 M.Улугбек. Турт улус тарихи.Тошкент.1994.б. 27 3 А.Э. Гармаева. Числовая символика в монгольском языке: семантика и функции. Вестник Бурятского Государственного Университета.2008. с. 109 680 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 qudratli totor davlatining hukmdoriga tegishli ism bo`lgan. Chingizxonning otasi Yosug`ay Bahodir totor xalqlari ustidan qozongan g`alabasidan so`ng unga o`g`il farzandli bo`lgani haqida elchidan xabar oladi. Mo`g`ul firqasi buzurglaridan unga nom qo`yishlarini so`raganida esa buzurglar orasidan lashkar qo`mondoni So`g`uq Chechan akobirlarga xos ism sifatida ,,Temuchin``ni tavsiya beradi . Keyingi harbiy-siyosiy faoliyat natijasida hokimiyatni egallagan Temuchin

Доказательный фрагмент

«Mirzo Ulugbek, as a representative of multifaceted science, is the author of a number of essays on astronomy, musicology and history.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mirzo Ulugbek, as a representative of multifaceted science, is the author of a number of essays on astronomy, musicology and history. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mirzo Ulugbek, Tarikhi arba ulus”, yos”, Temuchin, Jalaluddin Manguberdi, Burta, Xaloguxon, o`zbek, Jaloliddin Manguberdi, merkit, Jo`jixon, Eron, Chig`atoy ulusi., Dashti Qipchoq, Mirzo Ulug`bek, Monmakon ibn Chig`atoy, Mo`g`iliston, Abbosiylar, O`qtoyxon, Tarixi arba ulus”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники