К содержанию
РецензированоRU2026

Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning usullari, omillari va vositalari

Латофат Юлдошева (Международный университет туризма и культурного наследия «Шелковый путь»)

Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor strategiyalari, vositalari va usullari, shuningdek, turizmni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash omillari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: тurizm industriyasi subyektlari,huquqiy ta’minot vositalari,tashkiliy vositalar, ijtimoiy kafolat. Turizm industriyasining davlat tomonidan tartibga solishning zarurati, eng avvalo, bozor munosabatlari va sharoitlarining muttasil ravishda o‘zgarib turishi bilan belgilanadi. Turizm bozorini tartibga solish mexanizmini ko‘rib chiqqan 168 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi holda, aksariyat iqtisodchilar uni tartibga solishning alohida usullari, vositalarini mujassamlashtirgan chora-tadbirlar majmuyi sifatida izohlashadi.Turizm industriyasida bozor munosabatlarini tartibga solish qonunchilik, ijro qilish va nazorat xususiyatlarini o‘z ichiga oluvchi tadbirlar tizimidan tashkil topadi. Respublikamiz turizm sohasida davlat siyosatini yuritishning asosiy yo‘nalishlari, usul va vositalarini ilmiy tadqiq etish orqali barqaror rivojlanish strategiyalarini aniqlab raqobatbardosh turizm bozori kontentini yaratishning ilmiy-uslubiy va amaliy jihatlarini tahlil etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solishning alohida usullari, elementlari va vositalarini tadqiq etish bu boradagi kelgusi maqsadlarni aniq belgilab, ularning istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy samarasini aniqlashga imkon beradi. Turizm industriyasini davlat tomonidan boshqarish mazmuni bo‘yicha Ch.Goeldner va R.Ritchie tomonidan ishlab chiqilgan nazariy yondashuvlarga asoslansak, bu jarayon o‘z funksiyalariga ega ko‘pgina tartibga solish subyektlarini jamlaydi [1]Har bir tartibga solish subyekti o‘zining alohida manfaatlariga ega bo‘lib, oldindan belgilangan maqsad va vazifalarga erishish uchun o‘z vositalaridan foydalanadi. O.Г.Давыдоваning “Инструменты государсвенного регулирования развития туристическая деятельности в Украине” maqolasida keltirilishicha, turizm industriyasini davlat tomonidan boshqarish usullari-bu raqobatbardosh turistik hududlar shakllanishi va rivojlanishiga barcha ishtirokchilar ta’sirining usullari jamlanmasi hisoblanadi.[2] Shuningdek, A.Mirzaxodjayevning “Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish samaradorligini oshirishning ayrim usullari” nomli maqolasida turizm industriyasini davlat tomonidan boshqarishning usullari, tamoyillari va vositalari tahlili batafsil yoritilgan. [3] C.Галасюкning “Модели государственного регулирования в сфере туризма. Одесса. Украинаю” nomli maqolasida turizm industriyasining davlat tomonidan tartibga solishning xalqaro modellari aks ettirilgan.[4] Hozirgi kunda erkin bozor iqtisodiyoti davlatlarida qo‘llaniladigan turizm siyosatini bir necha asosiy modellarga ajratish mumkin. Boltabayev.M.R.,Tuxliyev.I.S.,Safarov.B.Sh.,Abduxamidov.S.A larning ilmiy kuzatuvlariga ko‘ra [5], turizm sohasini davlat tomonidan boshqarishning uch turdagi tashkiliy tuzilmasi mavjudligi haqida so‘z yuritiladi. Turizm industriyasini tartibga solish shakllari turistik mahsulotga talab va taklif o‘rtasidagi dinamik muvozanatga erishish uchun uning tarkibiy qismlariga ta’sir etishning asosiy strategik yo‘nalishlarini o‘zida jamlaydi.Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasini tartibga solishning barcha usul va vositalari bir-biriga uzviy bog‘liqlikda bo‘lishi zarur,faqat ulardan o‘zaro muvofiqlikda foydalanish turizm bozorining ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokchilarining munosabatlarida paydo bo‘ladigan muammolarni optimal ravishda yechish imkonini beradi. Tadqiqot ishida so‘ngi yillarda respublikamizda raqamli iqtisodiyotning taraqqiy etish jarayonlarini hisobga olish, turizm sohasini barqaror rivojlantirish,turizm industriyasida davlat siyosatini yuritishning asosiy 169 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi yo‘nalishlari, vositalari va usullarini tahlil qilishning ahamiyatli jihati sifatida o‘rganish metodologiyasi qo‘llanilgan, ushbu mavzuda ilmiy asarlar nashr etgan iqtisodchi olimlarning fikr-mulohazalariga tayangan holda dialektik va tizimli yondashuv, solishtirma tahlil kabi usullari orqali turizm sohasini takomillashtirishning strategiyalari taklif etilgan. Davlat va biznes vakillarining hamkorlikdagi faoliyati va ularning muntazam ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga tayyorlik darajasini oshirish iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muayyan samarani berishi mumkin. Turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solish usullarining umumiy tasnifi 1.1-jadvalda keltirilgan. Turizm industriyasini tartibga solishda joriy etilayotgan usullar turizm bozorida turistik mahsulotga talab va taklif o‘rtasida dinamik muvozanatga erishish va raqamli iqtisodiyot sharoitida turistik hududlarni muntazam ro‘y berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlarga tayyorlik darajasini kuchaytirish va shu yo‘sinda ular

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor strategiyalari, vositalari va usullari, shuningdek, turizmni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash omillari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada turizm industriyasini davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor strategiyalari, vositalari va usullari, shuningdek, turizmni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash omillari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy kafolat., субъекты туристической отрасли, huquqiy ta’minot vositalari, организационные инструменты, tourism industry entities, tashkiliy vositalar, social guarantees., legal means of support, инструменты правового обеспечения, социальные гарантии., organizational means, тurizm industriyasi subyektlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники