Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
Tadbirkorlik faoliyatida ijtimoiy yo’naltirilgan loyihalar samaradorligini oshirish
Джавлон Баисбаев (Ташкентский государственный экономический университет)
Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики · 2010
Аннотация
Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlash maqsadida, ijtimoiy zif qatlamlarda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maslalari, bu bo’yicha loyihalarni amalga oshirishda mablag’larni jalb etilishi yo’nalishlari, aholini ijtimoiy-iqtisodiy rag’batlantirish maslalari o’rganilgan. Kalit so’zlar: tadbirkorlik, investitsiya, loyiha, ijtimoiy yordam, kam ta’minlanganlik, tashkilotlar, biznes reja, samara, kichik biznes, mablag’. 102 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yirik mablag‘lar talab qilmaydigan, moddiy resurslarning nisbatan qisqa muddat mobaynida o‘sish sur’atini kafolatlovchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari iqtisodiyotdagi bandlik muammosini nisbatan tez va ortiqcha sarf- xarajatlarsiz ta’minlash, ichki bozorni moliyaviy resurslar chegaralangan sharoitda iste’mol mollari bilan to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tadbirkorlikning ijtimoiy ahamiyati ham katta. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin: tadbirkorlik sub’ektlari mustaqil ravishda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashdan tashqari, yollanma ishchilarning yashash darajasini ko‘tarish imkoniga ega bo‘ladi; tadbirkorlik, nafaqat ish bilan bandlik, balki shaxsning ichki imkoniyatlari ochilishi uchun ham imkoniyat yaratadi; tadbirkorlik ishsizlik darajasini qisqartirish va mamlakatning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish imkoniga ega; mamlakatning eng chekka hududlarida ham infratuzilma rivojlanishiga hissa qo‘sha oladi. Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash natijasida, tadbirkorlik sub’ektlarining YaIMdagi ulushi rivojlangan mamlakatlar qatorida 55-57 % tashkil etganidanoq ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, franchayzing singari biznes turini rivojlantirishning huquqiy va siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmini ishlab chiqish, ikkinchi funksiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi zarur. Odatda, franchayzing xorijiy yirik kompaniyalarning mamlakatimizda mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish yoki ko‘rsatish uchun beriladigan ishonchi sifatida namoyon bo‘ladi, ammo ichki tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida shartnoma kelishuvlarining ham namunaviy me’yorlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Franchayzingni mamlakatimizda rivojlantirishdan asosiy maqsad, eksportga yo‘naltirilgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish va ichki bozorda narx erkinligini ta’minlashdir. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish uchun davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari, mahalliy budjet, tijorat banklari, mikromoliyalash tashkilotlari, xususiy investorlar va tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z mablag‘laridan samarali foydalanish muhim hisoblanadi. Aholining kam ta’minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda Moliya vazirligi va Jahon banki ishtirokida “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o‘rtasida 2019-yil 19- iyuldagi 6446-UZ-sonli 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini ajratish uchun moliyalashtirish shartnomasi imzolandi. Loyiha Jahon banki vitseprezidentining 2019-yil 18-19-iyul kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq amalga oshirilib, shuningdek XTB bilan hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda[1]. 103 “MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Loyihani amalga oshirish muddati 2020-2024-yillar, ya’ni 5 yilni o‘z ichiga olgan. Ushbu loyiha uchta tarkibiy qismdaniborat bo‘lib, birinchidan, ijtimoiy yordam tizimini modernizatsiya qilish, ikkinchidan, mehnat bozorini jonlantirishga qaratilgan dasturlarning samaradorligini oshirish; uchinchidan, monitoring va loyihalarni boshqarish chora-tadbirlarini o‘z ichigaolgan. Ma’lumki, 2020-yilning boshida O‘zbekiston hukumati hamda BMT agentliklari hamkorlikda aholini ijtimoiy himoya qilishni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishdi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi mamlakatdagi nogironligi bor katta yoshdagi insonlar va bolalarni o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston fuqarolarini butun hayotlari davomida ijtimoiy himoyadan foydalanish imkoniyatini ta’minlash hamda mazkur xizmatlarning sifatini oshirishdan iborat edi. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilgan loyiha davomida ijtimoiy himoya tizimini tartibga soluvchi yagona davlat boshqaruv-nazorat mexanizmini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik sub’ektlarining ushbu tarzda qo‘llab-quvvatlanishi pirovard natijada ularning raqobatbardoshli
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlash maqsadida, ijtimoiy zif qatlamlarda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maslalari, bu bo’yicha loyihalarni amalga oshirishda mablag’larni jalb etilishi yo’nal…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlash maqsadida, ijtimoiy zif qatlamlarda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maslalari, bu bo’yicha loyihalarni amalga oshirishda mablag’larni jalb etilishi yo’nal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- малый бизнес, kichik biznes, tashkilotlar, entrepreneurship, funds, социальная помощь, biznes reja, organizations, effectiveness, mablag, kam ta’minlanganlik, фонды, samara, предпринимательство, бизнес-план, project, ijtimoiy yordam, poverty, investitsiya, social assistance, investment, tadbirkorlik, инвестиции, loyiha, small business, эффективность, бедность, business plan, организации, проект
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021