Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARDATABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVOJLLANTIRISH–ILMIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz) · Suyarov Kusharbay Tashbayevich (ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2020
Аннотация
Maqolada talabalarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojllantirishga oid o‘quv maqsadlarini yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan. Kalit so‘zlar. Tabiiy fanlar, funksional savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, ilmiy bilishning nazariy va empirik darajasi, o‘quv maqsadlari, kompetensiya. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi «Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4805-son qarorida umumiy o‘rta ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitishni takomillashtirish maqsadida “Tabiiy fanlar”ni yagona fan sifatida tajriba-sinov tariqasida o‘qitishni bosqichma-bosqich joriy etish hamda tabiiy fanlar uchun darsliklar, metodik qo‘llanmalarni yaratish zaruriyati ta’kidlanilgan [1]. XXI asrning birinchi choragi fan, texnika va sonoat sohalarida ulkan innovatsiyalarga boy bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mikro zarralarning xususiyatlari singari hozirda nano zarralar xususiyatlari ham jadal o‘rganilmoqda hamda fanda erishilgan muhim natijalar amalyot(sanoatlashtirish)ga tatbiq qilinmoqda. Sanoat va ishlab chiqarish oliy ta’lim muassasalarida berilayotgan kasbiy bilimlarga nisbatan ilgarilab ketmoqda. Bugun oliy ta’lim bitiruvchilari oldida o‘z kasbi bo‘yicha ish o‘rinlarini egallashda muammolar yuzaga kelmoqda. Endilikda shaxsda qanday ko‘nikmalarni egallashi lozimligi ko‘plab pedagogik, psixologik va sotsial tadqiqot ishlarida keng muhokama qilinmoqda. Ana shulardan biri shaxs(maktab o‘quvchi, oliy ta’lim talabasi yoki pedagog bo‘lishidan qa’tiy nazar ular)da funksional savodxonlikni rivojlantirish masalasi ilmiy pedagogik muammo sifatida tadqiqot maydonida keng o‘rganilmoqda. Funksional savodxonlik nima? Funktsional savodxonlik bu – inson o‘zidagi bilim va ko‘nikmalaridan haqiqiy (real) hayotiy vaziyatlarda qanchalik foydalanishi mumkinligini ko‘rsatadi va bu shaxsning o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tayyorlik darajasini belgilaydi. Funktsional savodxonlik insonning hayotiy muammolarini hal qilish, o ‘z oldiga maqsadlar qo‘yish va ularga erishish, o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalash, tanqidiy va kreativ fikrlash, muloqot qilish va jamiyat ravnaqi yo‘lida muvaffaqiatli ishtirok etish qobiliyatini oshiradi. Boshqacha so‘z bilan aytiganda funktsional savodxonlik – bu “umr davomida ta’lim olish” asosidir. Funktsional savodxonlik o‘z ichiga o‘qish savodxonlik (matnlarni o‘qish, tushunish va ularga asoslangan holda fikrlash qobiliyati), matematik savodxonlik(matematik tushunchalarni bilish va tushinish), tabiiy-ilmiy savodxonlik(tabiiy hodisalarni tushunish, ilmiy dalillarni tahlil qilish va ilmiy yondashuvlarni tushuntirishda qo‘llash qobiliyati), moliyaviy savodxonlik(moliyaviy tushunchalarni tushunish, moliyaviy xavflarni baholash), kreativ fikrlash(muammolarni ijobiy hal qilish, yangi g‘oyalani berish, muammoli vaziyatlardan chiqish qobiliyati), global kompetensiyalar(atrof olam va regional muammolarni, xususan, ekologik muammolarni hal etishga qatnashish)ni o‘z ichiga oladi. 300 «UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI www.in-academy.uz Biz, ushbu maqola funksional savodxonlikning tarkibiy elementi bo‘lgan tabiiy ilmiy savodxonlikni ta’lim oluvchilarda shakllantirishning metodologik asosini yoritishni maqsad qildik. Darhaqiqat, bugungi kunda talabada, bo‘lg‘usi mutaxasisda tabiiy ilmiy savodxonlikni shakllantirish bir tomondan davlatimiz ijtimoiy buyurtmasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan biz pedagoglar uchun dolzarb ilmiy pedagogik muammolardan biri bo‘lib turibdi. Inson qaysi bir davrda (zamonda) yashayotgan bo‘lsa, unga shu davrning o‘ziga xos talablari javob qidiradi. Atrof borliqni, jumladan, unda kechayotgan hodisa va jarayonlarni bilishning metodologik asosini, bir – birini to‘ldiruvchi ilmiy bilishning nazariy va empirik metodlarining birligini tashkil etadi [2]. Ilmiy bilishning nazariy darajasi, haqiqiy borliqning ob’ektiv qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy tizimi bo‘lgan ilmiy nazariya yaratilishini ta’minlovchi metodlarni o‘z ichiga oladi. Bunday metodlarga ilmiy abstraksiya, ideallashtirish, fikriy modellar, ilmiy g‘oyalar va gipotezalar kiradi. Ilmiy bilishning empirik darajasi bevosita tabiat hodisalari va jarayonlardagi reallik bilan bog‘liq bo‘lgan va ilmiy bilish predmeti sanalgan amaliyot bilan bog‘liq. Bunday metodlarga kuzatish, eksperiment o‘tkazish, ilmiy faktlar asosida olingan natijalarning bayoni, tahlil va umumlashtirishlar kiradi. Ta’lim muasasalarida DTS va fanning o‘quv dasturiga ko‘ra, ta’lim oluvchilar egallashlari lozim bo‘lgan nazariy bilimlar bilan birgalikda, ularda bilishning empirik uslubiga tayangan amaliy va umum o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qiladi. Tabiatdagi turli hodisalarni o‘rganish va mohiyatini anglash, ularga oid kattaliklarni o‘lchash, bu kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash maqsadida eksperimental
Доказательный фрагмент
«Maqolada talabalarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojllantirishga oid o‘quv maqsadlarini yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada talabalarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojllantirishga oid o‘quv maqsadlarini yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tabiiy fanlar, o‘quv maqsadlari, tabiiy-ilmiy savodxonlik, ilmiy bilishning nazariy va empirik darajasi, kompetensiya, funksional savodxonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026