К содержанию
РецензированоRU2026

TALABALANING MUSTAQIL TA’LIM OLISHIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

RIVOJLANTIRISH METODIKASI · Tillabayev Boburjon Shavkatjon o‘g‘li (Farg‘ona politexnika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

в данной статье представлена методика саморазвития в самостоятельном обучении студентов, а также научно проанализирован и объяснен некоторый зарубежный опыт. Annotation: in this article, the method of self-development in independent education of students is given, and some foreign experiences are scientifically analyzed and explained. Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kredit-modul, reja va “Yutuq-yutuq” menejmenti. Ключевые слова: самостоятельное образование, саморазвитие, кредитный модуль, план и управление «Win-Win». Keywords: independent education, self-development, credit module, plan and “Win-Win” management. Bugungi kunda barcha oliy ta’lim muassalarida joriy etilgan kredit-modul tizimi tufayli talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun soatlar ko‘pligi sababli talabalardan tizimli va mustaqil ishlash talab qilinmoqda. Bu jarayonda mustaqil ta’lim olish metodlarini o‘z-o‘zini rivojlantirish metodlari bilan birgalikda foydalanish natijasida o‘z sohasida yetuk va hayotiy barcha vaziyatlarni chuqur tahlil qila oladigan kadrlar yetishib chiqadi. ”Getting things done” tizimidan foydalanish ortiqcha kuch sarflamasdan, hech qanday qiyinchiliklarsiz va vaqtdan unumli foydalangan holda yuksalish sari yo‘l ochishdir. Bu tizim-uskunalar majmui hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib bu tizimdan nafaqat ishda balki turmushda ham foydalanila boshlangan. “Getting things done” tizimini ishga tushurish uchun: [1,72] Birinchidan: barcha ishlar, vazifalar, uchrashuvlarni tezlik va puxtalik bilan rejalashtirilgan hujjatlar kerak bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, bu tizim sizning hayolingizni band qilishi kerak emas. Ikkinchidan: o‘zingizni doimo kelgusi harakat uchun tayyor reja olib yurishga o‘rgating. Masalan, ish faoliyatingiz bo‘yicha uchrashuv belgilangan bo‘lsa, uchrashuv davomida nimalarga e’tibor qaratishingiz, qanday suhbatlashishingiz haqida eng kichik qismlarigacha yozib oling. Shuningdek, iloji boricha suhbatni qisqaroq qiling. Bu orqali miyangizda ortiqcha ma’lumotlarni saqlab turishingiz shart bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni saqlash uchun ko‘p narsalardan foydalanish mumkin: yon daftarcha, qog‘ozchalar, elektron xatlar yoki ovozli tasmalar. Eng asosiysi nima qayerdaligini bilsangiz bo‘ldi. 289 www.namspi.uz universaljurnal.uz Muhim uchrashuvlar yoki muddati belgilangan vazifalarni saqlash uchun eslatish tizimidan foydalanishingiz mumkin. Bu tizimning ma’nosi xar kuni topshiriqlar ro‘yhatini tuzishga bo‘lgan ehtiyojni yo‘qotishdir. Ya’ni eslatish tizimida siz har kun uchun rejalar tayyor bo‘lgan papkani olasiz. Bu tizimdan foydalanish uchun 43 ta papka yoki fayl kerak bo‘ladi. 12 ta papka oylar uchun, 31 ta papka oyning har bir kuni uchun. Papkalarga mos ravishda imzo qo‘yish lozim va ularni belgilangan tartibda qo‘yish kerak. Barcha papkalar o‘z navbati va raqami bilan yuritiladi. Barcha papakalarni bajarilishi kerak bo‘lgan vaqtga qarab taxlanadi. Xar kuni ertalab bugungi kun uchun atalgan papkani olasiz. Uning ichidagi ma’lumotlarga ko‘z yugurtirib, bo‘sh papkani bir oy oldinga olib qo‘yasiz. Agar bugungi rejalashtirilgan ishlarning birortasiga ulgimay qolsangiz, papkani keying raqam bilan belgilaysiz. Buning ma’nosi hali tugallanmagan ishlar mavjud degani. Bu vazifalarni bajarish jarayonida o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmasi ham rivojlanib boradi. Turli topshiriqlarni bajarish yoki yaqin vaqt oralig‘ida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar uchun Allen tizimini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunda barcha narsalar quyidagi mezon bilan o‘lchanadi. Stiven Kovi “Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi” nomli kitobida shunday yozadi: “universitetda dars berib yurgan kezlarim, oldindagi maqsadni yutuq-yutuq asosida o‘zaro tushunish usulini yaratgan edim. Bu eng yaxshi tajribalarimdan biri bo‘lgandi. Bu-biz amalga oshirishga urinayotgan vazifa. Mana bu esa, a’lo, yaxshi, qoniqarli baho uchun asosiy mezonlar. Mening maqsadim har biringizga a’lo baho olish uchun yordam berish. Endi gaplashib olgan narsalarimizni tahlil qiling va xulosa chiqaring. Nimani qilmoqchiligingiz to‘g‘risida bir qarorga keling. Shundan keyin olmoqchi bo‘lgan bahoyingiz va unga erishish uchun nimalar qilish kerakligini birgalikda muhokama qilamiz”. “Yutuq-yutuq” kelishuvini tuzish muhim paradigma almashinuvini talab qiladi. Bunda vazifani bajarish usuliga emas, vazifaning natijasiga e’tibor qaratiladi. Insonning o‘ziga xos imkoniyatini yuzaga chiqaradi. [3,82] Yutuq-yutuqda insonlar o‘ziga, o‘z ishiga baho beradi. Odamlar o‘zlarini baholashda foydalanadigan an’anaviy o‘yinlar zerikarli va noqulaydir. Yutuq- yutuqda insonlar, o‘zlarini rivojlantirishga qaratilgan mezondan foydalanib o‘zlariga baho beradi. Agar mezonni to‘g‘ri o‘rnatgan bo‘lsangiz, insonlar unga muvofiq bo‘la oladi. “Yutuq-yutuq” asosida vakolatlash kelishuvida, xattoki yetti yosh bolakay ham hovlini “yashil va toza” saqlashga o‘ziga va’da beradi. Bunday kelishuvlarda vazifa bajarilgach, ishlab chiqaruvchini qanday mukofot yoki jazo kutayotgani belgilab q

Доказательный фрагмент

«в данной статье представлена методика саморазвития в самостоятельном обучении студентов, а также научно проанализирован и объяснен некоторый зарубежный опыт.»

Образец извлечения

Демо-превью

в данной статье представлена методика саморазвития в самостоятельном обучении студентов, а также научно проанализирован и объяснен некоторый зарубежный опыт. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
independent education, self-development, credit module, plan, mustaqil ta’lim, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kredit-modul, reja va “Yutuq-yutuq” menejmenti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники