К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIM SOHASIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYARDAN FOYDALANISHNING O’RNI VA AHAMIYATI

Б Курбанов

Универсал международный научный журнал · 2026

Аннотация

Bugungi kunning globallashayotgan dunyosida ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi zamonaviy jamiyatning muhim talablaridan biridir. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari (AKT) va boshqa innovatsion yondashuvlar yordamida ta’lim jarayonini yanada qiziqarli, samarali va qulay qilish mumkin. Ushbu maqolada ta’limda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati, ularning o‘rni, afzalliklari va qo‘llanilish usullari keng muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Zoom, Microsoft Teams, Google Classroom, Virtual va qo‘shimcha reallik (VR/AR), Sun’iy intellekt (AI), Big Data. Zamonaviy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning tezkor darajada o‘zgarishlari siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, har qanday o’zgarishlar yoki yangiliklar avvalo ta’lim tizimini qamrab oladi, chunki ta’lim jamiyat rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shu sababli XXI asrda ta’limga nisbatan yangi talablar ilgari surilmoqda, oliy ta’lim muassasalari talabalari tayyorgarligi sifati esa dolzarb masalalardan biriga aylangan. Hozirgi vaqtda bitiruvchilarning amaliy ko‘nikmalari darajasi va ish beruvchi tashkilotlarning talab-ehtiyojlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lib, bozordagi kuchli raqobatchi sifatida tashkilotlar tobora ko‘proq zamonaviy texnologiyalarga yo‘nalmoqda. Ushbu farqni bartaraf etish uchun oliy ta’lim muassasalarida innovatsion o‘quv texnologiyalarini keng miqyosda joriy qilish muhimdir. Innovatsion texnologiyalar – bu ilg‘or ilmiy yondashuvlar, yangi texnika uskunalari yoki dasturlar yordamida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan texnologiyalar bo‘lib, ular orqali jarayonlar avtomatlashtiriladi, optimallashtiriladi va yangilanadi. Ularning asosiy maqsadi – resurslarni samarali ishlatish, jarayonlarni soddalashtirish va natijalarning sifatini oshirishdir. Innovatsion texnologiyalarning ta’limdagi o‘rni: Innovatsion texnologiyalar ta’lim jarayonini an’anaviy yondashuvlardan farqli ravishda interaktiv va amaliyotga yo‘naltirilgan tarzda tashkil qilishga imkon beradi. Ushbu texnologiyalar: ü Talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. ü O‘quv jarayonini samarali tashkil qilishga yordam beradi. ü Ta’limni global tarmoqlar orqali barcha uchun tenglashtiradi. Misol uchun, masofaviy ta’lim platformalari (Zoom, Microsoft Teams, Google Classroom) dunyoning istalgan burchagidagi o‘quvchilar va o‘qituvchilarni birlashtiradi. Shu bilan birga, virtual va qo‘shimcha reallik 492 www.namspi.uz universaljurnal.uz texnologiyalari (VR va AR) talabalarni real hayotga yaqin vaziyatlarda o‘rgatish imkonini beradi. Innovatsion texnologiyalarning turlari va qo‘llanilish sohalari. 1. Axborot-kommunikatsion texnologiyalari (AKT) AKT ta’limni raqamlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Elektron kutubxonalar, ma’lumotlar bazalari va onlayn ta’lim platformalari orqali talabalar bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi. 2. Masofaviy ta’lim texnologiyalari Elektron ta’lim vositalari orqali talabalar o‘z vaqtini boshqarib, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu, ayniqsa, pandemiya kabi sharoitlarda samarali bo‘ldi. 3. Gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) O‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini qo‘shish orqali talabalarning qiziqishini oshirish mumkin. Masalan, Duolingo yoki Quizlet kabi ilovalar yordamida chet tillarini o‘rganish jarayoni samaraliroq bo‘ladi. 4. Virtual va qo‘shimcha reallik (VR/AR) Bu texnologiyalar talabalarga murakkab mavzularni ko‘rgazmali tarzda o‘rganishga yordam beradi. Masalan, tibbiyot sohasida VR texnologiyalari yordamida jarrohlik amaliyotlarini virtual tarzda mashq qilish imkoniyati mavjud. 5. Sun’iy intellekt (AI) AI yordamida talabalar uchun individual o‘quv dasturlari yaratish mumkin. Shuningdek, AI talabalarning o‘qish qobiliyatlarini tahlil qilib, ularning zaif tomonlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar beradi. Innovatsion texnologiyalarning afzalliklari. ü Bilim olish jarayonining moslashuvchanligi Masofaviy ta’lim texnologiyalari talabalar uchun ta’lim olish joyini va vaqtini o‘zlari tanlash imkoniyatini beradi. Bu esa bilim olishni istaganlar uchun ta’lim olishdagi to‘siqlarni kamaytiradi. ü Interaktivlik va qiziqarli ta’lim jarayoni Multimedia vositalari (videolar, animatsiyalar) yordamida talabalar murakkab mavzularni tushunish va mustahkamlash jarayonida faol ishtirok etadilar. ü Shaxsiylashtirilgan ta’lim Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar (Big Data) yordamida har bir talabaga individual ta’lim dasturlari yaratiladi. Bu talabalarni bilim olish jarayoniga qiziqtiradi va ularning ehtiyojlariga mos keladi. ü Ijodkorlikni rivojlantirish Gamifikatsiya va loyiha asosida o‘rganish talabalarni o‘z g‘oyalari bilan ishlashga undaydi. Bu esa innovatsion fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. ü Talabalar o‘rtasida muloqotni rivojlantirish Guruh bo‘lib ishlash yoki loyiha asosida ta’lim olish jarayonida talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalar rivojlanadi. Innovatsion texnologiy

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunning globallashayotgan dunyosida ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi zamonaviy jamiyatning muhim talablaridan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunning globallashayotgan dunyosida ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi zamonaviy jamiyatning muhim talablaridan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zoom, AR), Sun’iy intellekt (AI), Microsoft Teams, Virtual va qo‘shimcha reallik (VR, Big Data, Google Classroom
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники