Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT FANI O‘QITUVCHILARIGA YOG‘OCH O‘YMAKORLIGINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK ASOSLAR
Axmedov Muxomod-Umar Baxridinovich · OF FINE ARTS
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The article describes the historical development of applied arts, in particular wood carving, the views of our great-grandfathers on educating young people and teaching them crafts, the attention paid in their works to teaching young people the rules of etiquette, attracting them to master the secrets of science, directing them to perform meritorious deeds, and encouraging them to engage in creativity, as well as the pedagogical foundations of organizing these events today. Keywords: education, ethics, equipment, equipment, painting, painting, miniature, sculpture, ganch, wood, metal, bone, stone, design, photo art, eco-bana, miniature art, engraving, educational and methodological, material and technical. ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ПРЕПОДАВАНИЯ РЕЗЬБЫ ПО ДЕРЕВУ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА Аннотация В статье историческое развитие практического искусства, особенно резьбы по дереву, взгляды наших прадедов на воспитание и воспитание молодежи, обучение молодежи правилам этикета, привлечение их к освоению секретов науки. внимание в его произведениях направлено на руководство выполнением похвальных поступков, поощрение творчества, а также педагогические основы организации этих мероприятий сегодня. заявил. Ключевые слова: образование, этикет, техника, оборудование, живопись, живопись, миниатюра, скульптура, дерево, металл, кость, камень, дизайн, фотоискусство, экобана, чудесное искусство миниатюры, гравюра, учебно-методическое, материально-техническое. Respublikamizning mustaqillikka erishishi tufayli ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishga, jumladan, yoshlarni ijodiy, mustaqil fikrlay oladigan barkamol insonlar qilib shakllantiradigan bilimlar mazmunini tanlab olishga, o‘quv muassasalarida mashg‘ulotlarning samarali usullari va shakllarini tanlab olishga jiddiy e’tibor berilmoqda. 4 26 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ «Umumiy o‘rta ta’lim» bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik faoliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyatini, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin». Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularni kelajak hayotga tayyorlash, ijodiy faoliyatga, odob-axloqli bo‘lishga, ilm olishga, foydali yumushlar bilan shug‘ullanishga yo‘llash ishlari Sharq xalqlarining qon-qoniga singib ketgan noyob amallardandir. Ta’lim-tarbiya ishlarining qonun bilan himoyalanishi, barcha tashkiliy, rahbarlik va ta’minot ishlarining davlat tasarrufida bo‘lishi, davlatning, xalqning o‘z kelajagi uchun jiddiy qayg‘urishidan dalolat beradi. Sharq xalqlarining uzoq tarixida, hatto odamzod paydo bo‘lishining boshlang‘ich davrlarida, masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida, quldorlik jamiyati tuzumida ham yosh bolalarning, kelajak avlodning tarbiyasiga e’tibor berib kelingan. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastlab yog‘ochlardan ayrilar, o‘tkir uchli nayzalar yasash va ular bilan ov qilish o‘rgatilgan bo‘lsa, keyinchalik yog‘ochlardan turli tosh, jez, suyak kabilarga dastalar o‘rnatish, ular bilan mehnat qilish, ov qilish, turli xil moslamalar yasash o‘rgatilgan. Quldorlik tuzumiga kelib, yog‘och asboblar, dastalar, moslamalar yasash takomillashdi, o‘ziga xos sifat, jilo beradigan qilib, qo‘llanilish maqsadiga qarab, o‘z vazifasini aniq bajara oladigan qilib yasaldi va bu ishlar farzandlarga, shogirdlarga o‘rgatib borildi. Yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlari: chelaklar, kosalar, laganlar, tog‘oralar, bochkalar, suvdonlar, qoshiqlar, turli asboblar uchun dastalar, g‘ildiraklar, omoch qismlari; harbiy maqsadlar uchun ashyolar: nayzalar va o‘qlar dastalari, egarlar, devorlarni buzish moslamalari, manjanaqlar, narvonlar, ko‘priklar, dekchalar, safar anjomlari; qurilish maqsadlari uchun ashyolar: ustunlar, to‘sinlar, eshiklar, panjaralar, darvozalar, kursilar, tokchalar, aravalar, taxtiravonlar va boshqa yuzlab nomdagi moslamalar tayyorlangan, hayotda samarali foydalanilgan. Albatta, ushbu yog‘och jihozlarni tayyorlash, yasash va foydalanish davrida yosh o‘smir bolalar bevosita yoki bilvosita ishtirok etganlar, bu yo‘l bilan ularning shu sohadagi bilimlari takomillashtirib borilgan. Feodal tuzumi davriga kelib, buyuk davlatchilik siyosatlari baravar rivojlantirildi, barcha sohalardagi asbob-uskunalar, jihozlar ishlab chiqarish juda keng miqyosda taraqqiy etdi, hatto, nafis san’at darajasiga yetdi. Endi buyumlar va jihozlarning faqat ish bajarishga chidamliligigagina emas, balki nafis, go‘zal, chiroyli, bezakli qilib tayyorlanishiga ham jiddiy e’tibor berildi. Turli davrlarda har xil buyumlarning tayyorlanishi, taraqqiyoti, rivojlanishi turli xil arxeologik qazishmalar paytida topilgan ashyolar, shuningdek, ular bilan bog‘liq tavsiflar og‘zaki va yozma manbalarda bizgacha yetib kelgan. Yoshlarni mehnat qilishga, turli hunarlarni egallashga
Доказательный фрагмент
«The article describes the historical development of applied arts, in particular wood carving, the views of our great-grandfathers on educating young people and teaching them crafts, the attention paid in their works t…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes the historical development of applied arts, in particular wood carving, the views of our great-grandfathers on educating young people and teaching them crafts, the attention paid in their works t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, ethics, equipment, equipment, painting, painting, miniature, o‘quv-metodik, moddiy-texnik., ekobana, ganch, miniatyura, yog‘och, asbob-uskunalar, tosh, mo‘’jaz minityura san’ati, foto san’ati, dizayn, haykaltaroshlik, suyak, rangtasvir, odob-axloq, metall, musavvirlik, gravyura, jihoz, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026