Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADID MAʼRIFATPARVARLARNING OʻLKA IJTIMOIY MAʼNAVIY HAYOTIDA TUTGAN OʻRNI
TUTGAN OʻRNI · Mo‘ydinova Sayyoraxon Eminjon qizi · ЖИЗНИ СТРАНЫ (Andijon davlat Pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti Matematika ta’lim yoʻnalishi)
Современная наука и исследования · 3 · 173- 187 · 2024
Аннотация
Memoirs, writings, autobiographies, like other genres of literature, are based on the author’s personal life experience. Because of this, memories are distinguished by their subjective character. After all, in these memoirs, the story is told only in the first person. It is for this quality that memoirs are one of the most relevant genres of literature. Key words: Jadid, enlightenment, Jadid method, national upliftment, press, autonomy. Kirish. Inson ma’naviyatini yuksaltirishga bo‘lgan ehtiyoj keng qamrovli tushuncha sifatida “sanogen tafakkur” mohiyatini tahlil qilishga undab, ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab olmoqda hamda “tafakkur va sog‘lom tafakkur” kategoriyalarini chambarchas bog‘liq tushunchalar sifatida aqliy – mantiqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchov sifatida maydonga chiqarmoqda. Insonnning sog‘lom fikrlashga undovchi manbalardan biri “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, qadimiy ajdodlarimiz yaratgan eng qadimiy, noyob bilimlarning xazinasidir. Unda olamdagi barcha diniy, dunyoviy, tabiiy fanlar bo‘yicha teran fikrlar mujassamlashgan. Jumladan “Avesto”da yaxshi fikr, tarbiyasi xaqida quyidagi mulohazalar uchraydi: “Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. 4 44 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avval yaxshi o‘qishni, so‘ngra yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin”. “Yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon- shavkat baxsh etaman”.1 XIX asr so‘nggi choragida Turkistonda xayriya munosabatlarida mahalliy aholi boy qatlamining faoliyati yuqori ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, XX asr birinchi choragida Turkistonda mahalliy ziyolilar, jadidlar, ma’rifatparvarlar tomonidan xayriya jamiyatlari tashkil etila boshlandi. Jadidchilik harakatining Turkistonda mustaqillik uchun kurashlarda musulmon xayriya jamiyatlarining tuzilishi siyosiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyat kasb etdi, ta’lim va madaniyat sohalarini inobatga olgan holda rivojlantirishni ta’minladi va Turkistonning turli hududlarida jadidlar tomonidan asos solingan xayriya jamiyatlari orasida “Tarbiyai atfol”, “Jamiyat taraqqiyoti maorifi Buxoro”, “Jamiyati xayriya”, “Ko‘mak”, “Imdodiya” eng mashhur jamiyatlar sifatida nom qozondi. Mazkur jamiyatlar faoliyati davomida insonparvarlik tamoyillariga asoslangan beg‘araz yordam va xayriya yo‘nalishlaridan bordi. Jumladan, Ismoil Gaspirinskiy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Shakuriy, Fitrat kabi jadidlar o‘z faoliyatlarida ezgulik, muruvvat va saxovatpeshalik an’analarini davom ettirgan holda turli xil ilmiy va xayriya jamiyatlari tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. Dastlab, jadidchilik harakatining asoschisi Ismoil Gasprinskiy yuzaga kelgan vaziyatni yaxshi anglagan holda “Tarjimon” gazetasi orqali tashviqot kompaniyasini boshlagan. U barcha yerlarda hayriya muassasalarini ochish, hayriya mablag‘ va manbalarini boshqarish tizimini yaratishga tashviqot qilgan. Birinchi bo‘lib u musulmonlar orasida eng keng tarqalgan hayriyani, sadaqani tizimlashtirishni taklif qilgan. Gasprinskiyning ta’kidlashicha, buning uchun “Muruvvat uylari”, ko‘cha va bozorlarda daydib yurgan yetim, nogiron va muhtojlar uchun “Etimxonalar” yaratish zarur, shuningdek har bir shahar yoki uezda mablag‘larni yig‘ish va ularni muhtojlarga sarflash uchun “Xayriya jamiyati” ochish kerakligi qayd etilgan. Jadidlar Turkiston kelajagi bilan bog‘liq g‘oyalarni xalqqa yetkazish, ularning madaniy- ma’rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida o‘z gazeta va jurnallarini nashr qilishga harakat qildilar. Jumladan, Maxmudxo‘ja Behbudiy 1913-yildan boshlab “Samarqand” gazetasini chop qila boshladi. Keyinchalik bu gazeta “Oyna” jurnaliga aylantirildi. Jadidlarning bevosita rahbarligida Toshkentda “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Sadoi Turkiston”, Qo‘qonda “Sadoi Farg‘ona”, Buxoroda “Buxoroi sharif”, “Turon” kabi o‘nlab gazeta va jurnallar nashr etila boshladi. Jadidlar Turkiston kelajagi bilan bog‘liq g‘oyalarni xalqqa yetkazish, ularning madaniy- ma’rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida o‘z gazeta va jurnallarini nashr qilishga harakat qildilar. Jumladan, Maxmudxo‘ja Behbudiy 1913-yildan boshlab “Samarqand” gazetasini chop qila boshladi. Keyinchalik bu gazeta “Oyna” jurnaliga aylantirildi. Jadidlarning bevosita rahbarligida Toshkentda “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”, “Sadoi Turkiston”, Qo‘qonda “Sadoi Farg‘ona”, Buxoroda “Buxoroi sharif”, “Turon” kabi o‘nlab gazeta va jurnallar nashr etila boshladi. Har bir davrda va millatning har bir farzandi ruhida boqiy yashab kelayotgan, Vatanning mustabidlar zulmidan ozod boʻlishini, elga erk, hurriyat istagan xalqimizning qalbi uygʻoq farzandlari boʻlmish jadidlar hamisha fikru yodimizni egallaydi. 1 https://www.researchgate.net/profile/Xoliqova-Rahbar/publication 4 45 International scientif
Доказательный фрагмент
«Memoirs, writings, autobiographies, like other genres of literature, are based on the author’s personal life experience.»
Образец извлечения
Демо-превьюMemoirs, writings, autobiographies, like other genres of literature, are based on the author’s personal life experience. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadid, enlightenment, Jadid method, national upliftment, press, autonomy, matbuot, usuli jadid, muhtoriat., milliy ko’tarilish, ma’rifat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026