Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI IQTISODIYOT VA XALQARO RAQAMLI INTEGRATSIYA
Begaliyeva Madina Abdusamatovna
Современная наука и исследования · 1 · 2023
Аннотация
The digital economy is taking global economic growth and development to a new level. This article analyzes the nature of the digital economy, its international integration, and the interdependence of these processes. The article also details how digital technologies are changing the economy and what changes are happening internationally. Key words: Digital economy, international integration, digital technologies, economic growth, global market. ЦИФРОВАЯ ЭКОНОМИКА И МЕЖДУНАРОДНАЯ ЦИФРОВАЯ ИНТЕГРАЦИЯ Аннотация. Цифровая экономика выводит экономический рост и развитие во всем мире на новый уровень. В данной статье анализируется природа цифровой экономики, ее международная интеграция и взаимозависимость этих процессов. В статье также подробно рассказывается, как цифровые технологии меняют экономику и какие изменения происходят на международном уровне. Ключевые слова: Цифровая экономика, международная интеграция, цифровые технологии, экономический рост, глобальный рынок. Kirish qism (Introduction). Ma’lumki, har bir davlat rivojlanishida avvalo iqtisodiyotiga katta e'tibor beradi, chunki iqtisodiyotni siyosatdan ustun qo‘yish bu bor haqiqat. Shunday ekan yaqin yillar ichida bizning lug‘at boyligimizga kirishga ulgurgan “Raqamli iqtisodiyot” o‘zi nima, oldingi iqtisodiyotdan nimasi bilan farq qiladi kabi savollarga izohlar bilan javob berib o‘tsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Raqamli iqtisodiyot zamonaviy dunyo iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylangan. 321 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Raqamli texnologiyalar va internetning keng tarqalishi natijasida iqtisodiyotning ko'plab sohalarida tub o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bunda nafaqat korxonalar, balki davlatlararo iqtisodiy aloqalar ham yangi imkoniyatlar va chaqiruvlarga duch kelmoqda. Xalqaro raqamli integratsiya esa bu jarayonlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Asosiy qism (Main part) Iqtisodiyot - jamiyatning iqtisodiy faoliyati, shuningdek ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish tizimida rivojlanadigan munosabatlar yig‘indisi hisoblanadi. Bu degani inson hayoti davomida zarur va kerakli bo’lgan, shu bilan birgalikda talab va taklifga ehtiyoj paydo bo’lgan munosabatlarning asosi va ishlab chiqish manbasi hisoblanadi. Bu jarayonda hech bir narsa e'tibordan chetda qolib ketishi mumkin emas, hisob-kitob bilan ish yuritiladi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi haqida oliımlar va yozuvchilar fıkrlariga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak: Raqamli iqtisodiyot — bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Bazida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Raqamli iqtisodiyot - bu iqtisodiy faoliyatning raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirilishi. Bu jarayonda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) muhim rol o'ynaydi. Raqamli iqtisodiyotning asosiy komponentlari: - Elektron tijorat: Mahsulot va xizmatlarni onlayn sotish va xarid qilish. - Elektron moliya: Moliyaviy xizmatlar va operatsiyalarning raqamli shakli. - Raqamli infratuzilma: Internet va telekommunikatsiya tarmoqlari. - Raqamli platformalar: Uber, Airbnb kabi xizmatlar. Xalqaro raqamli integratsiya milliy iqtisodiyotlarning global raqamli tarmoqlar orqali bog'lanishini anglatadi. Bu jarayon quyidagi omillar orqali amalga oshiriladi: - Savdo va xizmatlar: Raqamli platformalar orqali xalqaro savdo va xizmatlar ko'rsatish. - Moliyaviy integratsiya: Raqamli valyutalar va to'lov tizimlari orqali xalqaro moliyaviy operatsiyalar. - Texnologik hamkorlik: Davlatlararo texnologik transferlar va hamkorlik. Raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning turli sohalariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda: - Ishlab chiqarish: Raqamli texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va samaradorligini oshirishga yordam beradi. 322 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 - Marketing va savdo: Internet marketing va onlayn savdo vositalari orqali mijozlar bilan o'zaro aloqalar yaxshilanadi. - Ta'lim: Onlayn ta'lim platformalari orqali bilim olish imkoniyatlari kengaymoqda. Raqamli integratsiya bir qator chaqiruvlarga ham duch keladi: - Xavfsizlik: Kiberxavfsizlik muammolari. -Normativ-huquqiy masalalar: Turli davlatlarning qonunchilik bazalari o'rtasidagi tafovutlar. - Raqamli tafovut: Raqamli texnologiyalarga kirish imkoniyatlaridagi farqlar. Biroq, bu jarayonning imkoniyatlari ham kam emas: - Iqtisodiy o'sish: Yangi bozorlar va xizmatlar. - Innovatsiyala
Доказательный фрагмент
«The digital economy is taking global economic growth and development to a new level.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe digital economy is taking global economic growth and development to a new level. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Digital economy, international integration, digital technologies, economic, raqamli texnologiyalar, global bozor., Raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy o'sish, xalqaro integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026