Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY ASARLARDA PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING QO’LLANILISHI VA AHAMYATI
Normurodova Dilshoda · OF ART
Современная наука и исследования · 2023
Аннотация
This article is about the analysis of the use and significance of paremiological units in works of art. Keywords: paremiology, proverb, idiom, figurative expression, Phraseology: expression. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ И ЗНАЧЕНИЕ ПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ИСКУССТВА. Аннотация. Статья посвящена анализу употребления и значения паремиологических единиц в художественных произведениях. Ключевые слова: паремиология, пословица, пословица, образное выражение, фразеология: словосочетание. Paremiologik birliklar barqaror birikmalar hisoblanadi. Paremiologiya - barqaror birikmalarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi. Paremiologiya (lotincha. parema-barqaror, logos-ta’limot). Ikki va undan ortiq so’zlarning o’zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo’lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birikmalarga: maqol, matal tasviriy ifoda,ibora,aforizm,hikmatli so’zlar kiradi. Badiiy asarda barqaror birikmalarni qo’llash qahramon nutqini aniq,ta’sirchan va bo’yoqdor ifodalash uchun hizmat qiladi. Maqol-grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikma. Abdulla Qahhor hikoyalariga epigraf (asar yoki hikoyaning asosiy ma’nosini ochib beruvchi va uning mazmunini ifodalaydigan sitata, ibora, maqol va shu kabilar) qilib berilgan maqollarga to’xtaladigan bo’lsak “bemor”hikoyasi epigrafi “osmon yiroq,yer qattiq”, O’g’ri hikoyasi epigrafi “otning o’limi itning bayrami”. 338 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Bu maqollarni qo’llash orqali ijodkor o’z asar qahramonlari nutqini jozibali, bo’yoqdor ifodalash, shuningdek, asar mohiyatini ana shu maqol oqali ochib berishga harakat qiladi. G’afur G’ulomning “mening og’rigina bolam”hikoyasida,”turib yeganga turumtog’ chidamas”deganlar. Eh-ha, bu bolalar qachon ulg’ayadi-yu,qachon o’zining nonini topib yeydigan bo’ladi! Chor nochor hayol surasan, kishi. Maqollar hayotning tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud bo’ladi. Maqollar ko’chma va o’z ma’nosida qo’llanilishi mumkin. Matal-grammatik jihatdan gap holida shakllangan, ko’chma ma’noda qo’llaniladigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikma. Matal-arabcha,birinchi navbatda tugal ma’no ifodalamaydigan masalan: tuyaning dumi yerga tekkanda,qizil qor yog’ganda . Matallar ham huddi maqollar singari hayotni uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasini ixcham tarzda ifoda topishidir. Matalda o’xshatish, taqqoslash, kinoya qochiriq so’z vositalaridan foydalinalidi.Milliy ensiklopediyada” Shamol bo’lmasa daraxtning shoxi qimirlamas”,”Qizim senga aytaman,kelinim sen eshit kabi matalga misol keltirilgan. Matallar ko’pincha boshqa bir jumla ichida qo’llaniladi. Hikmatli so’z(aforizmlar)-grammatik jihatdan gap holida shakllangan,xalqning turmush tajribasiga tayanib bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa obrazli barqaror birikma.Biz Alisher Navoiy asarlarini o’qir ekanmiz uning oltinga teng ma’noli jumlalariga ko’zimiz tushadi.Hikmatli so’z va aforizmlarga hadislar,shoir va mutaffakirlarning,alloma va davlat arboblarining ma’noli so’zlari kiradi.Hikmatli so’zlar(aforizmlar)barqarorlik,mazmuniy yaxlitlik,takroriylik belgilariga ko’ra boshqa barqaror birikmalar bilan umumiylik kasb etsa ham,aniq muallifi borligi bilan ulardan farqlanadi. Masalan: Odami dersang demagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. (Alisher Navoiy). Tilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas tuganmas xazinalar bor. (Maqsud Shayxzoda) Muhammad Ali ko’zlarini katta ochib jiyanining she’r o’qishiga quloq solib turdi-da keyin kulib yubordi. Ofarin kichkina darvesh-dedi u jiyanining orqasiga qoqib qo’yib .-Beparvo rind oshiqlardanmiz degin.O’t nafas bo’lsang dog’i,yirtiq chopon bo’lma.(Mirkarim Osim”Zulmat ichra nur”).Til uslub uchun shaxmat taxtasiga shohdir.(K.Fedin) Iboralar(frazeologizmlar)-ma’no yaxlitligiga ega bo’lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so’zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko’chma ma’nodagi barqaror birikmalar. Iboralarning ma’nosi odatda bir so’zga teng keladi. Iboralar har doim ko’chma ma’noda ishlatiladi. 339 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 Iboralar nutqni ta’sirchan,jozibali qiladi. Shuninguchun ham badiiy adabiyotda ko’p qo’llaniladi. Rasmiy hamda ilmiy uslubda qo’llanilmaydi. Namunalar: 1.Tepa sochi tikka bo’lmoq-achchiqlanmoq 2.o’pkasini cho’pga ilgan-shoshqaloq 3.Xamirdan qil sug’urgandek-oson 4.Missi chiqmoq-oshkor bo’lmoq 5.Yerga urmoq-kamsitmoq Turgan joyimda terak qotib qoldim. Lo’lilar haqida shunaqa gaplar eshitgan edikki,nomi qulog’imizga chalinishi bilan sichqonning ini ming tanga bo’lib ketar edi.Lo’li ko’chada yurgan bolani qopiga solib ketarmish.Uyda kattalar bo’lmasa,bolalarni bo’g’ib o’ldirarmishda ,
Доказательный фрагмент
«This article is about the analysis of the use and significance of paremiological units in works of art.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about the analysis of the use and significance of paremiological units in works of art. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- paremiology, proverb, idiom, figurative expression, Phraseology: expression, Frazeologiya: ibora., maqol, matal, paremiologiya, tasviriy ifoda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025