Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA QO’LLANILGAN LAQABLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI.
LAQABLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. · Fayzullayeva Ezoza Abdulla qizi
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
ushbu maqolada Nazar Eshonqul hikoyalaridagi insonlarga nisbatan qo’llanilgan laqablar va ularning lingvopoetik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Kalit so’z: laqab, ko’chma ma’no, belgi-xususiyat, laqablarning qo’llanilish maqsadi. Annotation: this article discusses the nicknames used for people in Nazar Eshanqul’s stories and their linguopoetic features. Key word: nickname, figurative meaning, characteristic, the purpose of using nicknames. Аннщтация: в данной статъе рассматриваются прозвища людей в рассказах Назара Эшангула и их лингвопоэтические особенности. Ключевые слова: прозвище, переносное значение, характеристика, целъ исполъзования прозвища. Murojaat so’zlar haqida so’z yuritganimizda, tinglovchiga murojaat qilayotgan so’zlovchi, uning e’tiborini qaratish yoki o’zining hissiyotlarini bildirish uchun tinglovchiga murojaat qiladi.Bunda murojaatlar tinglovchining tashqi qiyofasi, ichki belgisini ham ifodalab kelishi mumkin.Murojaat so’zlarda inson tashqi qiyofasi hamda jismidagi ma’lum belgilar, xatti-harakatlar bilan bog’liq so’zlar ham qo’llanadi.Tilshunoslikda ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy, etnografik, badiiy-estetik, psixologik mohiyatiga ega onomastik birliklarning eng qadimiy va asosiy turi laqablarni ilmiy-nazariy va amaliy o’rganish doimo e’tiborda bo’lib kelgan.Tilshunoslikda bu boradagi ishlardan M.Rashidova, A.Isayev, E.Begmatov va R.Sapayevlarning tadqiqotlari eng ko’zga ko’ringanlaridir. Birinchi navbatda “laqab” so’zining ma’nosiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bu so’z arab tilidan olingan bo’lib, “biror xususiyatiga ko’ra kishiga hazil qilib yoki mazxaralab qo’yilgan nomni, taxallusni va familiyalarni” bildirib keladi.Ism va laqablar insoniyat paydo bo’lgan davrda paydo bo’lgan bo’lib, insonlarni bir- biridan farqlash uchun ularning urug’ yoki qabilasiga qarab qo’yilgan.Hammamizga ma’lumki, laqab hamda taxalluslar insonlarning belgi- xususiyatlariga yoki fe’l-atvorlariga qarab qo’yiladi.Shunga ko’ra ularning 51 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference qanday jismoniy kamchiliklarini, qaysi urug’ yoki qabilaga mansubligini, millatini, kiyinishi yoki gapirishidagi kamchilik-o’zgachalikni, insonlardagi shu kabi xislat va belgi-xususiyatlarni bilib olish mumkin.Demak, laqab shaxsga atab qo’yilgan ikkinchi nom.Ular formani ixchamlashtirish yoki obrazning o’ziga xos eng xarakterli xususiyatlarni aks ettirish uchun ishlatiladi. Laqablar insonning qanday belgisini atab kelayotganiga ko’ra bir necha turga bo’linadi: 1. Insonning tana a’zolaridagi nuqsonlarni ifodalovchi laqablar:Xumkalla, Kal va hokazo. 2. Insonning xarakter-xususiyatlarini ifodalovchi laqablar:Shilimshiq, Xasis va hakazo. 3. Rang-tusni ifodalovchi laqablar:Malla, Sariq va hakazo. 4. Kasb-hunar ifodalovchi laqablar:Qassob, O’g’ri, Samovarchi va hakazo. Nazar Eshonqul o’z hikoyalarida ana shunday laqablardan yetarlicha qo’llay olgan.Bu bilan yozuvchi asar qahramonlarining qanday xarakterga ega ekanligini, qanday kasb-hunar bilan shug’ullanishini kitobxonga obrazli tasvirlab bergan.Biz ana shunday laqablar qatnashgan bir necha misollarni tahlilga tortishga qaror qildik. 1.Salom tandirchi bir kuni axiyri jazm qildi:u payt poylab turib bolalarning qo’llari orasida turgan, qovoq mantidan olib havo barobar ko’tarilayotgan qo’lni shartta ushlab oldi.(“Qo’l” hikoyasi 440-bet)-Ushbu gapdagi Salom ismidan keyin kelgan tandirchi laqabi hikoya qahramoni Salom akaning tandirchilik kasbi bilan shug’ullanishini va qishloqdoshlari orasida ushbu laqab bilan tanilganligini, hattoki bu laqabni qishloqdoshlarining o’zlari qo’yganligini bilib olishimiz mumkin. 2.Azim rais ortiqcha manziratni kutmasdan ovqatga qo’l cho’zdi:tandirchi go’sht qozondan endi olingani, shuning uchun sal sovitib yeyilsa, mazasi boshqacha bo’lishi haqida ogohlantirishga ham ulgurmadi.(“Qo’l” hikoyasi 443- bet)-Hikoya qahramoni Azim akaning ismidan keyin rais laqabining kelishi uning mahallada rais lavozimida ekanligidan dalolat beradi.Yozuvchining maqsadi ushbu laqab orqali qahramonining qanday kasb bilan shug’ullanishini obrazli tasvirlashdir. 3.Tandirchi oqsoqolni turtib, qo’lga ishora qildi:qo’lga ko’zi tushgan oqsoqolning ko’zlari chiqib, Panji muallimning “Yetimlarning haqini yeganlar qo’rqqan payti oqarmaydi, rais ham yetimlarning pulini yeb yotibdi” degan g’iybatida jon bor, chog’i, rangi ko’karib ketdi.(“Qo’l” hikoyasi 458-bet)-Panji 52 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ismidan keyin kelgan muallim laqabi hikoya qahramonining maktabda muallimlik bilan shug’ullanishini, qishloqdoshlari shuning uchun ham ushbu laqabni qo’yganlilarini hikoyani o’qish davomida bilib olishimiz mumkin. 4.Soli Boymirning uyida qo’ngan Abdulla baxshi butun qishloqni mullaning ayvoniga yig’ib, uch kecha “Yodgor” dostonini aytdi.(“Farishta” hikoyasi 473-bet)- ”Baxshi” deya nom olish uchun xalq dostonlarini yaxshi bilishi va do’mbira jo’rligida ayta olish qobiliyati bo’
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada Nazar Eshonqul hikoyalaridagi insonlarga nisbatan qo’llanilgan laqablar va ularning lingvopoetik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada Nazar Eshonqul hikoyalaridagi insonlarga nisbatan qo’llanilgan laqablar va ularning lingvopoetik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- прозвище, переносное значение, характеристика, laqablarning qo’llanilish maqsadi., laqab, ko’chma ma’no, belgi-xususiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026