Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALISHER NAVOIYNING IRFONIY-TASAVVUFIY ASARLARIDA NASR VA NAZM SINTEZI MASALASIGA DOIR
Eshniyazova Maysara Beknazarovna
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
O‘zbek mumtoz adabiyoti jahon adabiyoti durdonalari safiga qo‘sha olgan betakror iste’dodlardan biri Alisher Navoiy nasr va nazmda birday qalam tebratgan ijodkor edi. Uning nasriy usulda yozilgan asarlarida nazmning mahorat bilan uyg‘unlashtiriliganiga guvoh bo‘lish mumkin. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning shu boradagi mahorati va salohiyati haqida mulohazalar bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: badiiy ijod, nasr, nazm, lirik qahramon, shoir, nosir, badiiy maqsad. Alisher Navoiy mumtoz adabiyotimizda rang-barang mavzularda qalam tebratgan mutafakkir ijodkordir. Ulkan iste’dod sohibi Hazrat Navoiy nasr va nazm ijod qilish bo‘yicha birday iqtidor sohibidir. U zotning turkiy tilda yaratilgan diniy-tasavvufiy asarlari nasr va nazmdan foydalanish borasida bir xil emas. Bunday mavzudagi asarlarni yaratilish usuliga ko‘ra, avvalo, uch guruhga bo‘lish mumkin: 1) she’riy yo‘lda yaratilgan asarlar – “Siroj ul-muslimin”, “Lison ut-tayr”; 2) she’riy-nasriy usulda yaratilgan asarlar – bunda ham ikki holat alohida ko‘zga tashlanadi: a) nasriy qism mavjud, lekin she’riy usul yetakchilik qilgan asarlar: “Nazm ul-javohir”, “Arba’in”; b) she’riy qism mavjud, lekin nasriy usul yetakchilik qilgan asarlar: “Vaqfiya”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Mahbub ul- qulub”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, shuningdek, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Munshaot”; 3) nasriy yo‘lda yozilgan asarlar – “Munojot”. Ushbu asarlarning barchasida – u xoh nasriy, xoh nazmiy usulda yaratilgan bo‘lsin – muallifning irfoniy-tasavvufiy qarashlari, aksariyatida hamd va na’tlar, munojot va manqabatlar orqali bo‘lsa-da, keltirilgan. “Tarixi muluki ajam”, “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” kabi asarlar garchi ilmiy yo‘nalishda yaratilgan bo‘lsa-da, ulardagi she’riy parchalar ham irfoniy g‘oyalar ifodasidan xoli emas. Alisher Navoiyning turkiy tildagi nasriy asarlarida nazm namunalari turli o‘rinlarda, har xil badiiy maqsadlarda, xilma-xil janr va hajmda, mavzuga mutanosib holatda qo‘llangan. 5 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference “Navoiy nasrida keltirilgan lirik sheʼrlarning har biri tugallangan mazmunga ega boʻlib, adib nasriy merosini yaxlit oʻrganish imkoniyatini beradi”, - deydi Navoiy nasriy asarlaridagi sheʼrlarning janr tarkibi va badiiy xususiyatlari haqida tadqiqot olib borgan S.Abdurahmonova [1-13]. Biroq nasriy usulda yozilgan asarlardagi she’riy parchalarning tugallangan mazmunga ega deyilishi har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Chunki, tadqiqotchi ta’kidlaganidek, ko‘pgina she’riy parchalarni asosiy matndan alohida ajratib olganda ham tugal mazmunga ega bo‘lsa, ayrim parchalarning ma’no-mazmuni matn bilan uzviy bog‘liqki, ularni alohida ajratib olganda, Navoiy nazarda tutgan fikrlar o‘quvchiga anglashilmay qoladi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida “Anga molining hifzi ranj-u ano, Munga fe’lining zishti dar-u balo” degan bayt keltirilgan. Agar ushbu bayt nasriy matndan ajratib olinsa, muallifning maqsadi o‘quvchi uchun mavhum bo‘lib qoladi: kimga molining himoyasi qiyinchilik keltiradi-yu, kimga fe’lining yomonligi dard-u balo? Ushbu she’riy parcha 38- tanbehda keltirilgan va undagi nasriy qismda “Baxilning molin asrardin mehnati qatig‘ va hasudning fe’li uyotidin ayshi achig‘kim, ul o‘z anosidin zalildur va bu o‘z qilig‘idin alil” [4-514] degan matn keltiriladi. Shunga ko‘ra bayt tahlil qilinsa, endi uning ma’nosi oydinlashadi: demak, gap baxil va hasargo‘ylar haqida bormoqda, birinchi misrada baxilning, ikkinchi misrada esa hasadgo‘yning ruhiy holati va achinarli taqdiri haqida hukm chiqarilgan. Demak, nasr va nazm o‘zaro uyg‘un. Navoiy jumlalarni tuzishda va she’riy shakllarni ilova qilishda ham o‘z mahoratini namoyish etgan ijodkordir. “Vaqfiya”, “Nazm ul-javohir”, “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlaridagi ko‘pgina she’rlar ma’noviy mustaqillikka ega. Ayrimlarida muallif fikrini nasriy matnsiz ham anglash mumkin, matn bilan ma’no-mazmuni yanada to‘liqroq ochiladi. (Ishning hajmini hisobga olib, yuqoridagi misol tahlili bilan cheklanamiz). “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida keltirilgan ruboiy mazmunini anglash uchun kitobxon qiynalmaydi va mutolaa jarayonida sardorlari Shadid va Shaddod bo‘lgan katta bir Od qabilasi bir shamol oqibatida oddiy xas-xashak kabi barbod bo‘lgani, bu tarixiy hodisa Allohning qudrati va umrning o‘tkinchiligidan nishona ekanligi haqida xulosaga ega bo‘ladi: Ul qavmi azim dedilar oni Od, Sardorlari Shadid yoxud Shaddod. Bir dam yelidin oqibat ul ahli inod, Xoshok kabi borchasi bo‘ldi barbod. [3-545] Lekin kitobxon ruboiy avvalida berilgan Hud (a.s.) va Od qavmi qissasi bilan tanishsa, sodir bo‘lgan fojialar sababini – “oyini butparastlig‘” bo‘lgan 6 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference “bag‘oyat biyik bo‘ylug‘ va azim kuchluk xalq” “ishlari ko‘p nima yemak va fisq”, “o‘z kuchlarig‘a mag‘rur”ligi sababli Haq taolo ularni “xoshokdek so
Доказательный фрагмент
«O‘zbek mumtoz adabiyoti jahon adabiyoti durdonalari safiga qo‘sha olgan betakror iste’dodlardan biri Alisher Navoiy nasr va nazmda birday qalam tebratgan ijodkor edi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek mumtoz adabiyoti jahon adabiyoti durdonalari safiga qo‘sha olgan betakror iste’dodlardan biri Alisher Navoiy nasr va nazmda birday qalam tebratgan ijodkor edi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nosir, badiiy maqsad., shoir, lirik qahramon, nasr, badiiy ijod, nazm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945