Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY TARMOQLARDAGI ERKAKLAR VERBAL MULOQOTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI · Gulsanam To‘lanboyeva Azizjon qizi
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada erkaklar verbal muloqoti tahlil qilinadi. Nafaqat umumiy erkaklar verbal muloqoti, balki aynan ijtimoiy tamoqlarda erkaklar verbal muloqotdan qanday foydalanishadi, qanday vositalar yordamida ifoda etilishi o‘rganib chiqiladi. Ushbu tahlilda qanday so‘z tanlash, jumlalar, gaplar tuzish, va o‘zaro ta’sir uslublari kabi bir qancha jihatlar qamrab olinadi. Annotation This article analyzes male verbal communication. Not only general male verbal communication, but it is in social contacts that it is studied how men use verbal communication, what means it is expressed. This analysis covers several aspects such as how to choose a word, make sentences, sentences, and interaction styles. Kalit so‘zlar Muloqot, verbal muloqot, erkaklar verbal muloqoti, hukmronlik, boshqaruvchanlik, report-talk, erkaklar leksikoni Key words Communication, verbal communication, men's verbal communication, domination, manageability, report-talk, men's lexicon Muloqot juda keng qamrovli tushuncha sanalib, uni tahlil qilib, o‘rganilgan sari turli qirralari ochilib boraveradi. Shu kunga qadar muloqotni ko‘plab tilshunos olimlar o‘rganganlar va o‘z yo‘nalishlarida qimmatli yutuqlarga erishganlar. Ammo qancha o‘rganilsa ham ochilmagan jihatlar hamon talaygina. Ko‘zlangan maqsadga osonroq yetish va aniqroq natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida analiz ya’ni qismlarga bo‘lish metodidan foydalanilsa yanada samaraliroq bo‘ladi. Shu sababdan muloqotni verbal va noverbal, erkaklar va ayollar muloqot turlariga ajratib tahlil qilishni maqul ko‘rdim. Muloqot umumiy nuqtai nazardan ma’lumot almashish, uchrashish, ko‘rishish kabi ma’nolarni anglatsa-da, uni yuqoridagi subguruhlarga ajratib o‘rganilsa ularning nechog‘lik katta tushuncha ekanini anglash mumkin. Ushbu bo‘limda erkaklar muloqoti va aynan erkaklar verbal muloqoti tahlil qilinadi. Nafaqat umumiy erkaklar verbal muloqoti, balki aynan ijtimoiy tamoqlarda erkaklar verbal muloqotdan qanday foydalanishadi, qanday vositalar yordamida ifoda etilishi o‘rganib chiqiladi. 106 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Ushbu tahlilda qanday so‘z tanlash, jumlalar, gaplar tuzish, va o‘zaro ta’sir uslublari kabi bir qancha jihatlar qamrab olinadi. Real hayotda ya’ni yuzma-yuz muloqotda va ijtimoiy tarmoqlarda erkaklar verbal muloqoti qay darajada farqli ekani tahlil qilinadi. Kuchli jins vakillari – erkaklarning ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Instagram, Twitter, YouTube va hokazo.) kabi onlayn platformalardagi verbal muloqotining leksik, semantik va sintaktik xususiyatlari o‘ziga xos va real hayot bilan o‘xshash jihatlari ham mavjud. Erkaklar ijtimoiy tarmoqlarda muloqotga kirishar ekan ushbu muloqotda qanday so‘z tanlashi, qanday mavzularda ko‘proq suhbat qilishlari, jumla va gap tuzilishlarining o‘ziga xosligi o‘rganiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda erkaklar verbal muloqotining xususiyatlari - Erkaklar verbal muloqotida eng avvalo ko‘zga tashlanuvchi jihat, ularning mavzuni ochiqdan ochiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri, qo‘shimchalar qo‘shmasdan bayon etishidir. Ayollar bilan solishtiriladigan bo‘lsa ayollar u ma’lumotni aylantirib, avval o‘sha mavzu atrofidagi tushunchalarni obdon bayon etib, keyin asosiy masalaga e’tibor qaratadi. Erkaklar verbal muloqotda shaffof, aniq faktlarni sodda til bilan tushuntirishni ma’qul ko‘rsa, ayollar his-tuyg‘uga boyitilgan ifodalarni xush ko‘radilar. - Erkaklar tabiatan hukmron, boshqaruvchi tur sanaladi va bu jihat ularning hayot tarzining har jabhasida va albatta verbal muloqotida ham yaqqol ko‘rinib turadi. Muloqot shakli oddiy suhbat, do‘stlar bilan biror ijtimoiy-maishiy masalaning muhokamasi, tortishuv va hattoki oddiy hazil-mutoyibada ham erkaklarning hukmronlikka intilayotgani sezilib turadi. Agar bu munosabat ayollar bilan bo‘lsa bu tabiiy holdek qabul qilinadi, ammo erkaklarning o‘zi bilan bo‘lsa ba’zida yengil kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Buning sababi, muloqot ishtirokchilarining barchasi bir jins vakili ekanliklaridadir. - Erkaklar verbal muloqotida Deborah Tannen aytganidek “report-talk” xususiyati bo‘lib, muloqot jarayonida ular suhbatdoshga ma’lumot berish, tushuncha shakllantirish va ma’lumot almashishga harakat qiladilar. Tuyg‘ular, his-hayajon gaplar emas aynan aniq dalillarga asoslangan ma’lumotlarni, hamdardlikdan ko‘ra asosli yechimlarni afzal ko‘radilar. - Erkaklarning muloqot maqsadi ham ayollarnikidan farqli. Ayollar odatda biror munosabatni yo‘lga qo‘yish, munosabatlarni rivojlantirish uchun muloqotga kirishishsa, erkaklar esa o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadga erishish yoki bajarilishi kerak bo‘lgan vazifani bajarish uchun muloqot qiladilar. - Ko‘p bora takrorlanganidek ayollar hissiyotlar asosida harakatlanadilar, lekin erkaklar og‘zaki muloqotda ayollardan ancha kam hissiyotga beriladilar. 107 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Ularning kundalik og‘zaki muloqotlarida ham juda kam hollarda hissiyotlar ju
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada erkaklar verbal muloqoti tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada erkaklar verbal muloqoti tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Communication, verbal communication, men's verbal communication, verbal muloqot, erkaklar verbal muloqoti, boshqaruvchanlik, report-talk, Muloqot, erkaklar leksikoni, hukmronlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026