К содержанию
РецензированоUZ2026

ELLINIZM DAVRI TEATRI YANGI ATTIKA KOMEDIYASI

Sultonov Dostonbek · O‘zDSMI FMF

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

bu maqolada Ellinizim davri teatri, yangi attika komediyasi haqida va uning ilk namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan. Kalit so‘z: rejissyor, aktyor, spektakl, rassom, repertuar, Klassik davr yunon teatri ellinizm davriga (e. av. IV—I asrlar) kelib, dramaturgiya sohasida ham, aktyor ijrochiligi va teatr binosi me’morchiligi sohasida ham jiddiy ravishda o‘zgardi. Bu o‘zgarishlar yangi tarixiy shart- sharoitlar bilan bog‘liq edi. Ellinizm davri teatri demokratik Afina teatridan keskin farq qiladi. E. av. V asrda Yunonistonda mavjud bo‘lgan siyosiy erkinlik ellinistik monarxiyalarda bo‘la olmas edi, aksincha, siyosiy munosabatlar bobida bu yerda Sharq istibdodiga xos belgilar kuzatiladi. Ellinizm davri teatrida, avvalgidek, tragediyalar ham, komediyalar ham qo‘yiladi. Lekin e. av. IV asr tragediyalaridan bizgacha faqat ayrim parchalari yetib kelgan. Chamasi, Ellinizm tragediyasi yetarlicha badiiy qimmatga ega bo‘lmagan. Komediya haqida ko‘proq ma’lumotlar mavjud, binobarin, o‘sha zamonning eng yirik komediyanavisi Menandrning bitta to‘la asari hamda yana boshqa pyesalaridan bir necha parchalar saqlanib qolgan. Ellinistik davr komediyasini yangi Attika komediyasi deb ataydilar. E. av. IV asr o‘rtalarida Yunoniston ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar bu komediyada o‘ziga xos ravishda aks ettirilgan. Olam tartibotining ilohiyatga bog‘liqligi haqidagi tasavvur hamda odillik tantanasiga ishonch o‘rnini tasodif qudratiga ishonch egallaydi. lnsonning hayoti, uning shaxsiy baxti, jamiyatning ahvoli — bularning hammasi tasodif irodasiga bog‘liqdir. Yangi Attika komediyasida o‘zaro to‘qnashuvning tug‘ilishi ham hal etilishi ham tasodif bilan belgilangan. Bu komediyaning vazifasi zamonaviy voqealikni oilaviy-maishiy turmush doirasida tasvirlashdan iborat edi. Yangi komediyada sevgi-muhabbat ohangi asosiy o‘rin tutadi. Yangi komediyada Yevripidning ta’siri sezilarli darajada ko‘rinib turadi. Yangi komediya Yevripiddan uning ko‘pchilik qahramonlariga xos hayotga yaqinlikni qabul qilgan edi. Yangi komediya o‘zining tuzilishiga ko‘ra qadimgi siyosiy komediyadan tubdan farq qiladi. Bu yerda harakat rivojiga 105 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ko‘mak beruvchi xorni uchratmaymiz. Xor faqat tanaffus vaqtidagina chiqadi. Shunga muvofiq ravishda parod ham, parabaza ham yo‘qoladi. Shuningdek, agonga (musohaba, tortishuv) ham o‘rin qoldirilmaydi. E. av. IV asr o'rtasida Yunonistonda ilk bor professional aktyorlar paydo bo‘lib, ular teatr shirkatlariga uyushadilar. Mazkur teatr 29 shirkatlariga faqat erkin tug‘ilgan asl yunon erkaklarigina a’zo bo‘la olganlar. Ellinizm davrida aktyorlar jamiyatda, avvalgidek, yuqori qadr-qimmatga ega bo‘lganlar: tomosha ko‘rsatish uchun ular urush borayotgan chog‘larda o‘zga mamlakatlarga ham bemalol o‘ta olganlar. «Dionis artistlari» harbiy majburiyatlardan ozod etilganlar. Yangi Attika komediyasi kundalik turmushni aks ettirishga qaratilganidan unda ijrochilik ham ko‘proq hayotiylik kasb etgan edi. Lekin xotin-qizlar rollarini, awalgidek, erkaklar o'ynagan va niqob ham saqlanib qolavergan. Niqoblar soni ko‘paygan. Bu qat’iy belgilangan asosiy personajlar turlarini ko‘paytirish maqsadida tug‘ilgan edi. Yangi Attika komediyasi janri bo‘yicha juda ko‘p dramaturglar faoliyat ko'rsatganlar. Menandr shular orasida eng mashhuri bo‘lgan. Menandr (e. av 343—292) Afinada aslzoda, boy oilada dunyoga kelib, yaxshi tahsil ko‘rgan, ayniqsa adabiyot, notiqlik va falsafa bobida keng ma’lumotli bo‘lgan. Menandr 100 dan ortiq komediya yozgan, biroq 8 martagina g‘alaba qozongan, xolos. Menandr yangi komediyaning ijodkori sifatida qadr topdi va uning shuhrati Yunonistondan tashqarida ham yoyiladi. Rim dramaturglaridan Plavt va Terensiy unga taqlid qiladilar yoki uning asarlarini qayta ishlaydilar. «Odamovi» pyesasi Menandming bizgacha to‘liq yetib kelgan yagona komediyasidir. Bu komediyaning matni 1956-yildagina topilgan. Pyesada odamovi, to‘ng va xilvatparast kishining antiqa obrazi chizilgan. Bu — dehqon Knemon: u odamlarni yoqtirmaydi va odamlar bilan muloqotda boimay, tanholikda yashashni xush ko‘radi. Lekin Knemon oxiri fe’lining torligidan tavbasiga tayanadi. U quduqqa tushib ketadi (sahna orqasida) va odamlar yordamida arang o‘limdan qutuladi. Shunda, u odamlarning bir-biriga muhtojligini payqaydi. Menandrni odamlarning xarakteri, fe’l-atvori va bularni namoyon etish tarzi qiziqtirar edi. Pyesalarining nomlari ham shundan dalolat beradi. «Odat»da aynan xarakter Menandr komediyalarida voqeani harakatga keltiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. «Hakamlar sudi»dagi qahramonlardan biri, qul Onisim tilida, u, inson taqdiri tangriga bog‘liq emas, balki o‘z shaxsiy fe’latvoriga bog‘liq deydi. Dramaturg yangi Attika komediyasining shartli niqob tipiga ko‘pgina o‘zgarishlar kiritadi va an’anaviy salbiy personajlarni qator ijobiy fazilatlar bila

Доказательный фрагмент

«bu maqolada Ellinizim davri teatri, yangi attika komediyasi haqida va uning ilk namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

bu maqolada Ellinizim davri teatri, yangi attika komediyasi haqida va uning ilk namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rejissyor, spektakl, repertuar, rassom, aktyor
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники