К содержанию
РецензированоUZ2026

INSON ORGANIZMI UCHUN FOLIYEVA KISLOTASI YETISHMOVCHILIGI

Gulnaz Abdiualiyevna Kamalova

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Maqola foliev kislota yetishmovchiligining homiladorlik davridagi salbiy ta'sirlarini, xususan, neyron naychasi nuqsonlari (NTD) va boshqa tug‘ma anomaliyalar bilan bog‘liqligini o‘rganadi. Tadqiqot Orolbo‘yi zonasida olib borilgan bo‘lib, bu hududda homilador ayollar orasida foliev kislota yetishmovchiligi yuqori darajada ekanligi aniqlangan. Maqolada foliev kislotasi yetishmovchiligini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan profilaktik choralar, jumladan, majburiy boyitish dasturlari va qo‘shimcha ravishda foliev kislotasi qabul qilishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari foliev kislota yetishmovchiligini kamaytirish va sog‘liqni saqlash tizimida samarali profilaktika strategiyalarini ishlab chiqish uchun muhim asos yaratadi degan umiddamiz. Kalit so‘zlar:Folev kislota, yetishmovchilik, homiladorlik, neyron naychasi nuqsonlari, tug‘ma anomaliyalar, profilaktika, majburiy boyitish. Foliyev kislotasi, yana bir nomi bilan folat, B vitaminlar oilasiga mansub boʻlib, insonning genetik materialini yaratish va saqlash, yangi xujayralarni shakllantirish va oqsillarni sintezlash jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. Bu vitamin ayniqsa xomilador ayollar uchun juda zarurdir, chunki u xomilaning miya va asab tizimining toʻgʻri rivojlanishi uchun kerak. Shuningdek, foliyev kislotasi kattalarda xomilada kamqonlik va yurak kasalliklarining oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Foliyev kislota defitsiti global miqyosda keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Bu yetishmovchilik organizmda quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: kamqonlik, umumiy holsizlik, teri va soch muammolari, shuningdek, yangi xujayralarning normal rivojlanmasligi. Xomilador ayollarda foliyev kislotasining yetarli miqdorda boʻlmasligi xomila rivojlanishidagi nuqsonlarga sabab boʻlishi mumkin, masalan, miya va orqa miyaning ochiq qolishi (spina bifida) va boshqa jiddiy muammolar paydo boʻlishi mumkin. 81 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Shu sababli, foliyev kislotasining defitsitini oldini olish va uni toʻgʻri qabul qilish ommaviy ahamiyat kasb etadi, bu nafaqat aholi salomatligini yaxshilashga yordam beradi, balki koʻplab jiddiy kasalliklarning oldini olish imkonini beradi. Foliyev Kislota Defitsitining Sabablari Ratsiondagi foliyev kislotasining yetishmasligi-Foliyev kislota defitsitining eng keng tarqalgan sabablaridan biri bu — notoʻgʻri ovqatlanish tarzidir. Foliyev kislotasiga boy mahsulotlarga yashil bargli sabzavotlar, mevalar, dukkakli oʻsimliklar va toʻliq don mahsulotlari kiradi. Agar ratsion mazkur oziq-ovqatlarni yetarli miqdorda oʻz ichiga olmasa, bu foliyev kislotasi defitsitiga olib kelishi mumkin. Bu muammo ayniqsa, qattiq diyeta qilayotganlar yoki notoʻgʻri ovqatlanish odatlariga ega insonlar orasida koʻp uchraydi[1]. Genetik omillar va alkogol isteʼmolining taʼsiri-Baʼzi insonlarda folatni moddalar almashinuvida ishtirok etuvchi genlarning oʻzgarishi kuzatilishi mumkin, bu foliyev kislotasini samarali ishlatish qobiliyatini pasaytiradi. Bundan tashqari, muntazam ravishda alkogol isteʼmol qilish folat soʻrilishini buzishi va uning defitsitini keltirib chiqarishi mumkin. Alkogol organizmdagi folatni parchalashi va uning yoʻqolishini tezlashtiradi, shuningdek jigar faoliyatini buzadi, bu esa folatni saqlash va foydalanishga taʼsir qiladi. Xomilador ayollarda foliyev kislotasiga boʻlgan ehtiyojning oshishi- Xomiladorlik davrida ayollarning foliyev kislotasiga boʻlgan ehtiyoji sezilarli darajada oshadi, chunki folat xomila rivojlanishi uchun zarur boʻlgan juda muhim vitamindir. Xomila organlari va tizimlarining normal shakllanishi uchun yetarli miqdorda foliyev kislotasi talab etiladi. Agar xomilador ayol yetarlicha foliyev kislotasini isteʼmol qilmasa, bu nafaqat uning salomatligiga, balki xomilaning rivojlanishiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi[2]. Kislota Defitsitining Salbiy Oqibatlari 1.Xomiladorlik vaqtida foliyev kislota defitsitining xomila rivojlanishiga taʼsiri Foliyev kislotasi defitsiti xomiladorlik davrida juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Folatning yetarli miqdori boʻlmasa, xomilaning miya va orqa miya kabi asosiy tizimlarining rivojlanishi buzilishi mumkin, bu neyral toʻgʻon nuqsonlari sifatida namoyon boʻladi. Shuningdek, foliyev kislotasi yetarli boʻlmagan xomilador ayollarda erta tugʻruq va kam vaznli chaqaloqlar tugʻilish xavfi oshadi. 2.Nevrologik va immun tizimiga taʼsirlar-Foliyev kislotasi defitsiti kattalarda ham salbiy taʼsir koʻrsatadi, ayniqsa nevrologik va immun tizimlarga. Folatning yetishmasligi asab tizimining funksiyalariga salbiy taʼsir qilib, charchoq, diqqatning pasayishi va depressiya kabi psixologik muammolarni keltirib 82 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference chiqarishi mumkin. Immun tizimi ham zarar koʻradi, bu esa infeksiyalarga qarshi turish qobiliyatini pasaytiradi. 3.Yurak-qon tomir tizimi va saraton kasalliklari bilan bogʻliq xavflar- Foliye

Доказательный фрагмент

«Maqola foliev kislota yetishmovchiligining homiladorlik davridagi salbiy ta'sirlarini, xususan, neyron naychasi nuqsonlari (NTD) va boshqa tug‘ma anomaliyalar bilan bog‘liqligini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola foliev kislota yetishmovchiligining homiladorlik davridagi salbiy ta'sirlarini, xususan, neyron naychasi nuqsonlari (NTD) va boshqa tug‘ma anomaliyalar bilan bog‘liqligini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
defitsit, ratsion, farmatsevtika vositalari, profilaktika, Foliyev kislotasi, xomiladorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники