К содержанию
РецензированоUZ2018

O‘ZBYEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINING NAZARIY ASOSLARI VA UNI TA’MINLAShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

Sheraliev Xayitali Ro'zalievich

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2018

Аннотация

Prezidentimizning 2018 yil 16 yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon mahsulotlar bilan to‘ldirish, aholining xarid imkoniyatini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Shu asosida yurtimizda talab yuqori bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishda to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kalit so‘zlar: Oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat muammosi, Oziq-ovqat xavfsizligi konsepsiyasini, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2024-yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sog‘lig‘i va hayotini yaxshilash, milliy xavfsizligi va mamlakat mustaqilligini barqaror saqlashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mazkur yo‘nalishda respublikada aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha strategik jihatdan maqsadli hamda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida “Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi” deb ta’kidlab o‘tdi [1]. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning asosiy maqsadi ichki va tashqi salbiy ta’sirga bog‘liq bo‘lmagan holda qayta ishlovchi korxonalarni xomashyo, aholini- oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdir. U hatto valyutaning yetishmasligi, chetdan mahsulotlarni olib kirishda embargo (boshqa mamlakatlar tomonidan to‘siqlar qo‘yish) narxlarning o‘sishiga bog‘liq 148 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference bo‘lmagan bo‘lishi kerak. Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning muhim shartlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:  har bir inson uchun oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli bo‘lishi (etarli miqdorda uning taklifi);  aholi barcha ijtimoiy toifalari, shu jumladan kam taminlangan aholi tomonidan oziq -ovqat mahsulotlarini sotib olishning iqtisodiy jihatdan imkoniyati (iste’molchilik talabining to‘lov qobiliyati);  me’yorda ovqatlanish uchun yuqori sifatli mahsulotlarni iste’mol qilishning yetarli miqdorda bo‘lishi 2. FAO mutaxassislari fikriga ko‘ra oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan holat oziq- ovqat xavfsizligi omillari, ko‘rsatkichlari, ta’minot barqarorligi, ega bo‘lish imkoniyati va sog‘lomligi bilan belgilanadi. Ular quyida batafsil belgilangan. Barqarorlik: oziq-ovqat ta’minoti uzilmasligi uchun aholi, oila yoki alohida axs har doim oziq-ovqatga ega bo‘la olishi lozim. Ular kutilmagan hodisalar (masalan, iqtisodiy yoki iqlimiy bo‘hron) yoki siklik hodisalar (masalan, iqlimiy oziq-ovqat tanqisligi) tufayli oziq-ovqatdan uzilib qolmasligi lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitining kengaytirilgan tartibdagi majlisidagi nutqida dunyoda ishonch va o‘zaro bir-birini tushunish taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan bugungi sharoitda barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan ko‘plab tahdidlar kuchayganiga yana bir bor urg‘u berdi. “O‘zaro ishonch, adolat va hamjihatlikka talab global miqiyosda tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish har qachongidan ham ko‘proq talab etilmoqda. Xalqaro agentliklar xabariga qaraganda, bu yilgi dehqonchilik mavsumida Yevropa mamlakatlarida kuzatilgan qurg‘oqchilik va Ukraina inqirozi tufayli taxminan 3 million tonna don yo‘qotilgan. Qurg‘oqchilik oqibatida bug‘doy hosili– Vengriya 11 foiz, Ruminiya 20 foiz, Bolgariya 11 foiz kamaygan. Fransiya, Polsha, Moldava va hatto Italiyada ham g‘alla hosilining katta qismi boy berilgani oydinlashmoqda. Qishloq xo‘jaligida kuzatilgan yana bir muammo-azotli o‘g‘itlar taqchilligi va ularning narxi oshib ketganligidir. Bu nafaqat Yevropa, balki Osiyo mamlakatlarida ikkinchi ekin bo‘lgan sholi yetishtirish va uning hosiliga xavf tug‘dirmoqda. Masalan, Tailandda sholizorlarni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning imkoni bo‘lmayapti. Xitoy va Hindistonda ham deyarli shunga o‘xshash vaziyat. Bu kabi omillar ta’sirida dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishi kutilmoqda[3]. Ukrainadagi vaziyat esa buni yanada murakkablashtirishi turgan gap. Tasavvur hosil qilishingiz uchun BMTning Oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tash

Доказательный фрагмент

«Prezidentimizning 2018 yil 16 yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arz…»

Образец извлечения

Демо-превью

Prezidentimizning 2018 yil 16 yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arz… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti., Oziq-ovqat xavfsizligi konsepsiyasini, oziq-ovqat muammosi, Oziq-ovqat xavfsizligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники