Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
RAQAMLASHTIRISHNING XOTIN-QIZLAR BANDLIGI JARAYONLARIGA TA’SIRI SIFATINI OSHIRISH YO‘LLARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · RAQAMLASHTIRISHNING XOTIN-QIZLAR BANDLIGI · Nurmuxamidova Muxtabar Xasanovna
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2020
Аннотация
Mazkur maqolada jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xotin- qizlarning ishtirokini yanada kuchaytirish, inson kapitali sifatini ta’minlashning muhim tashkil etuvchilari sifatida xotin-qizlarning turmush shart-sharoitlarini yaxshilash omillari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: barqaror rivojlanish, raqamli iqtisodiyot,inson kapitali, aholi daromadlari,xotin-qizlar mavqei, iqtisodiy o‘sish, ish bilan bandlik. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichi axborot texnologiyalarining hayotning barcha jabhalariga kirib borishi va ularning shiddat bilan rivojlanishi bilan xususiyatlanib, nomoddiy iqtisodiyot bilan bog‘liq ravishda xizmatlar sohasining rivojlanishiga olib kelmoqda. Shunga mos ravishda xizmatlar sohasida ish bilan bandlik darajasi ham ortib bormoqda. Misol uchun, Malayziyada so‘nggi 20 yil ichida xizmat ko‘rsatish sohasida ayollarning ish bilan bandlik darajasi 53,3 %dan 75%ga, Rossiyada 63,1 %dan 80,7%ga etdi. 2020 yil holatiga BAA da ayollarning 95 %, AQSh va Kanadada 90 % xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston ayollarining 58,7 % xizmatlar sohasida ish bilan band. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib, respublikamizda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun xali juda katta imkoniyatlar mavjudligi aniqlanadi. Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning ishtirokini yanada kuchaytirish, inson kapitali sifatini ta’minlashning muhim tashkil etuvchilari sifatida xotin-qizlarning turmush shart-sharoitlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Taraqqiyot strategiyasining 4 –ustivor yo‘nalishida, jamiyatda xotin-qizlarning mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida: tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish; ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab- quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish; ayollarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish; turar joyga muhtojlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish; og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolganlarga 25 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab- quvvatlash; “ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, muammolar o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi vazifalarning belgilab berilishi-ning o‘ziyoq, fikrimizning yaqqol isbotidir. Mamlakatimiz rahbari tomonidan jamiyatda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatishni besh baravarga kengaytirish, dori- darmon va vitaminlarni bepul etkazib berish bo‘yicha xarajatlarni oshirish, talaba xotin-qizlarning to‘lov-shartnoma pullarini to‘lashlari uchun foizsiz ta’lim kreditlari ajratish, magistraturada tahsil olayotgan qizlarning to‘lov-shartnoma pullarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayollarga soliq imtiyozlari taqdim qilish kabi ustivor vazifalar belgilab berilgan. Bunday keng ko‘lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda inson kapitali sifatining yaxshilanishiga katta hissa qo‘shadi. Ayollarning iqtisodiy faollik darajasi jamiyatda samaradorlik va tenglikni ta’minlaganligi sababli, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim omil sifatida talqin etiladi. Mehnat bozorida ayollarning faollik darajasining oshishi ikki natija, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ayollarning huquq va imkoniyatlarining kengayishini nazarda tutadi. Bu tenglikning ta’minlanishi va inson salohiyatidan samarali foydalanish orqali kambag‘allikni qisqartirishi va iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyatlarni kengaytirishi mumkin. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, turli davlatlar kesimida turlicha bo‘lsada, umuman olganda butun dunyoda ayollar va erkaklarning mehnat bozoridagi ishtirokida katta farqlar saqlanib qolmoqda. 2019 yilda jahon bo‘ylab ayollarning iqtisodiy faollik darajasi 48 % bo‘lgan bo‘lsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 75 %ni tashkil etdi, ya’ni dunyo mamlakatlarida 3,5 mlrd. kishini tashkil etgan ishchi kuchining 5 tadan 3 tasini erkaklar tashkil etayapti. Masalan, Norvegiyada ayollarning iqtisodiy faolik darajasi o‘rtacha 61 foizni tashkil qiladi. Sanoatlashuv va globalizatsiya jarayonlari ta’sirida butun dunyoda ayollarga bo‘lgan munosabat o‘zgarib borib, ularning mehnat bozoridagi o‘rni ham o‘zgarib bormoqda. Lekin ijtimoiy-iqtisodiy hayot qanchalik modernizatsiyalashib borishiga qaramay, ayollar mehnat bozori segmenti boshqa segmentlardan farqli o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi saqlanib qolmoqda. Bandlik darajasining beqarorligi va ishsizlikning yuqori xa
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xotin- qizlarning ishtirokini yanada kuchaytirish, inson kapitali sifatini ta’minlashning muhim tashkil etuvchilari sifatida xotin-qizlarning turmush shart-sharoitla…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xotin- qizlarning ishtirokini yanada kuchaytirish, inson kapitali sifatini ta’minlashning muhim tashkil etuvchilari sifatida xotin-qizlarning turmush shart-sharoitla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inson kapitali, raqamli iqtisodiyot, ish bilan bandlik., barqaror rivojlanish, aholi daromadlari, xotin-qizlar mavqei, iqtisodiy o‘sish
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021