Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
KASB-HUNAR MAKTABLARIDA RUS TILI FANINI O’QITISHDA SHAXSGA YO’NALTIRILGAN METODLARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO’LLARI.
MANAGEMENT AND ECONOMY · FOYDALANISH YO’LLARI. · Yakubova Zaytuna Zayniyevna
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
Zamonaviy kadrlardan talab qilinadigan birlamchi sifatlardan biri-bu uning xorijiy tillarda mukammal so’zlasha olishidir. Mamlakatimizda jahon bozoriga malakali kadrlarni yetkazib berish borasida olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini anglagan holda rus tili darslarini samarali tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so’zlar: moslashuvchanlik, harakatli o’yinlar, guruhlash metodlari, master klass ANNOTATION One of the primary qualities required of modern personnel is his ability to speak foreign languages perfectly. Effective organization of Russian language classes is of great importance, realizing the essence of the reforms that are being carried out in our country in terms of supplying qualified personnel to the world market. Key words: flexibility, action games, grouping methods, master class Bizga ma’lumki, XXI asr axborot texnologiyalari, aloqaning tezkorligi, dunyo mamlakatlari o’rtasida axborot va savdo munosabatlarining misli ko’rilmagan rivojlanish asridir. Bu esa o’z navbatida bugungi kunda har bir insondan tezkorlik, kommunikativlikni talab qiladi. Zamonaviy kadrning eng yaxshi xususiyatlaridan biri esa- bu uning chet tillarida muloqot qila olishidir. Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek: «Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim». Mamlakatimiz rahbarining bu talabi har bir ta’lim mutasaddisi, har bir pedagogga katta mas’uliyat yuklaydi. 2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan oʻquvchilar 194,6 ming nafarni tashkil etib, shundan oʻgʻil bolalar 143 ming nafar, qiz bolalar 51,6 ming nafarni tashkil etgan. Bu o’quvchilar kasb-hunar maktablarida umumta’lim fanlarni o’qish bilan 30 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference bir qatorda ma’lum bir sohada har tomonlama yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun malakatimizda barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ularning jahon bozorida raqobatbardosh kadr bo’lib yetishishlarida biz chet tili fani o’qituvchilaridan juda katta izlanish talab qilinadi. Ma’lumki, kasb-hunar maktabi o’quvchilari tuman yoki shaharning turli mazillari, turli maktablaridan kelishadi, bu o’z navbatida o’quvchilar dunyoqarashi, bilim darajasi, ayniqsa, til bilish qobiliyatidagi tafovutda yaqqol namoyon bo’ladi va chet tillarini , xususan, rus tilini o’qitishda turli muammolarni keltirib chiqaradi: - o’quvchilarning fiziologik va psixologik holati, o’smirlikka xos xususiyatlari; - o’quvchilarning yangi guruh, yangi sharoit, ta’lim jarayoniga moslashish davridagi agressiv holati; - guruhlardagi o’quvchilar bilim darajasidagi keskin farq; - o’quvchilarning chet tilini bilish muhim emas deb hisoblashi; - xorijiy til o’qituvchilarining yetarli malaka va ko’nikmalarga ega emasligi. Yuqorida keltirilgan muammolar bizning faoliyatimizda uchrab turadi. Rus tili darslari jarayonida guruhlarning ikkiga bo’linishi darslar davomida har bir o’quvchi bilan individual ishlash imkoniyatini bersada, kasb-hunar maktablarida o’quv mashg’ulotlarining davomiyligi umumiy o’rta ta’lim maktablariga nisbatan ikki baravar ekanligi ba’zida birinchi bosqich o’quvchilarida turli noqulayliklar tug’diradi. Bu jarayonga o’quvchilarning moslashuvchanligini oshirib, ularning fanga bo’lgan qiziqishini rivojlantirishda pedagogdan alohida mahorat talab etiladi. Ish faoliyatimiz mobaynida bir necha dars ishlanmalarini tayyorladik, mazkur dars ishlanmalarini qo’llash dars o’z maqsadiga erishishida to’liq samaradorlikka erishdi. Shu tajribalarimizdan kelib chiqqan holda, kasb-hunar maktablarida rus tili , umuman chet tillarini o’qitishda yanada samaradorlikka erishish uchun quyidagi takliflarni keltirib o’tamiz: - darslar davomida o’quvchilarning turli tarkibdagi guruhlarda ishlashini ta’minlash, ya’ni har safar guruh bo’lib ishlayotganda ularni yangi usullar bilan guruhlarga ajratish, talabalarning boshqa-boshqa muhitlarda faoliyat olib borisjhlariga sharoitlar yaratish; - o’quvchilarning o’z fikrlarini ayta olish imkoniyatini yaratish va rag’batlantirish, aksar hollarda darslarda savolga to’g’ri javob bermagan yoki mavzuga to’g’ri yondashmagan o’quvchilar pedagoglar tomonidan tanqid qilinadi. Agarda, har bir bildirilgan fikr uchun rag’bat berib borilsa, o’quvchida fikrini bayon eta olish qobiliyati, o’ziga ishonchi ortadi. Bu 31 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference jarayonda o’qituvchilar muvofiqlashtiruvchi koordinatorlar sifatida ishtirok etadilar, fikr bildirgan o’quvchini rag’batlantirib, uni tanqid qilmay, ma’lumotlarni to’ldirib, to’g’rilab turadilar; - dars jarayonida yorqin rangli tarqatmalar, videoroliklar, animatsiyali prezentatsiyalar ham o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlari
Доказательный фрагмент
«Zamonaviy kadrlardan talab qilinadigan birlamchi sifatlardan biri-bu uning xorijiy tillarda mukammal so’zlasha olishidir.»
Образец извлечения
Демо-превьюZamonaviy kadrlardan talab qilinadigan birlamchi sifatlardan biri-bu uning xorijiy tillarda mukammal so’zlasha olishidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- flexibility, action games, grouping methods, master class, master klass, harakatli o’yinlar, moslashuvchanlik, guruhlash metodlari
Смежные источники
Экономика И ОбразованиеМухамеджанова Камола Акрамовна –2011
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025