Экономика и инновационные технологииКаримов Норбой Ганиевич, Султанов Махмуд Ахмедович2018
HUQUQNI QO‘LLASH HUJJATLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
MANAGEMENT AND ECONOMY · Tog’oyeva Malikabonu Sulton qizi
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются понятие применения права, правовые документы, применяющие правовые нормы, их виды и особенности. Также в исследовательской работе изучено значение процесса применения права в документах органов государственного и хозяйственного управления и правовой системы. Ключевые слова: право применение, акт, судебный документ, постановление, исполнительный акт, коллегиальный документы, индивидуальный документы. Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar sharoitida huquq normalarini qo‘llash jarayoni hamda bu normalar qo‘llaniluvchi huquqiy hujjatlar kategoriyalarini aniqlash va ularning normativ- huquqiy hujjatlardan farqini anglash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida huquqiy davlatni shakllantirishda davlatning zamonaviy huquqiy tizimida huquqni qo‘llash jarayoni va mexanizmini isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g’risida”gi farmonida ham huquqni qo‘llash sohasi va uning hujjatlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha tashkiliy-amaliy vazifalarni joriy etgan bo‘lib, unga ko‘ra respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari 253 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish, shuningdek, ushbu davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatish hamda Adliya vazirligi zimmasiga huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini ko‘rish, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, mamlakatda huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish kabi chora-tadbirlar yuklandi[1]. Yuqoridagilarga tayangan holda ushbu tezisning tadqiqot doirasi bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning bir qismi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bugungi kunda milliy qonunchilikni tartibga solishda huquqni qo‘llash hujjatlarining joriy xulosa va tavsiyalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Huquqni muhofaza qilishda huquqiy tartibga solishning eng muhim bosqichlaridan biri bu fuqarolarning huquq va manfaatlarini to‘la qonli qonun hujjatlariga asosan himoya qilishdir. Aynan huquqni muhofaza qiluvchi organlar huquq normalarini qo‘llashda bosh ishtirokchi organlar hisoblanib, huquqiy majburiyatlar bajarilishini ta’minlash orqali huquqiy davlatni muvaffaqiyatli shakllantirishga xizmat qiladi. ASOSIY QISM Huquqni qo‘llash jarayonida huquqni qo‘llash faoliyati vakolatli subyektlarning rasmiy yozma akt-hujjatini qabul qilishi bilan ya’kunlanishi ma’lum. Muayyan davlat organlari va shaxslarga nisbatan majburiy, bajarilishi shart bo‘lgan va hokimiy xususiyatga ega bo‘lgan huquqni qo‘llash hujjatida ma’lum bir davlatning kuchi va irodasi o‘z ifodasini topadi. Ushbu hujjatda ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganlik natijasida javobgar shaxs tegishli tartibda jazolanadi. Huquqni qo‘llash hujjatlari ko‘p qirrali huquqiy voqe’lik hisoblanib, ular iqtisodiy rivojlanish darajasini va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarini ifodalaydi. Usbu tushunchaga ilmiy-nazariy jihatdan yondashishdan oldin shuni ta’kidlash lozimki, bu tushuncha yuridik fanda ko‘p qirrali tushuncha hisoblanib, unga olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berib o‘tilgan. Xususan, huquqshunos olim Z.M. Islomovning ta’riflashicha, “Huquqni qo‘llash akti – bu davlat-hokimiy xususiyatiga ega, individual belgilangan hujjat bo‘lib, u vakolatli subyekt tomonidan subyektiv huquqlar yoki yuridik majburiyatlar mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash hamda tegishli huquqiy normalar asosida va ularning 254 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference normativ amalga oshirilish manfaatini ko‘zlab, ular mezonini belgilash maqsadida muayyan ish yuzasidan tuziladi”[2]. Huquqshunos olim V.I. Leushinning ta’riflashicha, “huquqni qo‘llash hujati – bu vakolatli davlat organi yoki mansabdor shaxsning yuridik faktlar va huquq normasi asosida chiqaradigan, konkret shaxslarning huquq va majburiyatlarini yoki yuridik javobgarligi doirasini belgilaydiga huquqiy hujjatdir”[3]. Yuqoridagi ta’riflarga asosan huquqni qo‘llash aktlari quyidagi turlarga bo‘linadi: - Parlament aktlari; - Davlat boshlig’i aktlari; - Ijro hokimiyati organlarining aktlari; - Sud hokimiyati organlarining aktlari; - Mahalliy hokimiyat organlarining aktlari; - Korxona, tashkilot, muassasa rahbarlarining aktlari. Huquqni qo‘llash hujjatlarining ta’rifi va turlari asosida huquqni qo‘llashning quyidagi o‘ziga xususiy
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются понятие применения права, правовые документы, применяющие правовые нормы, их виды и особенности.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются понятие применения права, правовые документы, применяющие правовые нормы, их виды и особенности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- право применение, акт, судебный документ, farmon, individual hujjatlar., akt, huquqni qo‘llash, kollegial hujjatlar, sud hujjati, ijro akti
Смежные источники
Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
Лучшие интеллектуальные исследованияQurbonov Yorqinbek Avazxonovich2025
The American Journal of Applied sciencesShohista Qobiljonovna Yuldasheva, Okhistaxon Khabibjonova2021