К содержанию
РецензированоUZ2026

MILLIY IQTISODIYOT INNOVATSION SALOHIYATINING SHAKLLANISHI VA UNING O‘ZGARISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR

MANAGEMENT AND ECONOMY · Qudratov Zafar G‘aybullayevich

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini takomillashtirishda innovatsion salohiyat muhim o‘rin tutishini hisobga olgan holda, mazkur ilmiy tezisda innovatsion salohiyat omillari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: milliy iqtisodiyot, innovatsiya, salohiyat, innovatsion tizim, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish darajasini mamlakatda innovatsion salohiyat oshishiga ta’sir qiluvchi omillar belgilab beradi. Omil deganda, innovatsion iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati va xarakteriga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar tushuniladi. Mazkur yondashuvga ko‘ra, innovatsion jarayon unga bog‘liq bo‘lgan bir qator omillarning o‘zaro ta’siri natijasi hisoblanadi. Innovatsion salohiyatini ob’yektiv ravishda, har tomonlama tadqiq qilish jarayonida unga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va tasniflash muammosi vujudga keladi. Mamlakatda innovatsion salohiyatning shakllanishi va amalga oshirilishi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalaridan boshlab, ijtimoiy ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni o‘z ichiga oluvchi, innovatsion jarayonlarni jadallashtiruvchi omil va shart-sharoitlar majmuasiga bog‘liqdir. Innovatsion salohiyatni oshirishni rag‘batlantiruvchi yoki sekinlashtiruvchi omillar global, makro, mezo va mikrodarajalarda ta’sir ko‘rsatadi. Global darajada ta’sir qiluvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: - bilimlarning samarali transferi, xalqaro miqyosda tajribalar almashinuvi, innovatsiyalar keng tarqalishiga yordam beruvchi loyihalarni amalga oshirish jarayonlari va shu kabilar; - yaratilayotgan innovatsiyalarning tegishli sohalardagi texnologik jarayonlar bilan integratsiyalashuv qobiliyati mavjudligi. Makro va mezo darajadagi omillar innovatsion loyihalarni amalga oshirish samaradorligini belgilab beradi. Davlat va hududiy boshqaruv organlarining asosiy vazifasi innovatsion sohaga investitsiyalar oqimi uchun qulay iqtisodiy, siyosiy va huquqiy sharoitlar yaratishdir. Makrodarajadagi 116 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference innovatsion faoliyatning rivojlanishi hududiy iqtisodiyot hamda butun mamlakat iqtisodiyotining o‘sish nuqtasini shakllantiruvchi samarali hududiy tizimlarning rivojlanishi orqali sodir bo‘ladi. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotda innovatsion faoliyat rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular texnologik ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning past darajasi, yosh olimlarning moddiy va moliyaviy jihatdan yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi hamda innovatsion ob’yektlarning yetarli axborot bilan ta’minlamayotganligida o‘z aksini topadi. F.Shokirovaning fikricha, milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni ikkita guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin: - innovatsion salohiyatning sifat tarkibini belgilab beruvchi trasformatsion omillar; - milliy iqtisodiyotning innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga tayyorgarligini ko‘rsatuvchi va innovatsion salohiyat mavjudligi hamda uni realizatsiya qilishni belgilab beruvchi chegaralarni ifodalovchi transaktsion omillar. Transformatsion omillarga milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati rivojlanishiga to‘siqinlik qiluvchi omillar, ya’ni, kadrlar masalasi, ilmiy, texnik- texnologik va moliyaviy cheklanishlarni kiritish mumkin. Ya’ni, yuqori iqtisodiy tavakkalchilik, pul mablag‘lari tanqisligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, innovatsiyalarni ishlab chiqish va bozorga kiritish qiymatining yuqoriligi, moddiy va ilmiy-texnik bazaning sustligi hamda uning eskirganlik darajasining yuqoriligi innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan sanaladi. Transaktsion omillar deganda, innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir qiluvchi axborot, tashkiliy, institutsional cheklovlar tushuniladi. Ularga davlat va tadbirkorlik sektori o‘rtasida ishonchli, samarali o‘zaro ta’sir mexanizmlari hamda innovatsion madaniyatning mavjud emasligi, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi me’yoriy-huquqiy bazaning nomukammalligi, mamlakatda innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa preferensiyalarning yo‘qligi, yangi texnologiyalar, sotuv bozorlari haqidagi axborotning yetishmasligi, innovatsion tizimda ilmiy, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasi samaradorligining pastligini kiritish mumkin. Milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini shakllantirish va amalga oshirishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar ichidan N.Rasulov iqtisodiy, ishlab chiqarish va tashkiliy omillarni ajratib ko‘rsatadi. Muallif salbiy xarakterga ega 117 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference bo‘lgan iqtisodiy omillar tarkibiga ishlab chiqaruvchining o‘z mablag‘lari yetishmasligi, davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining takomillashmaganligi, yuqori innovatsiyalarga nisbatan talab yo‘qligi, innovatsion loyihalarning qoplanish muddati uzoqligi va shu kabilarni

Доказательный фрагмент

«Iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini takomillashtirishda innovatsion salohiyat muhim o‘rin tutishini hisobga olgan holda, mazkur ilmiy tezisda innovatsion salohiyat omillari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini takomillashtirishda innovatsion salohiyat muhim o‘rin tutishini hisobga olgan holda, mazkur ilmiy tezisda innovatsion salohiyat omillari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsiya, salohiyat, milliy iqtisodiyot, innovatsion tizim, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники