К содержанию
РецензированоEN2026

HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

MANAGEMENT AND ECONOMY · HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH · Iskandarov Umidjon

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

This article explores the issues of development of entrepreneurship in the regions of Uzbekistan. The article presents an analysis of thematic literature, methods for the development of entrepreneurship, achieved results and their analysis. Proposals for further development of entrepreneurship have also been developed. Keywords: entrepreneurship, territorial development, business environment, infrastructure, investments Tadbirkorlik mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o'rin tutadi. O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, hududlarda biznes muhitini yaxshilash dolzarb masalalardan biridir. Davlat tomonidan tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish orqali tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish mumkin. USULLAR VA ADABIYOTLAR TAHLILI Tadqiqot doirasida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha ilmiy maqolalar, statistik ma'lumotlar va davlat dasturlari o'rganildi [1,2]. Shuningdek, tadbirkorlar va mutaxassislar bilan intervyular o'tkazildi. Tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy tajribasi ham tahlil qilindi. NATIJALAR 9 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Tadqiqot natijalariga ko'ra, O'zbekistonda hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi omillar muhim:  Biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini osonlashtirish;  Infratuzilmani rivojlantirish va logistika tizimini takomillashtirish;  Moliyaviy resurslar va kreditlarga kirish imkoniyatini kengaytirish;  Tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish va biznes-ta'lim sifatini oshirish;  Innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash va texnologik jihatdan ilg'or loyihalarni moliyalashtirish. TAHLIL VA MUHOKAMA O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Hududlarda "mahallabay" ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko'paytirish orqali kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori tadbirkorlikni, ayniqsa, hududlarda oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjatdir [3]. Qaror doirasida rivojlanishda orqada qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori bo'lgan mahallalarda "mahallabay" ishlash tizimi joriy etilmoqda. Bu tizim orqali har bir mahallaning "o'sish nuqtalari" aniqlanadi, tadbirkorlik loyihalari, xususan, "drayver" loyihalar amalga oshiriladi. Natijada, yangi ish o'rinlari yaratiladi, aholi daromadlari oshadi va mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishiladi. Tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasidan 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag'lar ajratilgan. Ushbu mablag'lar "og'ir" mahallalarga biriktirilgan "yetakchi" tadbirkorlik subyektlariga 3 yil muddatga 10 foiz stavkada kreditlar ajratish uchun yo'naltiriladi. Bu esa mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, aholi xonadonlarida issiqxonalar tashkil etishni moliyalashtirish uchun 40 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag'lar "Agrobank"ka ajratilgan. Bu esa qishloq hududlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Qaror doirasida tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash bilan birga, ularga biznes-rejalar ishlab chiqishda ko'mak beriladi, tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish choralari ko'riladi. Shuningdek, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati doimiy monitoring qilinib, ularning barqaror ishlashi ta'minlanadi. 10 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Mazkur qaror hududlarda, ayniqsa, rivojlanishdan orqada qolayotgan mahallalarda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, aholining bandligi va daromadlarini oshirish hamda kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi. Uning samarali ijrosi yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilning 1-may holatiga faoliyat ko'rsatayotgan xususiy korxonalar soni 57 755 tani tashkil etgan. Hududlar kesimida eng ko'p xususiy korxonalar Toshkent shahri (7 667 ta), Qashqadaryo viloyati (6 821 ta) va Farg'ona viloyatida (6 402 ta) joylashgan. Bu hududlarda biznes muhiti va infratuzilmaning nisbatan rivojlanganligi xususiy tadbirkorlikning o'sishiga yordam bergan [4]. Shu bilan birga, oilaviy korxonalar soni bo'yicha Samarqand viloyati (7 500 ta), Xorazm viloyati (4 804 ta) va Farg'ona viloyati (4 704 ta) yetakchilik qilmoqda [5]. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholining bandligi va daromadlarini oshirish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish mumkin. Tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy o'sish va kambag'allikni qisqartirishning muhim omili hisoblanadi. Tadbirkorlik yangi ish o'rinlari yaratish, innovatsiyalarni joriy etish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish imkonini beradi [6]. Oilaviy biznesni r

Доказательный фрагмент

«This article explores the issues of development of entrepreneurship in the regions of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the issues of development of entrepreneurship in the regions of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
entrepreneurship, territorial development, business, hududiy rivojlanish, infratuzilma, tadbirkorlik, investitsiyalar, biznes muhiti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники