К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALAR PSIXIKASINI SHAKLLANISHIDA O’YIN TERAPIYA FENOMEN SIFATIDA

MANAGEMENT AND ECONOMY · FENOMEN SIFATIDA · Sultonova O`qilxon Sobirjonovna

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

This article is based on the fact that role-playing play plays an important role in the development of preschool children, that is, it contributes to the formation of a multifaceted personality, the development of mental development, communication skills, creative thinking, emotional and social competence. Key words: role-playing games, child development, preschool age. Bolalar psixikasini shakllanishida o’yin terapiya kundalik hayotdan farq qiladigan xatti-harakatlardir. Bu bolalarni o'rab turgan dunyo bilan munosabatini tasvirlaydigan faoliyat turi hisoblanadi. Dastlab bolalar ishtirokida olib boriladigan o’yinlar ularning rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. O'yin faoliyatida bola atrof muhit bilan tanishib, odamlarning muayyan harakatlari sabablarini tushunishni va o’zlashtirishni boshlaydi. O'yin faoliyati davomida bolalar bir-biri bilan muloqot qilishni, o'z manfaatlarini boshqalarning manfaatlariga taqqoslash qobiliyatini shakllantiradi. Shuningdek, o’yin bolaning ixtiyoriy xatti-harakatlarini rivojlantirishda ham asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Maktabgacha yosh davridagi o'yin mashg’uloti ularning dastlabki faoliyat turlaridan hisoblanib, bolaning eng erkin, tasodifiy faoliyat turi ekanligi bilan tavsiflanadi. Pedagogik jarayonda o'yin faoliyati bolalarning o’quv faoliyatiga 124 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference tayyorlovchi komponent rolini o’taydi. Xususan, dastlab bolaning diqqatini ixtiyorsizlikdan ixtiyoriylikka moslashtiruvchi funksiyani bajaradi. Bunda, olib boriladigan o’yin mashgulotlari 10-15 minutni tashkil etishi, ularni keyingi o’quv mashg’ulotlarida 30 daqiqadan oshiq diqqat barqarorligini saqlab turish uchun ko’nikmani rivojlantirishga asos bo’ladi. O'yinlar mazmunini o'ziga xos xususiyatlari, bolalar hayotida ularni tarbiyalash va o'qitishda qanday o'rin egallashi bilan farq qiladi. Pedagogik amaliyotda o'yinlarning ko'p turlari mavjud: nutq terapiyasi, rivojlanish, savodxonlik o'yinlari, mantiqiy rivojlanish, fikrlash, didaktik, musiqiy kabi. Musiqiy o'yin maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi va shaxsiy shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, quyidagi psixik jarayonlarning rivojlanishini ta'minlaydi: - Ushbu turdagi o'yin faoliyati qo'shiq matnini oldindan o'rganishni talab qilganligi sababli, bolada nutq va xotirani rivojlantiradi. - Musiqiy o'yinlar asosan maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalaydigan qoidalar mavjudligi bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantiradi. - O'yin davomida bolaning xayoliy tafakkuri shakllanib, natijada ularning ko’rgazmali-so’z mantiq tafakkurini rivojlanishi uchun resurs vazifasini ta’minlaydi. - Bola musiqa tinglash davomida eshitishni o’rganadi, bu esa uning diqqatini ma’lum bir obyektga to’plash qobiliyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. - Musiqa ritmiga mos harakat qilayotgan bolada musiqiy-ritmik tuyg'u hamda ular o'rtasidagi munosabatlar rivojlanadi. -Musiqa ritmi ularning emotsional barqarorligini to’g’ri shakllantirib, ularda mavjud stresslarni bartaraf etishga olib keladi. Shuningdek, bolalar bog'chasida musiqiy o'yinlar va raqslar maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasining ajralmas qismidir. Musiqa asosida tashkil etilgan hikoyali o’yinlar bolalar harakatlarini qahromonlarlarning muayyan harakatlariga taqlid qilishi bilan xarakterlanib, ularning xulq-atvorini adekvat shakllanishiga asos bo’ladi. Raqsli o’yin terapiyalarda bolalarda yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, hali improvizatsiya qilish jarayoni harakatlar tilini anglashga, mustaqil ravishda yondashishga tayyor emasligi bilan tavsiflanadi. Bunda, “Quvnoq ayiqcha”, "Musiqiy soyabon", "Ona va jo'ja" kabi muayyan raqsli trening mashg’ulotlaridan foydalanish bolalarda: - bolaning tasavvurini faollashtiradigan, uni ma'lum ifodali ijro etishga yo'naltirishi; 125 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference - bolaning har bir obrazda harakatlarni bajarishini ta’minlaydigan idrok jarayonini shakllanishi; - hamda motor-harakat a’zolarini to’g’ri rivojlanishiga sabab bo’ladi. Mashg’ulotlar davomida guruhiy-musiqiy va didaktik o'yinlardan foydalanish bolalarda hissiy barqarorlik, tartiblilik, ixtiyoriy diqqatni hamda o’zaro munosabatlarda bir-birini tushunishni talab qiladi. Bolalarga musiqaga bo'lgan muhabbatni ular uchun qulay shaklda singdirish, bolaning aqliy faoliyatini faollashtirish, bolada o'yinga nisbatan ijodiy munosabatni tarbiyalaydi. Demak, musiqiy o’yinlar bolalarning hafaqat hissiy barqarorligini, balki ularning kelgusidagi o’quv, ijodiy faoliyatiga nisbatan motivatsion jabhalarini shakllanishiga asos bo’ladi. Mashg’ulotlarni, ya’ni musiqiy va ta'lim faoliyatini tashkil etish shakli tarbiyachidan uzoq va puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda tarbiyachilar bolalarning yosh individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg’ulotlarni sahnalashtirish, bolalarni ham aqliy ham jismoniy to’g’ri rivojlanishiga izn beradi. Musiqiy o'yinlar

Доказательный фрагмент

«This article is based on the fact that role-playing play plays an important role in the development of preschool children, that is, it contributes to the formation of a multifaceted personality, the development of men…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is based on the fact that role-playing play plays an important role in the development of preschool children, that is, it contributes to the formation of a multifaceted personality, the development of men… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
role-playing games, child development, preschool age, maktabgacha yosh., rolli o'yinlar, bolalarning rivojlanishi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники