К содержанию
РецензированоUZ2026

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARNI KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

MANAGEMENT AND ECONOMY · KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH · Safarov Feruz Saminjon o‘g‘li

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Maqolada o‘quvchilarning bilish faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchilar kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: raqobatbardosh, mutaxassis, malaka, yuksak, insoniy, fazilat, kasb, xalq, sodiq, jamiyat, fuqaro, mas’uliyat. Aннотация: В статье излагается мысли оразвитие технологической компетентности учителей направленной к совершенствование учебной деятельности учащихся. Ключевые слова: конкурентоспособность, специалисты, квалификация, высокий, человечность,характер, профессия, народ, бывший, общество, раждан, ответственность. Hozirgi kunda ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish bosqichida jamiyatimiz malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish muammosini qo‘ymoqda. Shu munosabat bilan oliy ta’lim tizimi oldida jamiyat uchun faqat chuqur bilimli, kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qila oladigan haqiqiy raqobatbardosh, muayyan mutaxassislik malakalarini egallagan shaxslarnigina emas, balki ayni vaqtda davr talablariga javob bera oladigan, yuksak insoniy fazilatlarga hamda chuqur kasb sohibi va uning fidoyisi, xalqiga sodiq, jamiyatda fuqarolik kasb va mas’uliyatini yaxshi anglagan, o‘z vatanining madaniyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifasini ado etishni talab etadi. Buning uchun: Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish ya’ni kompetentligini jonlantirish ko‘zda tutiladi. “Kompetentlik” bu nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o‘z bilimlarini uzluksiz ravishda yangilab borishi hamdir. Kompetenlik bu inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lishi demakdir. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning jamiyatdagi o‘rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta’limtarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy kompetensiya 53 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki an’anaviy o‘zbek pedagogikasi me’yorlaridan kelib chiqqan holda kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo‘lib, hali yechilmagan masalalar talaygina. A.Avloniy nomidagi Tarbiyachilar malakasini oshirish instituti pedagog olimasi L.T.Xurvalieva: “Kompetensiya – bilim, ko‘nikma, malaka, qarashlar, individning qadriyati va shaxsiy sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati”, deb ta’riflaydi. “Kasbiy kompetentsiya” tushunchasining mohiyatini tahlil qilish, uni tarbiyachining (tarbiyachining) kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish va maktabgacha ta’lim tizimida shaxsni rivojlantirish bilan bog‘liq maqsadlarga erishish qobiliyatini aks ettiradigan bilim, tajriba va kasbiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar integratsiyasi sifatida taqdim etishga imkon beradi. Va bu kasbiy faoliyat sub’yekti ma’lum darajadagi professionallikka erishgan taqdirda mumkin. Psixologiya va akmeologiyadagi kasbiylik – bu kasbiy faoliyat vazifalarini bajarishga tayyorlikning yuqori darajasi, mehnat predmetining sifat xarakteristikasi, yuqori kasbiy malakalar va malakalarni, turli xil samarali kasbiy mahorat va ko‘nikmalarni aks ettiruvchi, shu jumladan ijodiy echimlar, zamonaviy algoritm va yechimlarga egalik qobiliyatlarini aks ettiradi. Yurtimiz kelajagi hisoblangan yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining o‘rni beqiyosdir. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarni kasbiy kompetentlik sifatlariga uyidagila kiradi: 1.Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish. 2.Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari kasbiy kompetentlikni o‘quvchilarda tarbiyaviy ishlar jarayonida qo‘llaganlarida pedagogik ta’sir etish usullarini takomillashtirishda quyidagi tadbirlarni jonlantirish ko‘zda tutiladi: Pedagogik ta’sir usuli-bu aniq pedagogik holatlarni tashkil qilish usulidan iborat bo‘lib, unda ma’lum qonuniyatlar asosida o‘quvchilarning ijobiy ishlarida o‘z kamchiliklarini yo‘qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlar uyg‘onadi. 54 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Pedagogik ta‘sirning har bir usuli o‘zining tabiatli xususiyatlariga ega bo‘lib, ular ikkita elementning o‘ziga xos birligida vujudga keladi, y‘ani a)yaratilayotgan pedagogik holatlar xususiyatlari; b)y

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘quvchilarning bilish faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchilar kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘quvchilarning bilish faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchilar kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
конкурентоспособность, специалисты, yuksak, insoniy, kasb, raqobatbardosh, jamiyat, malaka, mutaxassis, sodiq, xalq, mas’uliyat., fuqaro, fazilat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники