К содержанию
РецензированоUZ2026

OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING MADANIYAT BILAN BOGʻLIQLIGI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Muhiddinova Nilufar Sadriddin qizi

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Mazkur tezis O’zbekiston joy nomlarining badiiy asarlarda qamrab olinishi va ularning kelib chiqishi, etimologik tahlili va madaniyat bilan bog’liqligini ko’rsatib beradi. Joy nomlari oldin faqat geografik jihatdan tadqiq qilingan bo’lishiga qaramasdan hozirgi kunda ularning etimologik tahlili ham o’z dolzarbligini kasb etib kelmoqda. Ushbu tezis faqat yirik va taniqli shahar nomlari tahliliga bag’ishlanadi. Kalit so’zlar: etimologik tahlil, joy nomlari, badiiy asarlar, qadriyatlar, geografik tushuncha Til insoniyat madaniyati va hayot tarzi bilan birgalikda rivojlanib boruvchi tirik muloqot vositasidir. Har bir tilning rivojlanib borishiga o’sha joyning nomlari, toponimikasi, xalq kundalik hayoti o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Badiiy adabiyotlarda ishlatilgan joy nomalrini tahlil qiladigan bo’lsak yuqoridagi firimizning yorqin dalilini ko’rishimiz mumkin. Tadqiqotimizning dolzarbligi shundan iboratki, bugungi kunda Oʻzbekistonda milliy madaniyat va tarixiy merosni asrab-avaylash va o‘rganish masalalari dolzarb bo‘lib turibdi. Badiiy asarlarda Oʻzbekiston joy nomlarining ishlatilishi milliy o‘zlikni anglashda muhim vositadir, chunki bu nomlar tarixiy voqealar va xalqning madaniy xotirasini aks ettiradi. Ko’plab badiiy va tarixiy asarlarda uchraydigan “Nurota” joy nomi ham boy tarixiy ahamiyatga ega. Nur (arabcha: رونلا) islom kontekstida „tunning sovuq nuri“ yoki „issiqsiz yorugʻlik“, yaʼni oy nuriga ishora qiluvchi atamadir . Bu yorugʻlik „Xudoning hidoyati“ va „bilim“ timsoli sifatida ishlatiladi, Nardan farqli oʻlaroq rahm-shafqat ramzi boʻlib, u kunlik quyosh „issiq nuri“, yaʼni olovga ishora qiladi.Qur’onda Alloh „osmonlar va yerning nuri“ (Nur oyati) deb aytilgan. Qur’onning koʻplab mumtoz tafsirchilari buni tom maʼnoda emas, balki dunyoni tushuncha bilan yoritib turgan Xudo bilan solishtirishadi. Nur Muhammad (Muhammadning mohiyati) hamma narsaning kvintessensiyasi degan tushunchaga vakillik qiluvchi birinchi va eng asosiysi Sayyid Abdulqodir Giloniy boʻlib, bu fikrni oʻzining „Sirr ul Asror“ kitobida bayon qilgan (1). 100 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Tarixdan ma’lumki, Nurota taxminan 5-6-asrlarda qurilgan bo’lib, Oq togʻning etak qismida joylashgan. Asli nomi Nur, xalq uni hurmatlab, "ota" soʻzini qoʻshib ataydi. Qalʼada katta buloq bor, atrofda undan boshqa oqar suv yoʻq. Suv boshiga egalik qilib, dushmanga bardosh berish maqsadida qadimda buloq ustiga paxsadan qalʼa qurilgan. Keyinchalik o’sha qal’a atrofida shahar vujudga kelgan (2). Zamonaviy badiiy asarlarda Oʻzbekiston joy nomlarining etimologik tahlili orqali madaniy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish va yangi avlodga yetkazish zarurati mavjud. Shunday qilib, "Oʻzbekiston joy nomlarining badiiy asarlardagi oʻrni va madaniyat bilan bogʻliqligi" mavzusi xalqimizning madaniy xotirasi va tarixiy o‘zligiga e'tibor qaratish, joy nomlarining ramziy va madaniy ma’nosini ochib berishda ahamiyatli hisoblanadi. O’rganilishi kerak bo’lgan muammo shuki, ilgari Oʻzbekiston joy nomlari badiiy asarlarda ko‘plab o‘rganilgan bo‘lsa-da, ular ko‘pincha faqat geografik tushunchalar sifatida qaralgan. Joy nomlarining etimologik ildizlari va madaniyat bilan bog‘liqligi yetarlicha o‘rganilmagan. Shu bilan birga, joy nomlarining badiiy asarlarda qanday ramziy ma’nolarga ega ekanligi, ularning madaniy va tarixiy talqini ko‘proq izlanishlarni talab qiladi. Bu muammo dolzarb bo‘lib, hozirga qadar ushbu jihatlar chuqur tadqiq etilmagan (3). Tadqiqotning maqsadi – Oʻzbekiston joy nomlarining badiiy asarlardagi o‘rnini etimologik tahlil qilish va ularning madaniy ramziyligini ochib berishdir. Shu bilan birga, joy nomlarining xalqning madaniy va tarixiy merosi bilan qanday bog‘liq ekanligini yoritish va ularning badiiy asarlardagi rolini chuqur tahlil qilish orqali o‘zbek adabiyotiga yangi ilmiy yondashuvni taklif etishdir. Tadqiqotning natijalari quyidagicha : 1. Oʻzbekiston joy nomlarining badiiy asarlardagi o‘rni aniqlandi. Samarqand, Buxoro, Toshkent kabi joy nomlarining badiiy asarlarda ishlatilishi orqali o‘quvchilarda asarning madaniy konteksti to‘g‘risida tushuncha hosil bo‘ladi. 2. Joy nomlarining etimologik tahlili madaniy va tarixiy qatlamlarni ochishga yordam beradi. Masalan, Buxoro va Samarqand joy nomlarining ildizlari diniy va iqtisodiy markazlar sifatida ularning tarixiy ahamiyatini aks ettiradi. 3. Oʻzbekiston joy nomlarining badiiy asarlarda qo‘llanilishi xalqning milliy xotirasi va o‘zligini anglashda muhim rol o‘ynaydi. Xulosa. Oʻzbekiston joy nomlari faqatgina geografik belgilar emas, balki xalqning boy madaniy merosi va tarixiy o‘zligini aks ettiruvchi onomastik 101 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference birliklardir. Ular badiiy asarlarda ishlatilganda asarning mazmunini boyitib, o‘quvchiga voqealar joylashgan makonning ramziy va madaniy ma’nosini ochishga yordam beradi Adabiyotlar ro’yxati: 1. Sayyid Abdul Qadir Gilani, Sirr

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezis O’zbekiston joy nomlarining badiiy asarlarda qamrab olinishi va ularning kelib chiqishi, etimologik tahlili va madaniyat bilan bog’liqligini ko’rsatib beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezis O’zbekiston joy nomlarining badiiy asarlarda qamrab olinishi va ularning kelib chiqishi, etimologik tahlili va madaniyat bilan bog’liqligini ko’rsatib beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
geografik tushuncha, etimologik tahlil, badiiy asarlar, qadriyatlar, joy nomlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники