Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HIKOYALARDA IJTIMOIY MUAMMOLAR TALQINI
Matkurbanova Oygul Mamatsalayevna
Развитие педагогических технологий в современных науках · 1974
Аннотация
This article talks about the interpretation of social problems reflected in the stories “Green leaf” and “The word given in Chimildik” related to the work of the writer Kamchibek Kenja. Key words: story, social problem, human fate, cotton farming, image, interpretation. O‘zbek adabiyoti rivojiga o‘zining barakali ijod namunalari bilan hissa qo‘shib kelayotgan iste’dodli yozuvchi Qamchibek Kenja o‘tgan asrning 70- yillarida matbuotdagi dastlabki nasriy qadami bo‘lishiga qaramay, davr ijtimoiy muammolarini o‘z hikoyalarida aks ettira olgan. Yozuvchi “Sharq yulduzi”ning 1974-yil 4-aprel sonida nashr etilgan “Yashil barg” nomli ilk hikoyasida xalqni azob-u mashaqqatlarga duchor etgan pilla qurti boqish bilan bog‘liq dolzarb muammolarni qalamga oladi. Bu davrda turli sohalar kabi badiiy adabiyotda ham ijtimoiy muammolarni ko‘tarish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi. Ayni bu holat yosh ijodkorning adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinishiga zamin yaratdi. Ayniqsa taniqli adabiyotshunos olimlar tomonidan berilgan baho yozuvchi uchun rag‘bat va ijodiy maktab vazifasini o‘tadi. Bu haqda Qamchibek Kenja o‘zining “Inson farishta emas”1 nomli biografik asarida quyidagilarni qayd etadi: “Adabiyotning piri komillaridan biri, atoqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori(keyinroq akademik bo‘lgan) Matyoqub Qo‘shjonov shunday deb yozdi: “Ba’zi bir hikoyalarda yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan fikr ishlab chiqarishdagi ziddiyatlarga yo‘g‘rilgan holda beriladi. Qahramonlar xatti-harakatlari o‘sha ziddiyatlar bilan dalillanadi, bunday paytlarda hikoyanavis hayotga aktivroq aralashadi. Qamchibek Kenjaning “Yashil barg” hikoyasi… tanlangan voqeaga qarab bu gazeta xabariga tegishli gaplar-ku, degingiz keladi. Biroq yozuvchi bu oddiy bo‘lib ko‘ringan 1 Qamchibek Kenja. Inson farishta emas. T., “Yosh avlod matbaa”, 2023. 539-bet. 182 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference voqeaga tushgan qahramonning holati, psixologik tasvirga bog‘liq detallar topa olgan. Shu tufayli asar badiiylik kasb etgan”. Bu baho meni havotirlantirdi, albatta (Aslida hikoyaning badiiy saviyasi u qadar yuksak emasligini o‘zim ham bilardim, lekin unda ko‘tarilgan “ijtimoiy muammo” o‘sha davr nuqtayi nazaridan ahamiyatli edi)”. Bilamizki, XX asrning 60-70 yillarida xo‘jaliklarda pilla rejalari yildan yilga oshirilardi-yu, biroq tut ekishga mutlaqo e’tibor berilmasdi. Kolxoz rahbarlari ham pilla bir oylik kompaniya, o‘tadi-ketadi deb hisoblashardi. Butun qiyinchilik pillakorlarning gardaniga tushardi. Natijada har yili pilla mavsumi har xil ziddiyatlar va ko‘ngilsizliklar bilan to‘la bo‘lardi.2 Yozuvchi “Yashil barg” hikoyasi qahramoni Jabbor akaning boshdan kechirgan voqealari misolida xalqni pilla qurti boqish, barg topish muammosi naqadar ruhiy va jismoniy jihatdan azoblaganini hayotiy manzalarda tasvirlaydi. Asarni o‘qirkansiz, kezi kelganda inson zotining pilla qurtichalik qadri yo‘qligi ko‘ngilni o‘rtasa, jamiyatdagi adolatsizliklar, ayniqsa mas’ul xodim va rahbarlarning ma’suliyatsizligi vijdoningizni sergak torttiradi. Yuqorida so‘z borgan ipak qurti boqish bilan bog‘liq muammolar xalqimizni qay darajada qiynagan bo‘lsa, yaqin yillargacha davom etgan paxtachilik ham shu qadar azob-uqubatlarga giriftor etgan. Qamchibek Kenjaning “Chimildiqda berilgan so‘z” hikoyasida aynan shu muammolar haqida so‘z boradi. Hikoya qahramonlari yosh oila – Inomiddin va Oysara. Asarda sobiq sho‘ro davrida paxtaning qiymati, hatto insondan aziz darajada ekanligi Inomiddin tilidan ta’kidlanadi: “- Bu savil paxtadan hech oshinasizmi? Inomiddin xotiniga o‘qraydi. - “Savil”lama! Men o‘zimni “sen”lab, paxtani “siz”layman!” Bilasanmi shuni?! - Bilaman, paxta sizga mendanam, bola-chaqangizdanam aziz. - Xa, aziz! Nima deysan? To‘g‘ri gapiraver-da, dardingni, paxtaga til tekkizmay”. Hikoyada Inomiddin brigada boshlig‘i bo‘lsa-da, g‘ozaning maromida yetilishi, oq oltinning hirmoni barakali bo‘lishi uchun chekkan zahmatlari, uyqusiz tunlari, halovatsiz kunlari, ayniqsa rais bilan kechgan ziddiyatlar kuchli ruhiy tasvirlar orqali talqin etiladi. Inomiddin dalani oilasi, farzandlaridan-da ustun ko‘radi. Natijada bu holat oila baxtiga rahna soladi, er yigitning bergan va’dasi buzilishiga sabab bo‘ladi: “ Endi u hammasiga tayyor edi, mayli, ursa ura qolsin, kaltakdan qo‘rqib mute bo‘lib o‘tiraveradimi! 2 To’lqin Yo’ldoshev. Komolotning olis yo’li. T., “Navro‘z”, 2014. 74-bet. 183 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference - Gapir! - Senlamang! Chimildiqda so‘z bergansiz. Inomiddin peshonasini eshik kesakisiga urib olganday o‘ziga keldi. - Xa, o‘sha chimildiqda so‘z berganni… Nima qilay, xonim, qaysi biringiznikini ko‘taray?! ”. Shunisi ayonki, Inomiddin kabi borini dalaga, paxtaga bag‘ishlagan insonlar taqdiri yaqin o‘tmishimizgacha ijtimoiy muammo darajasida ko‘tarilgan edi. Xalqimiz qalbida paxtachilik ortidan yuzaga kelgan ayanchli uqubatlar ch
Доказательный фрагмент
«This article talks about the interpretation of social problems reflected in the stories “Green leaf” and “The word given in Chimildik” related to the work of the writer Kamchibek Kenja.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the interpretation of social problems reflected in the stories “Green leaf” and “The word given in Chimildik” related to the work of the writer Kamchibek Kenja. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- story, social problem, human fate, cotton farming, image, inson taqdiri, talqin., paxtachilik, hikoya, ijtimoiy muammo, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026