К содержанию
РецензированоUZ2026

DEBORA TANNEN – “YOU JUST DON’T UNDERSTAND: WOMEN AND MEN”

WOMEN AND MEN”

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Deboraning asarlari, izlanishlari dunyo tilshunoslari orasida ancha mashxur bo‘lib, uning qarashlari, muloqot va uning xususiyatlari haqidagi fikrlari, ayol va erkakning muloqoti, muloqtdagi aynan ayollarga va erkaklarga xos jihatlarini o‘zining “You just don’t understand: women and men in conversation” kitobida tahlil etgan. Annotation The works of Deborah Tannen, whose research is much more popular among linguists of the world, analyzed her views, thoughts about communication and its features, female and male communication, the specific feminine and masculine aspects of communication in her book “You just don’t understand: women and men in conversation.” Kalit so‘zlar Muloqot, ayollar nutqi, erkaklar nutqi, noverbal muloqot, meta xabar, Key words Debora Tannen1 Jorjtaun universitetining taniqli tilshunos professori hisoblanib, muloqot yo‘nalishida bir qator ilmiy ishlar muallifi sanaladi. Berkeleydagi Kaliforniya universitetida tilshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha falsafa doktori unvoni bilan taqdirlangan. Debora tilshunoslikda muloqot va gender tushunchasiga katta hissa qo‘shgan. Deboraning asarlari, izlanishlari dunyo tilshunoslari va shu yo‘nalish toliblari orasida ancha mashxur bo‘lib, uning qarashlari, muloqot va uning xususiyatlari haqidagi fikrlari, ayol va erkakning muloqoti, muloqtdagi aynan ayollarga va erkaklarga xos jihatlarini o‘zining ‘You just don`t understand: women and men in conversation’ – “Siz shunchaki tushunmaysiz: ayollar va erkaklar suhbatda” (shartli tarjima) kitobida tahlil etgan. Ushbu kitob kirish, yetti bob, xulosa va foydalaniladigan adabiyotlardan tashkil topgan. Birinchi bob – “Jinslar muloqotidagi bo‘shliq – nega ayol va erkaklar bir-birini noto‘g‘ri tushunadi?” Erkak va ayol nutqidagi asosiy farqni ifodalash uchun u ‘report talk va rapport talk’ni ajratgan. Report talk* hisobot nutqi ya`ni asosiy maqsadi ma`lumot almashish bo‘lgan neytral tondagi nutqdir va erkaklar ushbu uslubda muloqot qiladilar rapport talk* esa ayollarga xos 1 https://www.bookey.app/book/you-just-don%27t-understand 65 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference bo‘lib, o‘zida his-tuyg‘ular bilan uyg‘unlashgan emotsional bo‘yoqdor usul hisoblanadi. Yana erkaklar to‘g‘ridan- to‘g‘ri, aynan nima demoqchi bo‘lsa xuddi uni yetkazadi, ayollarda esa aksincha aylantirib, belgi-ishoralar qilib, o‘xshatishlar vositasida o‘z fikrini yetkazadi. Deborah ushbu kitobda yana bir misol keltiradiki, ushbu misol erkak va ayol muloqotining maqsadlarini yaqqol ifodalab beradi. Erkak kishi yaqinlari, hamkasblari yoki do‘stlarining hayotidagi muammoga o‘zlarining tanqidiy fikrlash qobiliyatini yana bir bor sinab ko‘rib o‘zini namoyon etish imkoniyati o‘laroq baho beradi. Ushbu muammoga aniq, ravshan, lo‘nda va amaliyotga tadbiq etsa bo‘ladigan yechim taqdim etadi. Ayol kishi bo‘lsa buning teskarisi, biror yaqining hayotidagi muammo yoki biror qiyinchilikni xabarini bilgach, uni hayoliga o‘zining xuddi shu muammoda nima qilgani, qanday yo‘l tutgani, qanday chora-tadbirlar qo‘llaganini aytish, ko‘proq his-tuyg‘ularini ifoda etishni afzal ko‘radi. Shu tarzda o‘zlarining hissiy holatlarini va zaifa ekanliklarini namoyon qiladilar. Hattoki o‘sha vaziyatda o‘zlarida mavjud bo‘lgan muammolarni ham bo‘lishishni ham unutmaydilar. O‘zbek xalqida “azaga kelgan ayol o‘z dardini aytib yig‘laydi” degan maqoli bejizga paydo bo‘lgan emas. Ayollar tabiatida hamdardlik, hissiy qo‘llab- quvvatlash, his-tuyg‘ularga berilib asosiy maqsaddan chalg‘ib ketish qaysi jamiyatda bo‘lmasin, doim namoyon bo‘lishga moyildir. Deborah ushbu bobda ayol va erkak muloqoti, ularning nutq uslublari va undagi yaxlit farqlarni tasvirlab, misollar keltirib, nima sababdan ikki jins vakillari bir-biri bilan muloqotdagi tushunmovchiliklar paydo bo‘lishini isbotlab bergan. Ya`ni bir vaziyatga turli xil tomondan qarab, har xil munosabat bildirayotgan shaxslar albatta bir-birini tushunishi va munosabat bildirishida ziddiyatlar yuzaga kelishi tabiiy. Kitobning ikkinchi bobi esa “Suhbatdagi til va kuch dinamikasi” deb nomlanadi. Ayol va erkak nutqida so‘zlar shunchaki talaffuz qilinmaydi, balki ushbu ifodalarda ma`lum bir darajada kuch, boshqaruvchilik, oqimga qarshi suzish yoki oqimga ergashish kabi jihatlar mavjud. Erkaklar suhbat davomida suhbat oqimini va suhbatdoshini boshqarish, fikrlarini tasdiqlatish va fikrlariga ergashtirish maqsadida qator suhbat taktikasidan va tana tilidan foydalanadilar. Erkaklar o‘z suhbatdoshiga ko‘pincha o‘zining raqibi sifatida qarab, shunga munosib ravishda harakatlanadilar. Ayollar esa suhbat davomidagi sheriklariga hamkor, yaqin bir hammaslak sifatida qarab, yumshoq va tuyg‘ularga boy suhbat usulidan foydalanishadi. Ayollar unchalik suhbatni va suhbatdoshni boshqarishga emas, balki ergashishga moyildir. Ayol va erkak muloqotiga e`tabor qaratiladigan bo‘lsa, albatta dominantlik erkak nutqida ko‘rinib, ushbu ustunlikni ifodalash uchun erkaklar tez-tez suhbatni bo‘lib, tasdiqlatishni

Доказательный фрагмент

«Deboraning asarlari, izlanishlari dunyo tilshunoslari orasida ancha mashxur bo‘lib, uning qarashlari, muloqot va uning xususiyatlari haqidagi fikrlari, ayol va erkakning muloqoti, muloqtdagi aynan ayollarga va erkakla…»

Образец извлечения

Демо-превью

Deboraning asarlari, izlanishlari dunyo tilshunoslari orasida ancha mashxur bo‘lib, uning qarashlari, muloqot va uning xususiyatlari haqidagi fikrlari, ayol va erkakning muloqoti, muloqtdagi aynan ayollarga va erkakla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Debora Tannen1 Jorjtaun universitetining taniqli tilshunos professori, noverbal muloqot, ayollar nutqi, erkaklar nutqi, Muloqot, meta xabar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники