Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KALLA SUYAK NOMLARINING ÔZBEK VA LOTIN TILLARIDA QIYOSSIY TAHLILI
Sabirova Sabina Olimovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2-42 · 2026
Аннотация
Maqolada xorijiy til o’qitishning eng muhim “til tajribasi” metodini afzallik tomonlari va foydalanish o’rni vaqti hamda kutiladigan natijalar pedagogik ish tajribalarimdan va ilmiy – nazariy, ilmiy – amaliy yozishmalarning teran xulosalaridan kelib chiqib, mazkur metodni Respublikamiz Tibbiy oliygohlarida lotin kasbiy tilni o’qitish, o’rganishga samaradorligini asoslovchi fikr- mulohazalarni tasdiqlovchi misollar yordamida yozma bayon etishga harakat qilindi. Kalit so`zlar: suyak, kalla, miya qismi, skeleti, og`iz bo`shlig`i, kalla qopqog`i. Bosh suyagi, bosh skeleti (lotincha: cranium) – umurtqali hayvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda kalla suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan qism – liqildoqlar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun kalla suyagining miya qismi (kalla suyagi qutisi) katta, yuz qismi pastga choʻzilgan, hayvonlarda esa yuz qismi oldinga choʻzilgan boʻlib, kalla suyagining asosiy qismini tashkil etadi. Kalla suyagi miya va u bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab turadi. Bulardan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan nafas sistemasining boshlanish qismi – burun boʻshligʻi, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi – ogʻiz boʻshligʻi va eshitish hamda muvozanatni saqlash aʼzolari joylashgan. Kalla suyagining miya boʻlimi tepa tomondan kalla qopqogʻi bilan chegaralangan boʻlib, ichida bosh miya joylashadigan kalla boʻshligʻidan iborat. Kalla boʻshligʻi umurtqa kanalining kengaygan uchi boʻlib, u yerda bosh miya pardalarga oʻralgan holda joylashgan. Kalla tubidagi teshiklar orqali nervlar (koʻruv, hidlov, uchlik, yuz, eshituv nervlari va b.) va qon tomirlari (uyqu arteriyalari, boʻyinturuq venalari) oʻtadi. Chakka suyagida oʻrta quloq boʻshligʻi va ichki quloq bor. Kalla suyagi ning oʻrtasi asosidagi turk egarida gipofiz yotadi. Ensa suyagida uzunchoq miya joylashgan. Kalla suyagi asosidagi eng katta teshik – ensa teshigi orqali uzunchoq miya orqa miyaga tushadi. Kalla suyagi gumbazini hosil qiladigan har bir suyak 2 plastinkadan iborat: tashqi plastinkasi qalinroq, ichki (miyaga qaragan) plastinka moʻrt va sinuvchan (buni shishasimon plastinka deb ham ataladi) boʻlib, bosh zarb yeganda (hatto tashqi plastinka shikastlanmaganda ham) sinishi va bunda miya pardasi yirtilib, qon oqishi yoki bosh miyani jarohatlashi mumkin, bu esa hayot uchun xavflidir. Shuning uchun K. s. shikastlanganda uni rentgenda tekshirmasdan, kalla suyagining ichki plastinkasi holatini aniqlamasdan aniq bir xulosaga kelish qiyin. Kalla suyagining 2 plastinkasi oraligʻida yupqa gʻovak modda va vena kanallari mavjud. Kanaldan oʻtgan qon tomir miya boʻshligʻidagi pardalardan hosil boʻlgan vena sinuslarini kallani qoplab turgan teri venalari bilan qoʻshadi. Bu venalar miya boʻshligʻidagi qon oqimini bir meʼyorda saqlaydi. Baʼzan kalla terisi jarohatlanganda zudlik bilan chora koʻrish lozim, aks holda jarohatlangan sohadan qon tomir orqali miyaga mikroblar oʻtib, koʻpgina 124 noxushliklarga olib kelishi mumkin. Kalla suyagining miya qismi – ensa suyagi, peshona suyagi, bir juft tepa suyagi, ponasimon suyak, gʻalvir suyak va bir juft chakka suyaklardan tuzilgan. Kalla suyagining yuz qismi yuqori jagʻ, bir juft tanglay, yonoq, burun, koʻz yoshi, pastki chigʻanoq, dimogʻ hamda pastki jagʻ va til osti suyaklaridan iborat. Bu suyaklar (pastki jagʻ suyagidan tashqari) bir-biriga oʻzaro chok hosil qilib, pastki jagʻ suyagi esa boʻgʻim orqali birikadi. Yangi tugʻilgan bola kallasining miya qismi yuz qismiga nisbatan kattaroq boʻladi; suyaklanish bevosita parda davridan boshlanadi, natijada chaqaloqlarda suyaklar oraligʻida parda bilan qoplangan qismlar – liqildoqlar uchraydi. Kalla suyagi bola tugʻilishi vaqtida garmonga oʻxshab yigʻilib, tugʻilishni osonlashtiradi. Liqildoqlar 2—3 oydan bir yoshgacha suyaklanib boʻladi, suyaklanish kechikkanda bolalarga baliq moyi berib turish, koʻproq ochiq havoda olib yurish lozim. Kalla suyagi haddan tashqari katta (makrotsefaliya) yoki juda kichik (mikrotsefaliya), shakli har xil (choʻzinchoq, yumaloq va hokazo) boʻlib, hajmlarning turlicha boʻlishi odamning aql-idrokiga hech qanday taʼsir etmasligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Доказательный фрагмент
«Maqolada xorijiy til o’qitishning eng muhim “til tajribasi” metodini afzallik tomonlari va foydalanish o’rni vaqti hamda kutiladigan natijalar pedagogik ish tajribalarimdan va ilmiy – nazariy, ilmiy – amaliy yozishmal…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada xorijiy til o’qitishning eng muhim “til tajribasi” metodini afzallik tomonlari va foydalanish o’rni vaqti hamda kutiladigan natijalar pedagogik ish tajribalarimdan va ilmiy – nazariy, ilmiy – amaliy yozishmal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- og`iz bo`shlig`i, kalla qopqog`i., suyak, skeleti, miya qismi, kalla
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025