Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Oshkent viloyati chavlisoy hududida tulipa mogoltavica popov&vved tarqalishi
POPOV&VVED TARQALISHI · Abdullayev Davlatali Alijon oʻgʻli · Jo‗raqulov Jahongir Jo‗raqul o‗g‗li · Turgunov Mirabdulla Dehkanovich
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2 · 2026
Аннотация
Maqolada Tulipa mogoltavica turni G‗arbiy chotqol rayonining chavlisoy hududida tarqalgan populyatsiyalari, 10 m2 hududdagi o‘simliklar soni, generative va yuvenil o‘simliklarning o‘rtacha uchrash foizi hamda kamayish sabablari ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit soʻzlar: Tulipa L., Tulipa mogoltavica, Tyan-Shan, Pomir-Oloy, Leiostemones, Qizil kitob, flora. O‗rta Osiyo lolalarning – Tulipa L.turkumining kelib chiqishi markazi va turkumlarning turli tumanligi eng yuqori bo‗lgan xudud hisoblanadi. Bu yerda lolalar turlari hosil bo‗lishining tarixiy tarkib topgan to‗rtta o‗choqlari mavjudligi aniqlangan. Ulardan biri O‗rta Osiyoning cho‗llarida va yarim cho‗llarida, boshqasi baland tog‗larda joylashgan. Uchinchi o‗chog‗ deb Pomir-Oloy tog‗lari tizimi topilgan. To‗rtinchisi esa G‗arbiy Tyan-Shanning adirlari va tog‗lariga to‗g‗ri kelib o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi [1]. O‗rta Osiyoda lolalarning 63 turi o‗sadi. Bu turlar ichida Mo‗g‗ultog‗ lolasi (Tulipa mogoltavica Popov&Vved) aloxida etiborga molik tur hisoblanadi. Leiostemones kenja turkumiga mansub bu tur morfologik jihatdan T. gregii Regel ga juda yaqin tur hisoblanadi. Greyg lolasidan farq qiluvchi belgilari nisbatan past bo‘yi, barglarining to‘q yashil bo‘lishi va gullarining maydaroqligi hisoblanadi. Gultojbarglari qizil, chetlari biroz sarg‘ish rangda. Mo‘g‘ultog‘ lolasining yana bir o‘ziga xos belgisi gultojbarglari asosida aniq sariq xoshiya bo‘lishi ham keltirilgan. Lekin Mo‘g‘ultog‘ hududida uchraydigan formalar orasida sariq xoshiyasiz vakillari ham ko‘plab topilgan. Adabiyotlarda faqat urug‘dan ko‘payadi, vegetativ ko‘payish imkoniyati cheklangan deyilgan [2]. Tyan-Shan tog‘larining lyossimon mayin tuproqli tog‘oldi, past va o‘rta tog‘ mintaqasining toshli yonbag‘rliklarida (Toshkent Olatog‘i, Qurama tizmasi,) va Pomir-Oloyning (Mo‘g‘ultog‘) o‘rta tog‘ mintaqasida uchraydi. Aprel-may oylarida gullaydi. Landshaft ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llanilgan. Ochiq grunt sharoiti uchun chidamli ob‘yekt hisoblanadi. Xo‘jand, Dushanbe, Toshkent, Bishkek, Ashxabod, Olma-Ota, Kiyev va Sankt- Peterburgda sinovdan o‘tkazilgan. Xorijiy adabiyotlarda Greyg lolasi bilan bir tur sifatida qarashadi [3]. Lola turlarini o‗rganishga botanik olim, biologiya fanlari nomzodi A.I.Vvedenskiy [4] ulkan hissa qo‗shgan. U lolalarni 12 ta yangi turini aniqlagan va Tulipa L. turkumining dunyoda eng mashhur bo‗lgan tizimlaridan birini ishlab chiqqan [1]. Bundan tashqari O‗rta Osiyo lolalarni o‗rganishda prof Z.P. Bachantseva [5], b.f.n A.X. Sharipov [6], akad. K.Sh.Tojiboyev [7] kabi olimlar ulkan hissa qo‗shishgan. Ayni paytda Tulipa turkumining O‘zbekiston florasida 34 turi ro‘yxatga olingan [8]. Tulipa mogoltavica bo‗yi 10-30 sm. Piyozi tuxumsimon, diametri 5 sm gacha. Barglari 3-4 ta, siyrak joylashgan, uzunligi 15 sm va eni 5-7 sm, ustki tomonida juda ko‗p to‗q qizil dog‗lari bor. Guli bitta, uzunligi 3-5 sm, yorqin qizil, shaklan qizil lola guliga o‗xshaydi. Changchi ipi qora, faqat changdoniga yaqin o‗tkir uchi qizil. Changdoni qora yoki qoramtir binafsharang. Ko‗sagi uzunchoq uchburchaksimon, uzunligi 4,2 sm va eni 2,2 sm gacha bo‗ladi. Urug‗i qiyshiq dumaloq uchburchaksimon, jigarrang, uzunligi 0,5sm va eni 0,3 sm gacha yetadi. Aprel-mayda gullab, may-iyyunda mevalaydi. Tog‗larning quyi va o‗rta qismidagi toshli va soz tuproqli 243 yonbag‗irlarda o‗sadi. Toshkent viloyati Qurama tizmasida bir necha papulyatsiyasi uchraydi.[1]. Chotqol tizmasining janubiy-g‗arbiy qismida xam o‗sishi aniqlandi. G‗arbiy Tyan-Shan okrug g`arbdan Toshkent-Mirzacho‗l okrugi bilan o‗ralgan, shimoldan, sharqdan va janubdan uning chegarasi shartli ravishda O‗zbekistonning Qozog‗iston, Qirg‗iziston va Tojikiston bilan bo‗lgan ma‗muriy chegarasiga to‗g`ri keladi. Bu chegara shimoli-g‗arbda Qorjantog‗, shimolda Talas Olatovi, sharqda Pskom tog‗larining o‗ng qismidan janubda esa Qurama, Mo‗g‗ultog‘ tog‗larining suvayirg‗ich qismlari orqali o‗tadi [10]. Qizil tog‘ hududi Chavlisoy bo‘limi, G‘arbiy Tyan-Shan okrugining G‘arbiy Chotqol rayonida joylashgan. Afsuski, o‘tgan asr oxiriga kelib antropogen omillar ta‘sirining kuchayishi natijasida ko‘plab turlar arealining qisqarib ketishi jiddiy muammolardan biriga aylanib qolmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida - lola piyozlari va gullagan o‘simliklarning betartib terib olinishi, tur areallarida chorva mollarining boqilishi, atrof-muhit degradatsiyasini sanab o‘tishimiz mumkin. O‘zbekiston Qizil kitobiga lola turkumining 19 turi kiritilgan. [9]. Floramizda tarqalgan lola turkumiga mansub noyob o‘simliklarimizni saqlab qolish va muhofaza qilish maqsadida, ularni populyatsiyalari keng tarqalgan hududlar nazorat ostiga olinmoqda. Tabiiy floraga ziyon yetkazmagan xolatda o‘simliklar kolleksiyalarini yaratishda Botanika bog‘larida turli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 1-jadval T. mogoltavica turning tarqalish koordinatalari, populyatsiyadagi generativ va yuvenil o‘simliklar miqdori № Umu Generati % Yuvenil % JPS kordinata Dengiz miy v o‗simliklar sathidan soni
Доказательный фрагмент
«Maqolada Tulipa mogoltavica turni G‗arbiy chotqol rayonining chavlisoy hududida tarqalgan populyatsiyalari, 10 m2 hududdagi o‘simliklar soni, generative va yuvenil o‘simliklarning o‘rtacha uchrash foizi hamda kamayish…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Tulipa mogoltavica turni G‗arbiy chotqol rayonining chavlisoy hududida tarqalgan populyatsiyalari, 10 m2 hududdagi o‘simliklar soni, generative va yuvenil o‘simliklarning o‘rtacha uchrash foizi hamda kamayish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pomir-Oloy, Tyan-Shan, Tulipa L., Leiostemones, Tulipa mogoltavica, flora, Qizil kitob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025