Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI “YASHILLASHTIRISH” ISTIQBOLLARI
Azimova Dilnovoz Bahrom qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ekologiyani asrashning dolzarbligi, atrof-muhitning inson hayotidagi orni va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida so’z boradi. Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar, ularning oqibatlari hamda har bir shaxsning ekologiyani asrashdagi o’rni yoritiladi. Kalit so’zlar: Ekologiya, atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, chiqindilar, barqaror rivojlanish, yashillashtirish, muqobil energiya, tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya. Kirish. Ekologiya va atrof-muhitning inson hayotidagi ahamiyati juda katta. Tabiatning bizga bergan ne’matlari, havoning tozaligi, suvning tiniqligi va yerning unumdorligi inson salomatligi va hayotining bardavomligi uchun zarurdir. Biroq, sanoatning rivojlanishi, urbanizatsiya va odamlarning no’noq munosabati tufayli atrof-muhitga katta zarar yetkazilmoqda. Bu esa nafaqat hozirgi avlod, balki kelgusi avlodlar uchun ham xavf tug’diradi. Shuning uchun ekologiyani asrab-avaylash har bir fuqaroning burchi sifatida qabul qilinishi kerak. Hozirgi zamonda ekologik muammolar har qachongidan ham dolzarbroq. Havo ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, yerning cho’llanishi va chiqindilar bilan to’ldirilishi bularning barchasi inson faoliyatining oqibatidir. Misol uchun, transport vositalaridan chiqqan gazlar havo tarkibiga zarar keltirib, turli kasalliklarga olib keladi. Qishloq xo’jaligida ishlatilayotgan kimyoviy o’g’itlar va resurslarini ifloslantiradi. Plastik chiqindilarning ko’piyishi esa dengiz hayvonlari va qushlar uchun xavf tug’diradi. Ekologiyani muhofaza qilish faqat hukumat yoki ekologik tashkilotlarning ishi emas. Har bir inson o’z xatti-harakatlari orqali ekologiyani asrashi mumkin. Chiqindilarni ajratish va qayta ishlash, energiya va suvni tejash, plastik iste’molini tabiatga katta foyda keltiradi. Bularning barchasi ekologik barqarorlikka erishish uchun muhim qadamlar hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki, iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida atrof-muhit, tabiat iqtisodiyotning asosiy elementi, omili sanaladi. Tabiat va iqtisodiyotning mukammal muvozanatlashgan o‘zaro munosabati yashil iqtisodiyot konsepsiyasida namoyon bo‘ladi. Yashil iqtisodiyot oxirgi yigirma yillik mobaynida shakllangan iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalish bo‘lib, unga ko‘ra iqtisodiyot tabiiy muhitning mustaqil bo‘lmagan komponenti hisoblanib, aynan tabiiy muhit doirasida shakllanadi va rivojlanadi. Yashil iqtisodiyotning bosh vazifasi ishlab chiqarish hamda iste’mol qilish jarayonlarini ekologik standartlarga mos tarzda o‘zgartirish (ecologization) dan iboratdir. Yashil iqtisodiyot nazariyasi quyidagi uch aksiomalar asosida qurilgan: Chegaralangan tabiiy muhitda iqtisodiy ta’sir doirasini va taraqqiyotini chegarasiz ravishda kengaytirib hamda ta’minlab bo‘lmaydi; Resurslar chegaralangan bir sharoitda doimiy o‘sib boruvchi cheksiz ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi; Yerdagi barcha holat va tizimlar (shu o‘rinda tabiiy va iqtisodiy muhit) o‘zaro bog‘liq. 96 Yashil iqtisodiyot nazariyasining bugungi kunga kelib keng yoyilishining asosiy sababi, bu mavjud ekologik muammolarning global ahamiyat kasb etayotgani hamda yashil iqtisodiyot taklif etayotgan tovar va xizmatlarning aholi ehtiyojlarini qondirish bilan bir qatorda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilganligidadir. UNEP ning yashil iqtisodiyot to‘g‘risidagi ma’ruzasida, jahon YAIM hajmining 2 foizi iqtisodiyotni yashillashtirishga sarflansa, 2011-2050 yillarda doimiy iqtisodiy o‘sish kabi uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin va eng asosiysi, bir vaqtning o‘zida iqlim sharoiti, suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolarni qisman hal etish hamda ekotizimlar yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish mumkinligi ta’kidlanadi. 1992-yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan konferensiya yashil iqtisodiyot yo‘nalishining xalqaro hamda milliy iqtisodiy tizimlar orasida keng yoyilishiga olib keldi. Ushbu konferensiyada ko‘tarilgan bosh mavzu “O‘sib borayotgan iqtisodiy taraqqiyot sharoitida atrof- muhitga ko‘rsatilayotgan zararni minimallashtirish masalasi” edi. 2012-yil aynan ushbu shaharda o‘tkazilgan “Biz istagan kelajak” shiori ostida navbatdagi konferensiyada milliy iqtisodiy tizimlarni barqaror taraqqiyot asosida modernizatsiya qilish majburiyatini yuklovchi hujjat imzolandi. Ammo, shuni alohida ta’kidlash lozimki, dunyo iqtisodiy gigantlari biri bo`lgan AQSH Iqlim o‘zgarishlari haqidagi Parij konvensiyasidan chiqib ketdi. So‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yashil iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun ko‘plab mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Misol uchun, yashil iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan bio energetika sohasiga yo‘naltirilgan jami mablag‘lar miqdori 2005-2009 yillar oralig‘ida 230 foizga o‘sdi (o‘rta hisobda 50 foiz) va 2013-yilda 320 mlrd. AQSH dollarga teng bo‘ldi. 2009-yildan hozirgi kunga qadar “Umumjahon iqtisodiy forumi” mintaqaviy iqtisodiy tizimlarni yashil iqtisodiyotga o‘tkazish uchun 750 mlrd AQSH dollari yo‘naltirdi hamda bu mablag‘larnin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ekologiyani asrashning dolzarbligi, atrof-muhitning inson hayotidagi orni va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ekologiyani asrashning dolzarbligi, atrof-muhitning inson hayotidagi orni va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, Ekologiya, muqobil energiya, chiqindilar, barqaror rivojlanish, yashillashtirish, tiklanadigan va tiklanmaydigan energiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025