К содержанию
РецензированоUZ2017

AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA VOYAGA YETMAGANLAR JINSIY DAXLSIZLIGINI MUHOFAZA QILISH MASALALARI

Murodova Aziza Mamadjon qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2017

Аннотация

Maqolada ayrim xorijiy davlatlarning qonunchiligida voyaga yetmaganlarni jinsiy tajovuzlardan himoya qilish masalalari tahlil qilinadi. Buning asosida voyaga yetmaganlarga nisbatan qarindoshlari tomonidan yoki farzandlikka oluvchilar, vasiylar, ularni tarbiyalash uchun ishonib topshirilgan shaxslar tomonidan jinsiy jinoyatlarni sodir etishga oid ichki qonunchilikni takomillashtirish zarurligi to'g'risida xulosalar beriladi. Kalit so'zlar: kriminologiya, jinsiy jinoyatlar, voyaga yetmaganlik, jabrlanuvchi, jinoiy huquqiy himoya, ijtimoiy va huquqiy himoya, oilaviy zo'ravonlik. Bola huquqlarini ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish jamiyat taraqqiyoti, uning sivilizatsiyasi darajasining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi va har qanday sivilizatsiyalashgan jamiyat o'z xavfsizligini fuqarolari uchun ta'minlashi kerak. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni himoya qilishga ustuvor ahamiyat berish kerak. Chunki ular zamonaviy hayotning turli salbiy ko'rinishlaridan yetarli darajada himoyalanmagan. Bolalarni himoya qilish nafaqat jinoiy, balki fuqarolik va oilaviy qonunlar, axloqiy tuyg'ularni tarbiyalash, muloqot madaniyatini shakllantirish, jinsiy tarbiya va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi. Lekin fuqarolarni himoya qilishning eng yuqori darajasi yosh avlodning jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazadigan shaxslarga nisbatan eng qattiq jazo choralarini qo'llash imkoniyatini beradi. Kuzatuv agentligining statistik ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya oilalarida har uchinchi jinoyat bolalarga nisbatan sodir etilgan. Og'ir va o'ta og'ir holatlar 10 foizga, jinsiy zo'ravonlik holatlari esa 15 foizga oshgan. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2017 yilda bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikning o'sishi qayd etilgan. Ota-onalar tomonidan bolalarga qarshi taxminan 20 ming jinoyat sodir etilgan. Tergov qoʻmitasi jinsiy xarakterdagi zoʻravonlik jinoyatlari boʻyicha 7011 ta jinoiy ish qoʻzgʻatgan boʻlsa, 2016-yilda jinsiy va jinsiy zo'ravonlik bilan bog'liq 5835 ta jinoiy ish qo’zg’atilgan. Mavjud holatlarning ko’payganligi jamiyatni tashvishga solmoqda. Bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi hamda chuqur jismoniy, ma’naviy va ruhiy jarohatlar voyaga yetmaganlarga yetarlicha ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa bola va o'smirning jinsiy daxlsizligi va normal jinsiy rivojlanishini buzadigan jinoyatlar xavflidir. Voyaga yetmaganlar, ayniqsa, himoyasiz voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy tajovuz xavfi ortadi. Qoida tariqasida, ular o'zlariga qilingan harakatlarning ma'nosini tushunmaydilar. Jinsiy jinoyatlarda bolalarni qurbon qilish holatlari ko'pchilik huquqshunoslar tomonidan qayd etilib kelinmoqda. Bir qator xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari ushbu sohada yetarlicha tajribaga ega. Biz jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlarini ko'rib chiqishimiz, birinchidan, bu bolalarni jinsiy zo'ravonlik, zo'ravonlik, jinsiy ekspluatatsiya va boshqa jinsiy tajovuzlardan himoya qilishga katta e’tibor beradi. Ikkinchidan, tahlil qilish ilmiy bilimlar tizimini shakllantirishga imkon beradi. 58 BMTning “Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya”sining 19-moddasida “Ishtirokchi davlatlar bolani har qanday ko'rinishdan himoya qilish uchun barcha zarur qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ta'lim choralarini hamda jismoniy va ruhiy zo'ravonlik, zo'ravonlik yoki suiiste'mollik, beparvolik yoki ekspluatatsiya, shu jumladan jinsiy zo'ravonlik, ota-onalar, qonuniy vakillar yoki bolaga g'amxo'rlik qilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan choralarni ko’radilar"1, deb belgilab qo’yilgan. Jinsiy daxlsizlik bilan bog'liq jinoyatlar voyaga yetmaganlarga hujum qilish, zo'rlashdan tashqari, voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish kabilar xorijiy davlatlarning jinoyat kodekslarida jinsiy aloqa bilan bog'li3q boshqa jinoyatlar ham nazarda tutilgan. Voyaga yetmaganlarga hujum qilish holatlari masalan Ozarbayjon Jinoyat kodeksida ham belgilab qo’yilgan.151- modda “Jinsiy xususiyatga ega harakat qilishga majburlash” 152 – moddada “O'n olti yoshga to'lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa va jinsiy harakterdagi boshqa harakatlarni amalga oshirish”.2 Xorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligi bolalarni jinsiy ekspluatatsiyadan himoya qilishga katta e’tibor beradi Shunday qilib, Shvetsiya Jinoyat kodeksi “Jinsiy aloqaga oid jinoyatlar” 6-bobining 4- moddasida o'n sakkiz yoshga to'lmagan har qanday kishi jinsiy aloqa qilgani uchun jazolanishi kerak deb belgilab qo’yilgan. 3Bu yosh turli kodekslarda turlicha o'rnatilgan: Ispaniya Jinoyat kodeksida - 12 yosh; Yaponiya Jinoyat kodeksi - 13 yosh; Xitoy Xalq Respublikasi Jinoyat kodeksi - 14 yosh, Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Bolgariya Respublikasi Jinoyat kodeksi, Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksida 15 yosh, Tojikiston Respublikasi va Gruziya Jinoyat kodeksida 16 yosh deb belgilangan. O‘zbekiston Jinoyat kodeksida o'n sakkiz yoshga to'lganlar shaxsni zo'rlashi o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qil

Доказательный фрагмент

«Maqolada ayrim xorijiy davlatlarning qonunchiligida voyaga yetmaganlarni jinsiy tajovuzlardan himoya qilish masalalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ayrim xorijiy davlatlarning qonunchiligida voyaga yetmaganlarni jinsiy tajovuzlardan himoya qilish masalalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kriminologiya, jinsiy jinoyatlar, voyaga yetmaganlik, jabrlanuvchi, jinoiy, ijtimoiy va huquqiy himoya, jinoiy huquqiy himoya, oilaviy zo'ravonlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники