Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMAXSHARIY FIQHIY QARASHLARINING XUSUSIYATLARI
S.S. Saidjalolov
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Maḥmūd Zamakhsharī is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from Movarounnahr. When the scientific, cultural and economic situation in Mā Warāʾ al-Nahr was in decline, Maḥmūd Zamakhsharī served to revive and restore science, specially in Qur’ān and fiqh sudies with selfless scientists. Ten of his works are known today, and scientific researches on these works continue without stopping. This articles mainly contributed to use Qur’ānic verses in Ru’ūs al-masā’il manuscript. Key words: Nuʿmān ibn Thābit, Maḥmūd Zamakhsharī, ibn Khallikān, Ḥājjī Khalīfah, Muḥammad ibn Idrīs ash-Shāfiʿī, Ru’ūs al-masā’il, Tāj al-tarājim, Qur’ān. Zamaxshariy yashagan davr fiqh ilmi shakllanishining so‘nggi bosqichini o‘zida namoyon etadi. Unda turli fiqhiy maktablar qaror topgan va to‘rtinchi hijriy asr fiqh ilmi shakllanishida taqlid va mazhablarga ergashishning boshlanish davrini o‘z ichiga oladi. Islom huquqida yangi bosqich yuzaga keldi, bu bosqich “Tahzib va tanqih” deb atalib, u fiqhiy masalalarni qayta ko‘rib chiqish va bir masaladagi fatvolardan haqqoniylarini tanlab olish va shu orqali fiqh sohasini yanada yaxshilashni anglatar edi. Shuningdek, mazhab ulamolari qarashlarini tahrir etish va yo‘nalishlarini aniqlash, dalillarini izlash, fatvolarni sohalarga bo‘lish va ularning orasidan tegishlilarini ajratib olishni ham bildirar edi1. Bu asrda fiqhiy mazhablar ta’limotini sharhlagan, rivojlantirgan va taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘targan bir qator faqihlar faoliyat ko‘rsatdilar. Keyingi avlodlar mazkur faqihlar merosi, fikrlari va mazhab fatvolari borasidagi qarashlaridan ta’sirlandilar. Masalan, hanafiy mazhabi faqihlarining uchinchi guruhi, ya’ni “Mazhab sohibi – Imom A’zamdan rivoyat qilinmagan masalalarda fatvo berish salohiyatiga ega mujtahidlar guruhi”ga kiruvchi - Imom Saraxsiy, shuningdek, faqihlarning beshinchi guruhi hisoblanmish “Tarjih sohiblari”, ya’ni fatvolarning qaysi biri boshqasidan ko‘ra ustunroq, haqiqatga yaqinroq ekanini aniqlay 1 Abu Zahra. Tarix al-mazahib al-fiqhiya. –Qohira: Dar al-fikr al-arabiy, 1983.-B.17. 84 oladigan mujtahidlar guruhiga mansub bo‘lgan - Imom Quduriy bilan Zamaxshariy zamondosh bo‘lgan2. Bu faqihlarning mazhab borasidagi qarashlariga hozirgacha suyanadilar va asoslanadilar. Zero, mazkur davr hanafiy mazhabi taraqqiyotida rivojlanish, atrofga tarqalish va olam bo‘ylab yoyilish bosqichi bo‘ldi. Shuningdek, bu asrda shofeiy mazhabi haqida ham yuqoridagiga o‘xshash fikrlarni bildirish mumkin. Zamaxshariy hozirgacha qarashlari mo‘tabar bo‘lgan va asos sifatida qabul qilinadigan, hali-hanuz mazhab oid fatvolarni anig‘ini ajratib olishda fikrlari e’timodga loyiq bo‘lgan shofeiy mazhabi faqihlari bilan hamasr bo‘ldi. Masalan, “Al–Muhazzib” kitobi sohibi Imom Sheroziy va “Al–Vasit” asari sohibi Imom G‘azzoliy kabilarni zikr qilish mumkin3. Bu asrda shofeiy mazhabi o‘z taraqqiyoti iroqliklar va xurosonliklar qarashlarini jamlashga bo‘lgan faol harakat bosqichini boshidan o‘tkazmoqda edi. Buning oqibatida mazhab fatvolari ikki buyuk imom Rofi’iy va Navaviy tomonidan tahrir etildi. Islom huquqi o‘z takomili yo‘lida bir qancha bosqichlardan o‘tdi. Bu bosqichlarni ijtihod darajalari orqali anglash mumkin. “Ijtihod” so‘zi lug‘atda biror maqsadga erishish yo‘lida bor imkoniyatni sarflash ma’nosini bildiradi. Ijtihodning istilohiy ma’nosi faqih o‘zining bor salohiyatini Qur’on va hadisda hukmi aniq- ravshan bayon qilinmagan masalaning yechimini topishga sarflashini anglatadi. Masalan, Qur’oni karimda savdo–sotiq haqida sanoqli oyat kelgan. Bu borada naql qilingan hadislarning soni ham ko‘p emas. Biroq oldi-sotdi masalalarga bag‘ishlangan alohida kitoblar tasnif etilgan. Yuzaga kelgan minglab savollarga javob berilgan. Yuzaga kelgan savollarga olimlarning ijtihodi orqali javob berilgan4. Ijtihod qiluvchi olimga mujtahid deyiladi. Har bir olim ham mujtahid bo‘lavermaydi. Chunki mujtahid ilmning kamida 5 ta sohasini mukammal bilishi zarur bo‘ladi: 1. Qur’oni karim oyatlarini, ularning ma’nolari, nozil bo‘lish sabablarini eng nozik jihatlarigacha yoddan bilishi. 2. Hadisi shariflarni, ularning ma’no–murodlari hamda roviylari bilan yoddan bilishi. 3. Sahoba va tobe’inlar hamda o‘zidan oldin o‘tgan mujtahid olimlar fatvolarini yaxshi bilishi. 4. Qiyos ilmini yaxshi bilishi. 5. Arab tilini mukammal bilishi. Mazkur talablar mujtahidlikning eng quyi martabasi uchun qo‘yilgan. Ba’zi manbalarda mujtahid darajasiga yetish uchun ilmning o‘n ikki xil sohasini bilish zarur deyilgan. Bunda nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar ham nazarda tutilgan. Masalan, mashhur “Hidoya” asarining tahorat kitobida inson burnidan keladigan suyuqlik ikki turga bo‘linishi, birinchi turi miyadan kelishi, ikkinchi turi ko‘krakdan kelishi, bularning qaysi biri tahoratni ketkazishi yoki ketkazmasligi to‘g‘risida bahs boradi5. Demak, mazkur masalada munozara qilgan faqihlar inson tanasida kechadigan o‘zgarishlardan, boshqacharoq ifoda etsak, bugungi kundagi anatomiya, biologiya kabi fan sohalaridan xabardor bo‘lganlar.
Доказательный фрагмент
«Maḥmūd Zamakhsharī is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from Movarounnahr.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaḥmūd Zamakhsharī is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from Movarounnahr. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nuʿmān ibn Thābit, Maḥmūd Zamakhsharī, ibn Khallikān, Ḥājjī Khalīfah, Ru’ūs al-masā’il, Muḥammad ibn Idrīs ash-Shāfiʿī, Xoji Xalifa, Qur’ān., A’lom., ibn Xalikon, Mahmud Zamaxshariy, No‘mon ibn Sobit, Tāj al-tarājim, Ruus al-masail, Toj at-tarojim, Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026