Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUL`FIDLI RUDA VA BOYITMALARNI TANLAB ERITISHGA TAYYORLASH BO`YICHA TADQIQOTLAR
BO`YICHA TADQIQOTLAR · Nurmurotova Shaxlo Oybek qizi · Nazarova Zinnura Saidaxmad qizi · Inoyatov Azizbek Alisher o`g`li
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Maqolada sulfidli rudalar va boyitmalarni gidrometallurgik qayta ishlashga tayyorlash masalalari, ya’ni flotatsion boyitmalar va keklarni suv bug’i yordamida termik ishlov berish usulida yuqori sifatli kuyindi olish masalalari ko’rib chiqilgan. Olingan kuyindi metallarni ajratib olish oson bo’ladi, chunki tanlab eritish jarayoniga to’sqinlik qiluvchi oltingugurt, mishyak va organik moddalardan tozalangan bo’ladi. Kalit so’zlar: termik ishlov berish, boyitma, oltingugurt, tanlab eritish, kuydirish, kuyindi. Hozirgi vaqtda sulfidli rudalar va boyitmalarni samarali qayta ishlash texnologiyasini tanlash dolzarb muammo hisoblanadi, bu yerda sulfidli materiallarni gidrometallurgik qayta ishlashga tayyorlash muhim rol o’ynaydi. Sulfidli rudalardan oltinni ajratib olishda asosiy muammo quyidagilardan iborat: mayda dispersli oltinning temir sulfidlari bilan qoplanganligi, bundan tashqari rudalar sorbsion faol uglerodli moddalarni (0,3% dan 1,0% gacha) o’z ichiga oladi. Flotatsiyadan keyin flotatsion boyitmadagi oltingugurt miqdori 33,0% ga, uglerod miqdori esa 2,0% ga yetadi, bu esa oltin ajratib olishni pasaytiradi. Shu bilan birga, oltinni umumiy ajratib olish 50-55% dan oshmaydi. Sul`fidli oltin rudalari va boyitmalarini qayta ishlash muammosiga juda ko’p tadqiqotlar bag’ishlangan. Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar oltinni ajratib olishning asosiy usuli sifatida sianidli jarayonni saqlab qolishni taklif qilishadi. Mazkur holatda qabul qilinadigan ko’rsatkichlar texnologik sxemalarga qo’shimcha operatsiyalarni yoki maxsus usullarni kiritish orqali erishiladi: ion almashinuvi smolalari ishtirokida yuvib chiqarish, kvarsli va boshqa ba’zi oltin rudalari va boyitmalaridan dispersli oltinni ochishdan oldin o’ta maydalash operatsiyasini qo’llash, oksidlovchi kuydirish kuyindilaridan uglerodni qo’shimcha ajratib olish uchun flotatsion tozalash operatsiyasini o’tkazish. Oltin sulfidli boyitmalarini qayta ishlashning asosiy usuli hali ham oksidlovchi kuydirish hisoblanadi, u oltin qazib olish sanoatida keng qo’llaniladi. Bunda oltin kuyindini sianlash orqali ajratib olinadi. Undagi oltingugurt va mishyak miqdorini minimal darajada kamaytirish uchun yuqori sifatli kuyindi olishda qaynar qatlamli pechda ikki bosqichli kuydirish taklif etiladi. Birinchi bosqichda (500-550°C) mishyak bug’lanadi, ikkinchi bosqichda (650-700°C) esa oltingugurt bug’lanadi. Oksidlovchi kuydirish jarayonida oltin-mishyakli sulfidli boyitmalardan mishyakning to’liq chiqarib yuborilmasligi jarayonning asosiy kamchiligi hisoblanadi, chunki uchuvchan bo’lmagan temir arsenati birikmasi hosil bo’ladi, shuningdek oltin zarrachalarini passivlashtiruvchi oson eriydigan moddalar paydo bo’ladi. Bundan tashqari, havoni zaharli gazlar bilan ifloslanishi va chang hosil bo’lishi tufayli oltin yo’qotilishi mumkin. Avtoklavda sulfidlar tarkibidagi oltinni ochish imkoniyati o’rganildi [3-6]. Kislorod ishtirokida yuqori harorat va bosimda arsenopiritning oksidlanishi kislotali hamda ishqoriy muhitlarda sodir bo’ladi. Ishqoriy muhitda arsenopiritning oksidlanishi mishyak va 19 oltingugurtning to’liq eritmaga o’tish bilan boradi. Kislotali muhitda esa mishyak dastlab mishyak kislotasi ko’rinishida eritmaga o’tadi, keyin esa temir arsenati shaklida cho’kadi. Shuni ta’kidlash kerakki, yaxshi texnologik ko’rsatkichlariga qaramay, yuqorida usul bo’yicha oltin boyitmalarini qayta ishlash yuqori harorat va bosimda (50 atm gacha) ishlaydigan murakkab va qimmat avtoklavlardan foydalanish bilan bog’liq. Yuqorida sanab o’tilgan usullar turli kamchiliklarga ega bo’lgani sababli ishlab chiqarishga joriy etilmagan. Shu munosabat bilan sulfidli rudalar va boyitmalarni suv bug`i ishtirokida termik ishlov berish va keyinchalik kuyindini tanlab eritish usuli bilan qayta ishlash imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. Dastlabki materiallar va suv bug`i ishtirokida termik ishlov berilgan materiallarni sianlashda nodir metallarning ajratib olish darajasini solishtirish jarayonni yuqori samaradorligini ko’rsatadi. Suv bug`i ishtirokida termik ishlov berish mahsulotini sianlashda oltin va kumushning ajratib olish darajasi 92% dan oshadi. Suv bug`i ishtirokida termik ishlov berish jarayonida metall birikmalari suv bug’lari bilan kislorod va oltingugurt angidridi ishtirokida quyidagi reaksiyalar bo’yicha o’zaro ta’sir qiladi: 2As₂S₃ + 3H₂O + 4,5O₂ = 2As₂O₃ + 3H₂S + 3SO₂ (1) 4As + 3SO₂ = As₂O₃ + 3S (2) (sub) 2As₂S₃ + 3SO₂ = 2As₂O₃ + 9S (3) (bug`) Bundan tashqari, rux keklarini suv bug`i ishtirokida termik ishlov berish va keyinchalik kuyindini sulfat kislotasi bilan tanlab eritish usuli bilan qayta ishlash imkoniyatlari o’rganildi. Rux keki murakkab tarkibga ega va 20 dan ortiq kimyoviy elementlarni o’z ichiga oladi, unda rux ferrit va boshqa erimaydigan birikmalar ko’rinishida mavjud. Rux bilan birga yuvib chiqarishdan keyin qoldiqqa deyarli butunlay qo’rg’oshin, oltin, kumush, shuningdek 50-60% gacha mis va 30% kadmiy o’tadi. Mineralogik tahlil shuni aniqladiki, keklarda r
Доказательный фрагмент
«Maqolada sulfidli rudalar va boyitmalarni gidrometallurgik qayta ishlashga tayyorlash masalalari, ya’ni flotatsion boyitmalar va keklarni suv bug’i yordamida termik ishlov berish usulida yuqori sifatli kuyindi olish m…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada sulfidli rudalar va boyitmalarni gidrometallurgik qayta ishlashga tayyorlash masalalari, ya’ni flotatsion boyitmalar va keklarni suv bug’i yordamida termik ishlov berish usulida yuqori sifatli kuyindi olish m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- boyitma, kuydirish, oltingugurt, tanlab eritish, kuyindi., termik ishlov berish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026