Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
O'QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHGA TEXNOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BADIIY ASARLARNI O'QITISH YO'LLARI
Ergasheva Shoxida Nurmuxammadovna
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
In this article, the effective and successful organization of the reading process in elementary grades is not only the formation and development of reading skills in students, but also the existence of certain pedagogical and psychological conditions and the ways of teaching works of art based on the technological approach to the organization of reading lessons. the word goes. Key words: reading, game activity, toy, text, artwork, characters, artistic perception and imagination. Bolalaming kitob bilan muloqoti uni oʻqishda koʻrinadi. Mohiyatan oʻqish “ijtimoiy ahamiyatli axborotlar, kasbiy va kundalik faoliyatni tashkil etishda zarur boʻlgan bilimlar, avval va hozirda madaniy jihatdan qadrli boʻlgan tarixiy hamda zamonaviy voqealar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻzlashtirishning muhim usuli”dir. Pedagogik manbalarda oʻquvchilar, ayniqsa, boshlangʻich sinf oʻquvchilari tomonidan tashkil etiladigan faoliyatning asosiy turlari oʻyin, mehnat va oʻqish ekanligi qayd etib oʻtiIadi. Oʻyin faoliyati ixtiyoriylikka asoslanib, oʻquvchilar tomonidan borliqni anglash, amaliy harakatlarni tashkil etish koʻnikma, malakalarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi. Mehnat va oʻqish faoliyatlari majburiylik xususiyatiga ega. Ular orqali oʻquvchilar mehnat va oʻqish (ta’lim olish)ni ijtimoiy zaruriyat ekanligini anglaydi, muayyan turdagi mehnat faoliyatini bajarishga oid koʻnikma va malakalarni oʻzlashtiradi, uni tashkil etish jarayonida ijobiy fazilatlar - mehnatsevarlik, tartiblilik, intizom, oʻzgalarning mehnati hamda mehnat mahsulotlariga ijobiy munosabatda boʻlish, ularni asrash, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish, oʻz xatti-harakatlari uchun javobgarlik, mas’uliyat kabilarni oʻzlashtirib boradi. Garchi oʻqish boshlang`ich sinf oʻquvchilarining faoliyatida oʻyin va mehnat kabi asosiy oʻrinni egallasa ham ushbu jarayonni 57 ` tashkil etish oʻz-oʻzidan roʻy bermaydi. Boshlangʻich sinflarda oʻqish jarayonini samarali, muvaffaqiyatli tashkil etish oʻquvchilarda kitobxonlik koʻnikmalarini nafaqat shakllantirish, shu bilan birga rivojlantirish muayyan pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning mavjudligi, ularning individual-shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish orqali ta’minlanadi. Quyida boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kitobxonlik koʻnikmalarini rivojlantirishning pedagogik- psixologik mohiyati toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. “Mutolaa” (“kitob oʻqish”) tushunchasi arab tilidan tarjima qilinganda “diqqat bilan oʻqish”, “oʻrganish” ma’nolarini anglatadi. Nazariy jihatdan ushbu tushuncha “diqqat bilan oʻqish, oʻqib tushunib olish”ni anglatadi. Shuni unutmaslik zarurki, kitob oʻqish – boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun mashaqqatli mehnat sanaladi. V.A. Suxomlinskiy1 ning fikricha, “kitob oʻqish aqlli, fikrlovchi tarbiyachi uchun bolaning yuragiga yoʻ1 topishga yordam beradigan soʻqmoq yoʻlga oʻxshaydi” Soʻqmoq yoʻldan yurish esa har doim ham oson kechmaydi. Shu sababli bu jarayonni asta-sekin, biroq, izchil tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Psixologlaming fikriga koʻra, bolalaming aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik kamol topishida ikki muhim davr koʻzga tashlanadi: a) 2 yoshdan 5 yoshgacha bolgan davr. b) 5 yosh va undan keyingi davr. Mazkur davrlar oʻzida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi. Yosh davrlari 2 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan davr 5 yosh va undan keyingi davr. Bola oʻz ongi yordamida san’atni hayotdan ajrata olmaydi, shuning uchun badiiy asarlarga ham oʻyinchoqqa yondashgan singari munosabatda boʻladi yoki hayotning aynan oʻzi aks etadi, deb hisoblaydi; san’atni esa xuddi qiziqarli oʻyin kabi qabul qiladi Bolaning oʻzi mustaqil ravishda hayotni san’atdan farqlay boshlaydi va san’at uning uchun qadrli boʻlib boradi. Oʻzining asar matnida bayon qilingan voqealar toʻgʻrisidagi tasavvurlarida bola hech qachon badiiy asar chegaralaridan chiqmaydi, bayon etilayotgan voqealarni real joy yoki vaqt bilan bog`lamaydi, voqealikni oʻzicha oʻzgartiradi, unga yangi personajlar yoki boshqa asarlardagi badiiy qahramonlarni qoʻshadi. Bola badiiy asarni boshqacha fikrlar, tuygʻular va tasavvurga ega begona kishi tomonidan yaratilgan, “oʻzga” dunyoning aksi sifatida qabul qila boshlaydi. Oʻqishni bilish va axborot olish faoliyatining koʻrinishi sifatida shaxs shakllanishining tarkibiy tuzilmasida alohida oʻrin tutadi. Binobarin, u fikriy faoliyatni shakllantiradi, ahamiyatli darajada turli ijtimoiy sharoitlar, masalan, ta’lim va yosh xususiyatlariga bogʻliq holda bilimlarni egallash darajasi boʻlgan rivojlanish, ta’lim va tarbiyaning, shuningdek, madaniy tajribaning asosi sanaladi. Bu oʻrinda mashhur pedagog V.A.Suxomlinskiy kitob oʻqitishning ahamiyati haqida soʻz yuritar ekan, quyidagilarni yozadi: “Kitob bolalarning ma’naviy hayotida katta rol oʻynaydi, faqat qachonki, bola yaxshi oʻqiy olsa. “Yaxshi oʻqish” deganda nima tushuniladi? Bu avvalo, eng oddiy koʻnikma oʻqish texnikasini oʻzlashtira olishdir”. Darhaqiqat, mutolaa kitobxon shaxsini shakllantirishning muhim asosi boʻlib, u muayyan koʻnikma, malaka va tajribaga ega b
Доказательный фрагмент
«In this article, the effective and successful organization of the reading process in elementary grades is not only the formation and development of reading skills in students, but also the existence of certain pedagog…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the effective and successful organization of the reading process in elementary grades is not only the formation and development of reading skills in students, but also the existence of certain pedagog… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reading, game activity, toy, text, artwork, characters, artistic perception and, текст, художественное восприятие и воображение., игровая деятельность, artistic perception and imagination., badiiy qahramonlar, asar matni, mutolaa, чтение, badiiy idrok va tasavvur., badiiy asar, oʻyinchoq, игрушка, произведение искусства, oʻyin faoliyati, персонажи
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаMamayusupova S.M., Senior Lecturer +12025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021