К содержанию
РецензированоUZ2026

MADANIYATLARARO TAFOVUTLAR VA TIL O‘RGANISHDAGI QIYINCHILIKLAR: O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · VA PARADIKMATIKA (in-academy.uz/index.php/si) · Bekmurzayeva Mahfuza (in-academy.uz/index.php/si) · Shaydullayeva Sevinch (in-academy.uz/index.php/si) · Tursunova Diyora (in-academy.uz/index.php/si) · Mengturdiyeva Aziza (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada til birliklari o‘rtasidagi sintagmatik va paradikmatik munosabatlar tahlil qilingan. Sintagmatik munosabatlar so‘zlarning gapdagi joylashuvi va ularning bir-biriga bog‘lanishini ifodalaydi, paradikmatik munosabatlar esa so‘zlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘rin almashtirishni, ya'ni leksik tanlovni anglatadi. Maqolada sintagmatik va paradikmatik munosabatlarning tilshunoslikdagi o‘rni, ularning semantik va grammatik tizimdagi roli, shuningdek, o‘zbek va ingliz tillaridagi misollar bilan taqqoslanadi. Til o‘rganishda ushbu munosabatlarni tushunish tilning grammatik va semantik tuzilmasini yaxshiroq anglashga yordam beradi. Keywords: Sintagmatik munosabatlar, paradikmatik munosabatlar, tilshunoslik, grammatika, sintaksis, semantika, leksik tanlov, til tuzilishi, o‘zbek tili, ingliz tili.  INTRODUCTION Tilshunoslikda til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar til tizimining asosiy jihatlarini tashkil etadi. Har bir til bir-biriga bog‘langan va bir-birini to‘ldiruvchi elementlardan iborat bo‘lib, bu elementlarning o‘zaro aloqalari tilning grammatik va semantik tuzilmasini shakllantiradi. Til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar ikki asosiy turga bo‘linadi: sintagmatik va paradikmatik. Sintagmatika til birliklarining ketma-ket joylashuvi va ularning o‘zaro grammatik bog‘lanishini ifodalaydi. Bu munosabatlar so‘zlarning bir-biri bilan qanday bog‘lanishiga, ularga berilgan vazifalarga va gap tuzilmasiga ta’sir qiladi. Sintagmatik munosabatlar so‘zlarning joylashish tartibi va ularning sintaktik aloqalariga asoslanadi. Masalan, o‘zbek tilida "Men kitobni o‘qidim" degan jumlada so‘zlar ma’lum bir tartibda joylashgan va ularning har biri o‘zining grammatik vazifasini bajaradi. Paradikmatika esa til birliklarining o‘rnini almashtirish, ya’ni bir so‘zni boshqa so‘z bilan almashtirishni anglatadi. Paradikmatik munosabatlar til birliklarining leksik tanloviga asoslanadi va ular so‘zlarning o‘zaro o‘rnini almashtirish imkonini beradi. Misol uchun, o‘zbek tilida "kitob" va "gazeta" so‘zlari o‘rtasida paradigmik munosabatlar mavjud. Bu so‘zlarni o‘rin almashtirish orqali gapning umumiy ma’nosi o‘zgarmasdan, lekin ma’lumotlar farq qiladi. Bu ikkita munosabat turi tilning grammatik va semantik tuzilishini tashkil etishda muhim rol 100 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si o‘ynaydi. Sintagmatik munosabatlar gap tuzishda, tilning sintaktik tuzilmasini aniqlashda, paradikmatik munosabatlar esa tilning leksik boyligini va semantik rang-barangligini yaratishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada sintagmatik va paradikmatik munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari, ularning o‘zaro aloqalari va til o‘rganishdagi ahamiyati o‘rganiladi. Mazkur mavzu o‘zbek va ingliz tillari misolida ko‘rib chiqiladi, chunki bu tillardagi sintagmatik va paradikmatik munosabatlar o‘xshash va farqli jihatlarni o‘zida aks ettiradi, bu esa tilshunoslikdagi qiziqarli va dolzarb masala bo‘lib qoladi.  METHODS Ushbu maqolada sintagmatik va paradikmatik munosabatlar o‘rtasidagi farqlar va o‘xshashliklarni tahlil qilish uchun ikkita asosiy metodologik yondashuv qo‘llanildi: kvalitatif tahlil va taqqoslash. O‘zbek va ingliz tillaridagi sintagmatik va paradikmatik munosabatlar o‘rganilib, ularda uchraydigan farqlar va o‘xshashliklar aniqlashga qaratilgan. 1. Materiallar tanlovi: Maqolada tahlil qilinadigan material sifatida o‘zbek va ingliz tillaridan olingan turli grammatik va leksik tuzilmalar tanlandi. Bular orasida so‘z birikmalari, gaplar, frazeologik birikmalar, va o‘rnak so‘zlar mavjud. Misollar tilshunoslarning ilgari o‘tkazgan tadqiqotlaridan, shu jumladan, o‘zbek va ingliz tillarining grammatik kitoblari va leksik lug‘atlaridan olingan. 2. Sintagmatik munosabatlar tahlili:  Sintagmatik munosabatlar tilning sintaktik tuzilmasiga asoslangan bo‘lib, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish tartibini o‘rganish orqali amalga oshirildi. Har bir tillarda so‘zlarning qanday ketma-ket joylashuvi va ularning o‘zaro bog‘lanishidagi grammatik aloqalar tahlil qilindi.  Misollar orqali so‘zlarning qanday qilib bir-biriga bog‘lanib, grammatik funksiyalarni bajarishini ko‘rsatdik. O‘zbek va ingliz tillarida sintagmatik munosabatlarni tasvirlovchi misollar keltirildi va bu misollar grammatik tizimning to‘g‘ri ishlashiga ta’sirini ko‘rsatdi. 3. Paradikmatik munosabatlar tahlili:  Paradikmatik munosabatlar leksik tanlovga asoslanadi va so‘zlarning o‘rnini almashtirishga qaratilgan. Ushbu bo‘limda so‘zlarning o‘rnini almashtirish va ularning semantik o‘zgarishini tahlil qilishga e’tibor qaratildi. Paradikmatik munosabatlar misollarida o‘zbek va ingliz tillarida bir xil ma’noni beruvchi leksik birliklar o‘rin almashtirilgani holda, gaplarning semantik ma’nosi saqlanib qoladi.  Tahlil jarayonida paradikmatik munosabatlar tilning leksik boyligini va ma’no rang- barangligini shakllantirishi ko‘rsatilgan. 4. Taqqoslash:  O‘zbek va ingliz tillaridagi sintagmatik va paradikmatik munosabatlar taqqoslandi. Bu tillarda bu munosabatlarning qanday o

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada til birliklari o‘rtasidagi sintagmatik va paradikmatik munosabatlar tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada til birliklari o‘rtasidagi sintagmatik va paradikmatik munosabatlar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sintagmatik munosabatlar, paradikmatik munosabatlar, tilshunoslik, Lingvistik xususiyatlar, Madaniy kontekst, Madaniy qadriyatlar, Til o‘rganuvchilar qiyinchiliklari, Madaniyatlararo tafovutlar Til o‘rganish, Til va madaniyat o‘zaro ta’siri., O‘zbek tiliIngliz tili, Madaniyatlararo muloqot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники