Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARNI KASB HUNAR TANLASHDA PSIXOLOGIK YORDAM
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abduraxmanova Sevdo Ubaydullayevna (in-academy.uz/index.php/si) · Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasb-hunar tanlash jarayonida psixologik yordamning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilar o‘z qobiliyatlari, qiziqishlari va shaxsiy xususiyatlariga mos keladigan kasbni tanlashda ko‘plab muammolarga duch keladilar. Psixologik yordam, bu jarayonda ularning qaror qabul qilishiga va o‘z yo‘nalishlarini aniqlashlariga yordam beradi. Kalit so‘zlar: Kasb-hunar tanlash, Psixologik yordam, O‘quvchilar, Qobiliyat, Qiziqish, Shaxsiy xususiyatlar. Hozirgi kunda maktablarda tashkil etilayotgan kasbga yo‘naltirish ishlari o‘quvchilarning jamiyatimizda o‘z o‘rnini topishlariga katta yordam bеradi. Bu jarayonda mintaqaviy kasblarni targ’ib qilish bilan birgalikda, o‘quvchilarga kasblar to‘g’risida ma’lumot bеrish, konsultatsiyalar o‘tkazishga yordam bеradi. Shu bilan birgalikda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ta’lim muassasalarida psixologlarning, maktab pеdagogik jamoasining vazifalarini, kasbga yo‘naltirish tadbirlarini amalga oshirishda ham katta ahamiyat o‘ynaydi. Yoshlarga ta’lim –tarbiya beruvchi o‘qituvchi, ustoz, murabbiy, xodim, mutaxassis, rahbar nafaqat bilimdon, balki eng avvalo, yuksak insoniy sifatlar sohibi bo‘lishi lozim. Darhaqiqat o‘quvchi yoshlarning fanga qiziqishi yoki kasb-hunar tanlashni, uni o‘rnganish, malakali mutaxasis bo‘lib yetishishiga talim-tarbiya beruvchilarning ma’lakali mutaxasis bo‘lib yetishida ta’lim-tarbiya beruvchilarning ma’naviyati, axloqiy fazilati bilimda maxorati mehnat sevarligi fidoiyligi bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy- madaniy kamoloti muhim ahamatga ega. Shuningdek ularning kasb madaniyati ham alohida o‘rin tutadi. Zero mutaxassis xodimning maxorati yoki kasb madanyati qanchalik yuksak bo‘lsa, uning faoliyati shunchalik samarali bo‘ladi. Kasb-hunar tanlash - bu har bir shaxs uchun muhim va mas'uliyatli jarayon. O‘quvchilar o‘z kelajaklarini belgilovchi kasbni tanlashda ko‘plab omillarni hisobga olishlari lozim. Ushbu jarayonda psixologik yordamning roli katta bo‘lib, u o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini aniqlashda, shuningdek, qaror qabul qilishda qo‘llaniladi. O‘quvchilarning kasb-hunar tanlashidagi muammolar ko‘p hollarda ularning psixologik holati bilan bog'liq. O‘z-o‘zini anglash, stressni boshqarish va qaror qabul qilish qobiliyati kabi psixologik jihatlar o‘quvchilarning muvaffaqiyatli kasb tanlashida muhim rol o‘ynaydi. Psixologik yordam ko‘rsatish dasturlari, maslahatlar va individual seanslar orqali o‘quvchilarga kasb-hunar tanlash jarayonida yordam berish mumkin. O‘z qobiliyatlarini aniqlash va qiziqishlarini rivojlantirish orqali o‘quvchilar o‘zlariga mos keladigan kasblarni topa olishadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, psixologik yordamga murojaat qilgan o‘quvchilarning kasb tanlashdagi muvaffaqiyati ancha yuqori bo‘ladi. 60 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Kasb tanlash faоliyatini оqilоna tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi sохa mutaхassislariga muхtоjligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o‘quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiliqishi, imkоniyati, aqliy va jismоniy qоbiliyatlariga qarab,hamda u yoki bu kasbga yarоqliligini aniqlab, so‘ngra kasbga yo‘llash kеrak. Kasbga yo‘naltirish - bu ilmiy asoslangan va o‘zini kasbini jamiyat ehtiyojlari sifatida,shuningdek, o‘zini qiziqish va qobiliyatlarini xisobga olib, turg`un kasb tanlash uchun xayotga kirayotgan yoshlarga yordam beradigan psixolog-pedagog, tibbiyot va davlat tadbirlari tizimidir. Bu tadbirlar jamiyat va shaxs qiziqishlarini umumlashtiradi. Kasbga yo‘naltirish tizimi xar bir o‘zining vazifalariga va yechish metodlariga ega bo‘lgan tizimlar va boshqichlardan iboratdir. Butunligicha u maktab imkoniyati va vazifalari chegarasidan chiqib ketadi, umumdavlat tadbirlariga aylanib, qator boshqa ishtirokchilarning qo‘shilishini talab qiladi. Bular kasb-xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa tizimi, kasbga yo‘naltirish shaxs uchun idividual, shuningdek, jamiyat uchun ahamiyatga egadir. Bizning qobiliyatimizning aniq bir kasbga adashib tushishi tez-tez shaxsiy muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Ammo bu xatolardan shaxsning o‘zi, oilasi qiynaladi, shuningdek, butun jamiyat xam qiynaladi. Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda faoliyat masalasi muhim masala xisoblanadi. Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo‘nalishda xarakat qilishga undaydigan extiyojlar shaxsning faolligi manbai bo‘lib xisoblanadi. Xulosa: O‘quvchilarning kasb-hunar tanlash jarayonida psixologik yordam muhim ahamiyatga ega. Ular o‘z imkoniyatlarini to‘g'ri baholash, qiziqishlarini aniqlash va qaror qabul qilishda yordam olishlari zarur. Psixologik yordam orqali o‘quvchilar o‘z kelajaklarini muvaffaqiyatli rejalashtirishlari mumkin. O‘quvchilarni kasb-hunar tanlash jarayonida psixologik yordamning ahamiyati juda katta. Ushbu yordam o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlari, qiziqishlari va shaxsiy xususiyatlarini aniqlashda, shuningdek, kelajakdagi kasblarini tanlashda to‘g'ri
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasb-hunar tanlash jarayonida psixologik yordamning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘quvchilarni kasb-hunar tanlash jarayonida psixologik yordamning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Shaxsiy xususiyatlar., Kasb-hunar tanlash, Qobiliyat, Qiziqish, O‘quvchilar, Psixologik yordam
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Развитие и инновации в наукеАбдусодиқов Маруфжон, Мамаражабов Беҳруз1945
Лучшие интеллектуальные исследованияOSHIRISH YO’LLARI, Sadikov Shoxrux Shuxratovich – +12025