Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Oliy ta‘lim muassalarida ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish
Kobilova Goʻzal Ilhomovna, katta o‘qituvchi · Kushbakova Dinara Bahodir qizi, talaba
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2006
Аннотация
Ushbu maqola oliy ta‘lim muassalarida talabalarga Prezident qarorlari bilan yanada ko‘proq dars davomida tanishtirib o‘tilishi maqsadga muvofiqligi ko‘zda tutilgan. Kalit soʻzlar: oziq-ovqat, o‘qituvchi, talaba, pedagog, ta‘lim, tarbiya. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta‘minlashga doir chora tadbirlar to‘g‘risida 2020-yil 9-sentyabrdagi PQ-4821-son qarorining ijrosini ta‘minlash hamda oziq-ovqat sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Maxkamasi qaror qabul qildi. Qaror bilan bir qatorda qishloq xo‘jalik Vazirligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi alkagol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 20 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazib berildi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishni tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash mumkinligi ta‘kidlandi[2]. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash hamda yangi loyihalarni yaratish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarni yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiyalar mazkur loyihalar to‘liq ishga tushirilib tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilgandan so‘ng ajratilishi ko‘zda tutilgan. Vazirlik jumladan, meva-sabzavot, go‘sht-sut va boshqa qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlaydigan hamda realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratmoqda. SHuningdek 2021-yil 1-yanvarga qadar respublikada qishlok xo‘jaligi oziq-ovqat maxsulotlariga mavjud ichki talabni hisobga olgan holda, 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan sanoatbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni kengaytirish dasturi amalga oshirmoqda. 2021-yil martga qadar meva-sabzavot, go‘sht-sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni jadal rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash belgilangan[2]. Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur‘atda rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyalarning salmog‘i oshayotgan bir davrda o‘qituvchi pedagogik mahoratini 85 takomillashtirish muhim axamiyat kasb yetadi. Agar ilgari fanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyib 15 yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblanadigan bo‘lsa, hozir har yili, har oyda fan texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratmoqda. Pedagog faqat o‘z fani bo‘yicha emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan sohadagi bilimlarni ham o‘zlashtirishi, shuning uchun hozirgi kundagi deyarli barcha yangiliklarni bilishi talab etiladi. Barcha kasblar orasida o‘qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero o‘qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me‘mori, ya‘ni yoshlarga ta‘lim- tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarning g‘oyaviy, siyosiy jihatdan chiniktirib, tabiat, jamiyat, ijtimoiy xayot, tafakkur tarakkiyoti konuniyatlarini o‘rgatadi. Yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-xunar sirlarini puxta egallashlarida ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu ma‘suliyat o‘qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishini, talabalarga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatib ularning qiziqishi, qobiliyati, iste‘dodi, e‘tiqodi va amaliy ko‘nikmalarni har tomonlama rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. Buning uchun doimo o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko‘nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g‘amxurlik qilish, shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy metodik hamda texnik yordam ko‘rsatish, o‘qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko‘maklashish lozim. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan ta‘lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o‘qituvchilar hisoblanadi. O‘qituvchilik kasbi ham murakkab ham ma‘suliyatli xamda mashaqqatli kasb hisoblanadi. Bu kasbsiz hayotni tassavur qilish ham qiyin. O‘qituvchilik kasbi bor ekan hayotimiz mukammallashib boraveradi va hayotta har bir inson o‘z o‘rnini topadi va yuksaklikka erishadi. O‘quvchilarga bilim berish ularning eng asosiy vazifasi hisoblanadi[3]. Ishlab chiqarish, qayta ishlash va aholiga sifatli mahsulotlarni yetkazib berish, yangi navlarni yaratish, kam xarajat, texnika va texnologiyalar yaratish esa biz yoshlarn
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola oliy ta‘lim muassalarida talabalarga Prezident qarorlari bilan yanada ko‘proq dars davomida tanishtirib o‘tilishi maqsadga muvofiqligi ko‘zda tutilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola oliy ta‘lim muassalarida talabalarga Prezident qarorlari bilan yanada ko‘proq dars davomida tanishtirib o‘tilishi maqsadga muvofiqligi ko‘zda tutilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta‘lim va tarbiya, o‘qituvchi, talaba, ta‘lim, pedagog, oziq-ovqat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026