К содержанию
РецензированоUZ2019

Zamonaviy texnologiyalarni kutubxona faoliyatiga tadbiq qilish

Tojiyev Alisher Hasan o‗g‗li

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2019

Аннотация

Bugungi kunda intellektual tizimlarni kutubxonalarda joriy qilish va foydalanish kutubxona sohasini yangi bosqichga olib chiqadi. Tizim yordamida ma‘lumotlarini to‗plash, saqlash, nazorat qilish va tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali kutubxonalarda o‗qilayotgan kitoblar, janrlar, yozuvchi va shoirlarga bo‗lgan talab, talabalarning qiziqishlari haqidagi dolzarb axborotlarga ega bo‗lish, talabalarni o‗qishi, qiziqishi, faolligi, dunyoqarashi kabi muhim ko‗rsatkichlar bo‗yicha turli guruhlarga ajratish, xulosalar chiqarish imkoniyati paydo bo‗ladi. Kalit so‗zlar: texnologiya, kutubxona, axborot, statistika, tizim. Bugungi kunga kelib ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy-madaniy sohalarda tub o‗zgarishlar jarayoni har qachongidan ham jadallashgan. Kundan-kunga axborot kommunikatsiya texnologiyalarining hayotimizdagi roli oshib bormoqda. Mamlakatimizda ulkan yuksalishlar qatorida kutubxona tizimi xalqaro standartlar asosida rivojlanib, tizim faoliyati takomillashayotganiga guvoh bo‗lmoqdamiz. Kundalik turmushimizda deyarli barcha sohalarda ma‘lumotlar bilan ishlaymiz. Ma‘lumotlarni to‗plash, saqlash va uzatishda axborot tizimi orqali katta natijalarga erisha olamiz. Ushbu tizimning vazifasi inson ro‗lisiz ma‘lumotlarni tahlil qilishdan iborat[5]. Zamonaviy texnologiyalar yordamida kutubxona sohasini yangi bosqichga olib chiqish mumkin. Kutubxona faoliyati kitobxon va kutubxona xodimi o‗rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Ushbu faoliyatni tizimlashtirish vositasi yordamida to‗plab boriladigan ma‘lumotlarni tahlil qilish orqali kutubxona faoliyati va kitobxonlarga turli xil xulosalar berish mumkin[3]. Shunday ekan shu va shu kabi zamonaviy tizimlar yaratish, hayotga tadbiq qilish dolzarb masalalarga aylandi[1]. Ushbu intellektual tizim yordamida kutubxonada kitoblarni joylashtirish va undan qidirish tizimi kutubxonalarda kitoblar bilan ishlashda ma‘lumotlarni to‗plash, saqlash, nazorat qilish va tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali kutubxonalarda o‗qilayotgan kitoblar, janrlar, yozuvchi va shoirlarga bo‗lgan talab, kitobxonlarning qiziqishlari haqidagi dolzarb axborotlarga ega bo‗lish, kitobxonlarni o‗qishi, qiziqishi, faolligi, dunyoqarashi kabi 209 muhim ko‗rsatkichlar bo‗yicha turli guruhlarga ajratish, xulosalar chiqarish imkoniyati paydo bo‗ladi[2]. Ushbu tizim asosiy vazifasini bajaruvchi bo‗lim 2 ta qismdan iborat: 1.KITOBXON 2.KITOB Kitobxon kim bo‘lish mumkin? Kitobxon har qanday shaxs, ya‘ni kitob o‗qish xohishida bo‗lgan va kitobni qaytarib berish javobgarligini olgan fuqaro. Kitobxonlar uchun kutubxona tomonidan berilgan maxsus ID karta yordamida kamera bilan skanerlash orqali bazadan qidirib topiladi. Bunday qidiruv tizimi vaqtni ancha tejaydi. Ushbu qidirish algoritmi ma‘lumotlar bazasining maxsus so‗rovlari yordamida berilgan. Kitobxon qidirib topilganda unda qanday kitoblar borligi va oldin qanday kitoblardan foydalanganligi ko‗rinib turadi(1-rasm). 1-rasm. Kitobxon bo‗limi Demak hozirda kitobxonimizda ―O‗zbekiston Res…‖ nomli kitob bor ekan. Agar kitobxonda yana kitob olish istagi bo‗lsa KITOB qismidan kitob qidirib topiladi va sichqoncha yordamida tanlab ―Kitobxonga berish‖ tugmasi bosiladi(2-rasm). 2-rasm. Kitob bo‗limi Tugma bosilsa kitob kitobxon kitoblari ro‗yxatiga qo‗shiladi. Kitobxonga kitob berilgan sanasi, vaqti kabi ma‘lumotlarni avtomatik tizimni o‗zi yozadi, bu tizimning yana bir qulayligi hisoblanadi. Umuman olganda bu kabi amallar kutubxona xodimi uchun sodda ish muhitini yaratadi. Kitobxonning to shu kungacha foydalangan kitoblar ro‗yxatini ham ko‗rish imkoniyati mavjud. Buning uchun ―Arxiv‖ tugmachasini bosish kifoya. ―Joriy kitoblar‖ tugmasi orqali yana ayni vaqtdagi kitoblar ro‗yxatini ko‗rish mumkin (3-rasm). 210 3-rasm. Kitobxon arxividagi kitoblar Tizmining yana bir asosiy vazifasini bajaruvchi Statistika bo‗limini ko‗rib chiqamiz. Tizim quyidagicha statistikalarni taklif qila oladi: 1.Kitobxonlar statistikasi 2.Kitoblar statistikasi 3.Muallif statistikasi 4.Janr bo‗yicha statistika 5.Nashriyot statistikasi Bu statistika nima uchun kerak? Nima vazifa bajaradi? Qachon kerak bo‗ladi? Bu statistika yillar mobaynida to‗plangan ma‘lumotlarni tahlil qilish uchun juda muhim. Ma‘lumotlar to‘plamini qayta ishlab ma‘lum bir qoidalar asosida tartibga solish bilan statistik ma‘lumotlar shakliga o‗tkazamiz (4-rasm). 4-rasm. Statistika Ushbu jadvaldan ko‗rinib turibdiki o‗qigan yoki foydalangan kitoblar soniga qarab saralangan. Yoki aksincha holatda ham saralsh imkoniyati mavzud. Bu ikki holat nima uchun kerak? Kitobxonlik tanlovini o‗tkazish maqsadida ko‗rsatkichi yuqori kitobxonni tanlash maqsadga muvofiq. Ko‗rsatkich past bo‗lgan kitobxonni kutubxonaga yanada jalb qilish, qiziqtirish yordamida turli xil tanlovlar o‗tkazib kutubxona reytingini oshirish mumkin. Bu o‗z navbatida kutubxonalar o‗rtasida raqobatni yuzaga keltiradi. Hech birimizga sir emaski qayerda raqobat bo‗lsa o‗sha joyda rivojlanish, o‗sish bo‗ladi. Bu kabi fikrlar allaqachon o‗z tasdi

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda intellektual tizimlarni kutubxonalarda joriy qilish va foydalanish kutubxona sohasini yangi bosqichga olib chiqadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda intellektual tizimlarni kutubxonalarda joriy qilish va foydalanish kutubxona sohasini yangi bosqichga olib chiqadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kutubxona, tizim, axborot, texnologiya, statistika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники