К содержанию
РецензированоUZ2026

QORAQALPOQ SUR QORAKO‘L QO‘YLARI HAYOTCHANLIGINING BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA TIRIK VAZNGA BOG‘LIQLIGI

Hamroqulov Behzod Eshtemir o‘g‘li

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

The article presents the relationship between the vitality of Karakalpak sur karakul sheep and biologically active substances. Key words: karakul sheeps, vitality, live weight, reproductive, albumin, globulin, AST. Mamlakatimiz qorako‘lchiligi rivojlanishining hozirgi bosqichi qo‘ylarning biologik salohiyatidan foydalanib, ularning mahsuldorlik darajasini oshirish bilan tavsiflanib, u o‘z navbatida qo‘ylarning reproduktiv imkoniyatidan ratsional foydalanish, qo‘ylar bosh sonini jadal ko‘paytirish va mahsulot ishlab chiqarishning sifati va miqdorini oshirishni talab etadi. Shu tufayli qo‘ylarning reproduktiv imkoniyatidan ratsional foydalanish tarmoqni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Irsiylik koeffitsientining minimal ko‘rsatkichi va uning ko‘payish tomonga og‘ishi serpushtlikning paratipik omillar hamda olib borilayotgan naslchilik ishining tavsifi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Qorako‘lchilikda ham qo‘ylarning bosh sonini ko‘paytirishning eng muhim omillaridan biri qo‘zilarning tug‘ilganidan to onalaridan ajratgungacha bo‘lgan davrdagi saqlanish darajasi (hayotchanligi) bilan bog‘liq bo‘lib, bu davrdagi qo‘zilar chiqimiga onalarining kam sutliligi, yosh qo‘zilarni saqlash va parvarishlash texnologiyasiga rioya qilinmaslik, noqulay iqlim hamda yaylov sharoiti va boshqa omillar sabab bo‘ladi. Tadqiqot maqsadi. Tadqiqotning maqsadi qorako‘l qo‘ylar reproduktiv imkoniyatini oshirishni hamda har xil rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘ylar hayotchanligining ularning qoni tarkibidagi biologik ko‘rsatkichlari bilan bog`liqligini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot materiali va metodi. Tajriba Navoiy viloyati, Nurota tumani “Istiqlol qorako’l naslchilik” xo‘jaligida urchitilayotgan sur rangli shamchiroq, po`lati, o`rikgul rangbaranglikdagi va qora rangli qorako‘l qo‘ylarida o‘tkazildi. Har xil rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylariga biologik baho berish va qon 26 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference tarkibidagi biologik faol moddalar, fermentlar umumiy qabul qilingan usullarda aniqlandi. Olingan natijalar N.A. Ploxinskiy uslubi bo‘yicha biometrik tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari. Organizmda qonning muhim ahamiyati, hayvonlar qoni tarkibidagi oqsillar konsentratsiyasini o‘rganish zarur. Oqsil to‘qima va organlarda muhim qurilish materiali bo‘lib, organizmda immunobiologik, katalizatorlik, transportlik, regulyatorlik vazifalari qon orqali amalga oshiriladi. 1-jadval Tajribadagi qo‘ylar qonining biologik faol moddalar bo‘yicha nisbiy ko‘rsatkichlari Biologik O`lchov n Tuqqan qoʻylar Qisir qoʻylar ko‘rsatkichlar birligi Umumiy oqsil g/l 10 64,2±2,3 71,5±2,6 Albumin g/l 10 37,8±1,3 40,5±2,0 Globulin g/l 10 36,4±0,9 37,1±1,1 AST ed/l 10 43,6±13,4 43,4±14,7 Olingan natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, guruhlararo qondagi biokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zaro farq borligi kuzatildi. Oqsillar va albuminlar miqdori bo‘yicha tuqqan qorako‘l qo‘ylariga nisbatan qisir qorako‘l qo‘ylarida ko‘proq ekanligi kuzatildi. Globulin, aspartat-aminotransferaza miqdorlari bo‘yicha deyarli o‘zgarishlar yo‘qligi aniqlandi. Hayvonlarning o‘sish va rivolanishida muhim omil biokimyoviy jarayonlar intensivligi hisoblanadi, barcha o‘suvchi organizm to‘qima va organlarida kerakli vazifalarni bajaradi. O‘sish jarayonlarida alohida yoshga oid davrlarda moddalar almashinuvi har xil jadallikda kechadi. Qonda fermentlarning yoshiga qarab o‘zgaruvchanligini o‘rganish natijalari hayvonlarning yoshi, kelib chiqishiga bog‘liq. Qorako‘l qo‘zilarining tirik vazni ularning hayotchanligi, moslashuvchanligi va mahsuldorligini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Qorako‘l qo‘zilarining tug‘ilgan vaqtdagi tirik vazni ularning yashovchanligini belgilash bilan bir vaqtda qorako‘l terilarining tovarlilik xususiyatlarini belgilaydi. Har xil rangbaranglikdagi qoraqalpoq sur qorakoʻl qo‘zilarning tirik vazn o‘sish ritmi 2-jadvalda mujassamlashtirilgan. 27 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 2-jadval Qoraqalpoq sur qo‘ylaridan olingan avlodlarning turli yosh davrlarida tirik vazn dinamikasi, kg O‘sish davrlari Qo‘zilarning n 4-4,5 oylikda 21 kunlik rang va Tug‘ilganda (onalaridan yoshida rangbarangli ajratishda) gi M±m C M±m C M±m C v v v Shamchiroq 19 4,3±0,06 8,7 8,2±0,04 8,5 25,4±0,06 4,8 Po‘lati 24 3,9±0,7 7,5 7,8±0,03 7,6 25,2±0,04 5,5 O‘rikgul 25 4,1±0,3 9,2 8,1±0,04 7,8 24,9±0,14 4,3 Qora 20 4,5±0,2 9,6 8,5±0,06 7,6 26,5±0,14 5,7 Olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki tajribadagi qora rangli qo‘zilarning tug‘ilgan davridagi tirik vazni shamchiroq, po‘lati va o‘rikgul rangbaranglikdagi tengqurlariga nisbatan mos ravishda 0,2; 0,4 va 0,6 kg, 21 kunlik yoshida 0,3; 0,4 va 0,7 kg, 4-4,5 oylik yoshida 1,1; 1,3 va 1,6 kg yuqori bo‘lishi aniqlandi. Xulosa qilib shuni ta`kidlash lozimki, qo‘ylar qoni tarkibidagi biologik faol moddalarning miqdori ko‘pligi hamda qorako‘l qo‘zilarining tug‘ilgan payt

Доказательный фрагмент

«The article presents the relationship between the vitality of Karakalpak sur karakul sheep and biologically active substances.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents the relationship between the vitality of Karakalpak sur karakul sheep and biologically active substances. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
karakul sheeps, vitality, live weight, reproductive, albumin, reproduktiv imkoniyat, AST., hayotchanlik, globulin, tirik vazn, qorako‘l qo‘ylari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники