Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UYG‘ONISH DAVRI VA XVII ASR KLASSITSIZM TEATRI ITALIYA TEATRI
ITALIYA TEATRI · Sultonov Dostonbek · O‘zDSMI FMF
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
bu maqolada uyg‘onish davri va XVII asr klassitizm teatri haqida va uning ilknamoyondalari rejisyorlaro hamda san’at ustalari haqida va jahonnin ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan. Kalit so‘z: rejissyor, aktyor, spektakl, rassom, repertuar. Melodiy eraning V asrida Rim imperiyasi qulagach, xristianlik mafkurasining kuchli tazyiqi ostida antik davrda yaratilgan badiiy yodgorliklar qatag‘onga uchraydi, Yunoniston va Rimda dunyo yuzini ko'rgan san’at asarlari, teatr an’analari unutila boshlaydi. Cherkov o‘z teatrini yaratadi: ibodat dramasi, mirakl, misteriya, moralite yetakchi janrga aylanib, keng ommani nasroniylik g‘oyasi atrofida uyushtirishda eng ta’sirli targ'ibot vositasiga aylanadi. Ayni chog‘da san’ati qishloq marosim tomoshalari asosida tug‘ilib, ommaning erkparvarlik kayfiyatini ifoda etgan xalq teatri namoyandalari — gistrionlar san’ati ham yashashda davom etdi. Bu davrga kelib, dunyoviy shukuhbaxsh teatr san’atining keng taraqqiy etishi uchun o‘rta asrcha mutaassibona qarashlarga to‘siq bo‘la oluvchi yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishi talab etilardi. Shunday ijtimoiy munosabatlar Ovro‘po mamlakatlarida XIV— XVI asrlarda ro‘y berdi. Tarixga Uyg‘onish (Renessans — fr. Renatssance) davri sifatida kirgan bu ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot davri Ovro‘po teatr san’ati tarixida yangi rivojlanish davrini belgilab berdi. Erkin, hur inson aynan Uyg‘onish davrida jamiyatning oliy tilagiga aylanadi. Yaqin o‘tmishda dag‘al masxarabozlik, aqidaparastlik makoni bo‘lib kelgan sahna endi ulug‘vor g‘oyalar, teran falsafiy mushohadalar maskaniga, umumxalq minbariga aylanadi. Sahnada zamonning ur-yiqitlari o‘z aksini topadi, nozik, ruhiy kechinmalar tadqiq etiladi; shu bilan birga tomoshabinlar ichakuzar sahnaviy hazil-mutoyiba va hangomalami zavq- shavq bilan qarshi oladilar. Renessans davri teatri XV—XVI asrlar bo‘sag‘asida Italiyada shakllanadi, so‘ng Ispaniyada yangi taraqqiyot bosqichiga kirib Angliyada Shekspir zamonida kamolot cho‘qqisiga ko‘tariladi. Iqtisodiy taraqqiyot dastlab Italiyada boshlanadi. Italiya qulay jo‘g‘rofik shart-sharoitga ega bo‘lganidan G‘arbiy 112 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ovro‘poning boshqa mamlakatlariga qaraganda avvalroq Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqa o‘rnatadi va bu Italiya shaharlarining qisqa vaqt ichida boyib ketishiga sabab bo‘ladi. Italyan savdogarlari Turkistonning turli shaharlarida savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘yadilar. Shu bahonada ular bu sarhadlarda yaratilgan san’at asarlarini qo‘lga kiritishni ham unutmaydilar. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, ulug‘ Navoiy asarlari XVI asrda italyan tiliga tarjima qilina boshlangani bejiz bo‘lmasa kerak. Italiyaning yangi davr teatr san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos: aynan shu zaminda tragediya, komediya, pastoral (cho‘ponnoma) yangi taraqqiyot yo‘liga kirdi, opera yaratildi, drama san’atining asosiy qonuniyatlari ishlab chiqildi, birinchi teatr binolari qad ko‘tardi, spektaklni yangicha bezash tamoyillari joriy etildi. Italiyaning dramaturgiya sohasida boshlovchilik mavqeyini egallashi uning qadimgi Rim badiiy merosining vorisi va uni qayta o‘zlashtiruvchisi sifatida maydonga chiqishi bilan belgilandi. Plavt, Terensiy, Seneka asarlari awal lotincha, so‘ng yangi italyan tiliga o‘girilgan holatda zodagonlar saroylarida ko‘rsatiladi. Shu zaylda original asarlarga yo‘l ochiladi. Jahonga mashhur «Telba Roland* dostonining muallifi ulug‘ italyan shoiri Ludaviko Ariosto (1474—1533) yangi teatr mash’alani yoqqanlardan biri bo'ldi. ITALIYA TEATRI 41 laylarini ostonasi oldiga qorovul qilib qo‘yib, uylariga faqat qalloblar, qo‘shmachilar, turli qalang‘i- qasang‘i zotlami qo‘yadilaru halol, oliyjanob fuqarolami oldiga solib haydaydilar..». Serhasham va dabdabali bezak, sururli lavhalar va ayniqsa, malaylarning oldiqochdi hangomalari, oshiq-ma’shuqalaming gashtli uchrashuvlariga boy bu spektakl saroy zodagonlarida teatr san’atiga nisbatan katta qiziqish va ixlosmandlik tuyg‘ularini belgilab bergan edi. Ariosto «Almashilganlar», «Talabalar», «Afsungai>, «Qo‘shmachi» komediyalarida ham o‘z shahri Ferrara hayoti haqida hikoya qilgan. Zodagonlar dilxushligiga qaratilgan ko‘plab komediyalar o'z vazifasini o‘tab, tarix sahifasidan tushib qolgani tabiiy. Lekin Uyg'onish davri italyan komediyalari orasida bir asar borki, u hamon yashashda davom etib, teatr sahnalarini bezab keladi. Bu Nikollo Makiavelli (1469—1527) qalamiga mansub «Mandragora» (1514) asaridir. Atoqli yozuvchi, tarixchi Makiavelli bu asarida Ariosto an’anasini davom ettirib, komediya san’atini yangi bosqichga olib chiqdi. Yangi davr hayotiga teranroq nazar tashlagan kishi behuda shodlik uchun asos topolmasligi aniq edi. Makiavelli komediyasida o‘kinchli kechinmalar hajv ohanglariga qorishiq tarzda ifodalangan. Makiavelli zamonaviy hayot haqida o‘tkir hajviy komediya yaratish bilan italyan «ma’rifiy komediya»si tarixida yangi yo‘nalishni belgilab berdi
Доказательный фрагмент
«bu maqolada uyg‘onish davri va XVII asr klassitizm teatri haqida va uning ilknamoyondalari rejisyorlaro hamda san’at ustalari haqida va jahonnin ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюbu maqolada uyg‘onish davri va XVII asr klassitizm teatri haqida va uning ilknamoyondalari rejisyorlaro hamda san’at ustalari haqida va jahonnin ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- repertuar., rejissyor, spektakl, rassom, aktyor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026