К содержанию
РецензированоUZ2026

ODAM SAVDOSINING OLDINI OLISH – MUHIM VAZIFA

Mutallif Isroilov

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Maqolada odam savdosining jamiyatga yetkazadigan zarari va O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurash choralari tahlil qilingan. So’nggi yillarda respublikamizda bu borada amalga oshirilgan ihlarning jahon hamjamiyati yomonidan tan olingani ko’rsatilgan. Kalit so’zlar: odam savdosi, inson qadri, bolalar mehnati, normativ- huquqiy hujjatlar, ratifikatsiya. Insonning nechog’lik qadri baland va ulug’ mavjudot ekanligi ma’lum. U tabiat boyliklaridan lazzatlanishi, sog’-salomat, kuchli va aqlli bo’lishi uchun, o’zini-o’zi asrab avaylashi, himoya qilishi hamda shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishi lozim. Bugungi globallashuv davrida yurtimizda millati, tili va dinidan qat’iy nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Yangi O’zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g’oyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilib, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyil to’laqonli ro’yobga chiqarilmoqda. Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, Uchinchi Renessans g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoldi. Bu vazifani hal qilishda dastavval mamlakatimiz hayotidagi ayrim muammolarni bartaraf qilish lozim. Bular ichida xavfsizligimizga hamda ijtimoiy-ma’naviy barqarorligimizga rahna soluvchi illatlardan biri bo’lgan odam savdosi – bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylangan. Bugungi kunda odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar jahon hamjamiyatida jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirmoqda. Eng achinarlisi, bu jinoyatni sodir etuvchilarning ham, bundan jabr ko’ruvchilarning ham muddaolari mushtarak. Ya’ni, yengil yo’l bilan daromad topish istagida jinoyat sodir etish – ikki toifadagi odamlarni ham halokat domiga tortmoqda. Keyingi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf qanchalik ortib borayotgan bo’lsa, dunyoning qator mamlakatlarida bu jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’lami ham shunchalik kengaymoqda. Oradan yillar o’tgan sari odam savdosiga qarshi kurash dunyoning barcha mamlakatlarida amalda bo’lmasin, bu muammo bizni hozirgi 162 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference kunda ham qattiq tashvishga solmoqda. Ayni paytda, transmilliy uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo’lgan bu jinoyat turi dunyo miqyosida keng tarqalgan. BMT va Migratsiya bo’yicha xalqaro tashkilot mutaxassislarining tahliliy xulosalariga ko’ra, undan jabr ko’rganlar soni bir necha millionlarni tashkil qilmoqda. Odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga odam savdosi transmilliy, ya’ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to’g’risida"gi Konventsiyaga qo’shildi. Shuningdek, mamlakatimiz parlamenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to’g’risida"gi Konventsiyaga hamda odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo’yish va buning uchun jazolash to’g’risidagi qo’shimcha hujjatlar imzolandi. 2008 yilning 17 aprelida "Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi va hk. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi tufayli “Yangi O’zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g’oyasi asosida davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy poydevorini mustahkamlash, bu jarayonlarda inson huquqlari tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Ana shu islohotlarning muhimlaridan biri sifatida odam savdosi va majburiy mehnatga barham berish bo’yicha ko’rilgan amaliy choralarni keltirib o’tish mumkin. Bu borada 2019 yilda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil etildi. Milliy komissiya tomonidan o’tgan davr mobaynida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish yo’nalishida milliy qonunchilikni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish, ushbu yo’nalishlardagi mavjud muammolarni, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va tizimli hal etish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan 40 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, Xalqaro mehnat tashkilotining 5 ta konventsiyasi hamda 1 ta protokoli ratifikatsiya qilindi [1]. Jumladan, bolalar mehnati va majburiy mehnat uchun jinoiy javobgarlik belgilandi, O’zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi, odam savdosidan jabrlangan yoki jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajada 163 THEORETICAL ASPECTS IN TH

Доказательный фрагмент

«Maqolada odam savdosining jamiyatga yetkazadigan zarari va O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurash choralari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada odam savdosining jamiyatga yetkazadigan zarari va O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurash choralari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bolalar mehnati, odam savdosi, inson qadri, normativ-huquqiy hujjatlar, ratifikatsiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники