К содержанию
РецензированоUZ2026

BIR NECHA TIL DOIRASIDAGI ERKALASH LEKSEMALARINING USLUBIY MA’NOLARI

USLUBIY MA’NOLARI · Zokirov Muxtorali Turdaliyevich · Xolmamatova Sarvinoz Abduvali qizi

Академические исследования в современной науке · 5-64 · 2026

Аннотация

This article investigates the lexical layer of terms of endearment in unrelated languages. Terms of endearment vary according to the culture, living conditions, and beliefs of each nation. The article analyzes terms of endearment in English, Russian, Uzbek, Turkish, and Korean languages, examining their unique features and the ways they are formed through phonetic, morphological, and lexical methods. This study aims to identify the changes these terms undergo in different languages and to determine their common characteristics. Keywords: terms of endearment, lexical layer, language interaction, phonetic method, morphological method, lexical method, linguistics, comparative study. Dunyodagi turli xil tillar qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarga bo‘linadi. Bu tillar o‘zaro leksik sathda, ya’ni so‘z boyligida farq qiladi. Har bir tilda erkalash so‘zlari o‘zining o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar xalqning madaniyati, yashash sharoiti va e’tiqodiga bog‘liq holda shakllanadi. Ushbu maqolada ingliz, rus, o‘zbek, turk va koreys tillaridagi erkalash so‘zlari tahlil qilinib, ularning turli tillarda qanday shakllangani va qanday usullar orqali ifoda etilgani o‘rganiladi. Asosiy qism 111 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoda tillar soni 7000 ga yaqin bo‘lib, ular bugungi kunda u yoki bu darjada taraqqiy etib kelmoqda. Shu tillar o‘zaro yaqinligiga ko‘ra qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarga bo‘linadi. Shunga ko‘ra har bir tilda mavjud sathlar yo bir-biriga yaqin yoki bir-biridan uzoq bo‘lishi mumkin. Biz quyida tahlilga tortmoqchi bo‘lgan mavzu qarindosh bo‘lmagan tillarning leksik sathida ko‘rib chiqiladi. Leksik sathda o‘rganiluvchi erkalash so‘zlari jimjimadorligi, yosh va jinsda farqlanishi hamda alohida stilistik ma’no kasb eta olishi bilan xarakterlidir. Erkalash so‘zlari turli xalqlarda turlicha bo‘lishi mumkin, bu esa til egalarining yashash sharoitidan, hududidan va e’tiqodidan kelib chiqadi. Biz buni oltita til doirasida solishtirish bilan o‘z maqsadimizga erisha olamiz. Jahon tilshunoslari tomonidan turli tillarda erkalash ma’nosini ifoda etuvchi so‘zlar, so‘z birikmalari har xil tomondan o‘rganilgan. Jumladan, R.Lakoff [1, 5-64], A.Kunin [6, 43-752], N.Nishiniadze[8] larning ilmiy tadqiqotlarini alohida ta’kidlab o‘tsa bo‘ladi. A.Kunin o‘zining ilmiy ishlarida ingiliz tilidagi erkalashni frazeologik sathda keng o‘rgangan bo‘lsa, Nishiniadze ingiliz, gruzin, va rus tillarida erkalsh hamda kamsitish ma’nolariga morfologik nqtayi nazaridan yondashgan. Shunday ilmiy tadqiqot ishlari o‘zbek tilshunosligida ham ma’lum darajada o‘rganilganligini eslab o‘tmaslikning iloji yo‘q. Xusuan, R.Xadyatullayev [13], A. Po‘latov [9, 333- 346], O.Safarov [10, 3-65], Sh.Kazakov [5], kabi olimlarning ishlarida alohida e’tibor berilgan bo‘lsa, J.Bo‘ronov, O.Mo‘minov, M.Rasulova, R.Qo‘ng‘urov va boshqa olimlar erkalash hamda kichraytirishni grammatik kategoriya sifatida tadqiq etib, ularni asosan suffikslar orqali yasalishi haqida to‘xtalib o‘tadilar. Dastlab erkalamoq terminini izohiga yuzlansak. Erkalash terminiga turli manbalarda o‘ziga xos izohlarni uchratish mumkin. Masalan, Vebster izohli lug‘atida qayd etilishicha, erkalash (affection) – his-tuyg‘u yoki his-hayajon, noziklik bilan tegish, suyish demakdir [2] Roget’s Thesaurus lug‘atida erkalash termini – endearment, loving words, affectionate speyeches, pet name kabi sinonimik nomlarga ega [3, 888- 889]. Rus tilidagi izohli lug‘atlarda esa yuqorida keltirilgan lug‘atlardan farqlangan holda erkalash terminiga rahmdillik qilish, ovutish, asrab- avaylashdir degan izoh keltirilgan [11, 593-594]. O‘zbek tilining izohli lug‘atida erkalash nafaqat mehr bilan suyish ekanligi, balki u paralingvistik vositalar, ya’ni tana harakati orqali ham ifoda etilishi mumkinligi ta’kidlab o‘tiladi [12]. 112 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bizningcha, erkalash – har bir tilning o‘ziga xos vositalari, shakl- usullaridan foydalanib odamlarga, jonivorlarga, tabiatga, narsa-hodisalarga nisbatan mehribonlik, muhabbat, mayinlik, nafis mehr bilan suyish va sevish kabi munosabatlarni ifodalaydi. Dunyo xalqlarida erkalash ma’nosi uch usulda hosil qilinadi. Jumladan,fonetik, leksik, morfologik usullar bularning eng faollari sanaladi. Fonetik usul yordamida tillar doirasida bir-biridan farqli ravishda yo unlilar yo undoshlar cho‘ziladi, yoki bir tovush o‘rniga boshqalari qo‘shib hosil qilinadi. Misol uchun ingliz tilida so‘z oxiridagi undosh tovushlarning talaffuzda tushib qolishi bolalarni erkalshda keng qo‘llaniladi (sugar-suga-shakarim; darling-darlin). Koreys tilida bo‘lsa shaxs nomlari oxiriga 아/야 (a/ya) qo‘shimchalarini qo‘shib aytish farzandlarni suyib erkalash ma’nosini ifoda eta oladi. Ko‘pincha ota-onalar bu tovushlarni yanada cho‘zibroq talaffuz etadilar bu esa ularning o‘ta kuchli mehr-muhabbatini bildiradi (Minho-Minhoya). O‘zbek

Доказательный фрагмент

«This article investigates the lexical layer of terms of endearment in unrelated languages.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article investigates the lexical layer of terms of endearment in unrelated languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
terms of endearment, lexical layer, language interaction, leksik usul, tilshunoslik, leksik sath, erkalash so‘zlari, morfologik usul, tillar o‘zaro ta’siri, fonetik usul, qiyosiy tadqiqot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники