К содержанию
РецензированоUZ2026

GRAMMATIK MA’NO

GRAMMATIK MA’NO · Ziyamova Shahlo Odiljanovna · Namangan viloyati Chortoq

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqola o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarda leksik ma’noning grammatik ma’noga o‘tishi, leksik va grammatik ma’noning farqlari, ularning o‘zaro munosabati kabi masalalarni o‘rganadi. Tadqiqotda leksikologiya va grammatika, leksik va grammatik ma’nolarni tushunib olish, bu masalar bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish uchun ahamiyatlidir. Shuningdek, leksikologiya va morfologiyani bog‘lab o‘qitishda samaralidir. Kalit so‘zlar: morfologiya, grammatika, grammatik ma’no, leksik ma’no, shakl yasovchilar, grammatik ma’no Grammatik ma’no – murakkab hodisa. Mustaqil va alohida olingan so‘zda lug‘aviy ma’no ustiga qavatlanadigan, yordamchi so‘zning mohiyatini tashkil etadigan, ko‘plab so‘z uchun umumiy ma’no bo‘lgan ma’no grammatik ma’no deyiladi. Masalan, kitob so‘zining lug‘aviy ma’nosi ustiga ot, turdosh ot, aniq ot, yakka ot ma’nosi qavatlangan bo‘ladi. “Atash” ma’nosi va “so‘zni ergash so‘z sifatida bosh so‘zga bog‘lash” uchun so‘zning mohiyatini tashkil etadi. Grammatik ma’no leksik ma’nodan bir guruh so‘z uchun umumiyligi bilan farqlanadi. Chunki lug‘aviy ma’no har bir so‘z uchun alohida bo‘ladi. Masalan, hatto bir ma’nodoshlik qatoridagi har br so‘zning lug‘aviy ma’nosi farq qiladi: bashara so‘zining lug‘aviy ma’nosi “odam boshi old tomoni peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining salbiy ifoda” bo‘lsa, yuz so‘zining lug‘aviy ma’nosi “odam boshi old tomoni peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining betaraf ifodasi”dir. Farq: “salbiy ifoda” va “betaraf ifoda”. Lekin nafaqat ma’nodosh, balki narsa-predmet va shaxsni bildiruvchi so‘zning barchasi uchun ot grammatik ma’nosi umumiy. Grammatik ma’no barcha so‘z turkumida bor. Lug‘aviy ma’no esa gap bo‘lagi va gap bo‘la oladigan so‘zda mavjud. Mavjudligiga ko‘ra grammatik ma’no uchga bo‘linadi: 1)so‘zning tabiatida avvaldan mavjud bo‘lgan grammatik ma’no; 2)grammatik vosita yordamida hosil qilinadigan grammatik ma’no; 3)so‘z birikmasi va gap tarkibida vujudga keladigan grammatik ma’no. So‘zning tarkibida avvaldan mavjud bo‘lgan ma’no. Ot turkumiga mansub ot, aniq ot, mavhum ot, yakka ot, jamlovchi ot, atoqli ot, turdosh ot, sifat turkumida sifat, asliy sifat, nisbiy sifat, son turkumida son, miqdor, payt, sabab, 12 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ko‘makchida ko‘makchi, sof ko‘makchi, ko‘makchi vazifasidagi so‘z kabilar ularda avvaldan mavjud grammatik ma’no. Har bir so‘z turkumida bunday ma’no bor. So‘z biror turkumga xosmi, bu turkum atamasi uning bir grammatik ma’nosining nomidir. Grammatik vosita yordamida hosil qilinadigan grammatik ma’no. Bunday ma’no mustaqil so‘zda mavjud bo’lib, grammatik qo‘shimcha yordamchi so‘z vositasida hosil qilinadi. Masalan, ot turkumida birlik va ko‘plik, egalik, kelishik, kichraytirish, erkalash va ko‘makchi yordamida vujudga keladi: kitobchalarimga so’zidagi “kichraytirish oti”, “ko‘plikda”, birinchi shaxsdagi birlik, egalik shaklida, “jo‘nalish kelishigida” grammatik ma’nosi grammatik vosita yordamida vujudga kelgan grammatik ma’no. Sifat va ravishdagi daraja, sonning sanoq sondan boshqa barcha ma’no turi, fe’lda nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, fe’lning xoslangan shakli, mayl kabilar shunday ma’no sirasiga kiradi.So’z birikmasi va gap tarkibida vujudga keladigan grammatik ma’no.Mustaqil so‘z erkin birikma tarkibida bosh so‘z yoki ergash so‘z, gap tarkibida biror gap bo‘lagi, undalma, kirish so‘z, ajratilgan bo‘lak, so‘z-gap bo‘lib keladi. Yordamchi so‘z so‘z yoki gapni o‘zaro bog‘laydi (ko‘makchi va bog‘lovchi), qo‘shimcha ma’no beradi (yuklama). Bu ma’no faqat gap tarkibida hosil bo‘ladi. Gapdan tashqaridagi so‘zda bunday grammatik ma’no bo‘lmaydi. Nutqda har qanday mustaqil so‘z shakli leksik ma’nodan tashqari, grammatik ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, ishimizdan, keltirdi so‘zlaridagi ish va kel so’zlari o‘z leksik ma’nosidan tashqari predmetlik va harakat ma’nolarini ifoda qiladi. Bu ularning grammatik ma’nosidir.Bu so’zlardagi –imiz, -dan, -tir, -di qo‘shimchalari turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Grammatik ma’no so‘zning leksik ma’nosiga orttirilgan qo‘shimcha ma’nodir. So‘zning grammatik ma’nolari grammatikada o‘rganiladi. So‘zlar o‘zlarining leksik va grammatik ma’nolari bilan farq qiladi. Atoqli va turdosh otlar nutqda qo‘llanishiga ko’ra farqlanadi. Turdosh otlar predmet yoki hodisani atashdan tashqari, ularni bir guruh yoki tipga kirishini ham ifodalaydi. Atoqli otlar esa ma’lum shaxs, shahar, qishloq va boshqa narsalarni shu tipdagilarni ichidan ajratib ko‘rsatish, ularning alohida individual xususiyaitni ifodalash uchun xizmat qiladi.Shu sababli, odatda, ikki bir xil ismli shaxsni adashtirib yubormaslik uchun katta Muhammad, kichik Muhammad iboralari ham qo‘llanadi.Bu jihatdan til faqatgina tushunchalarni umumlashtiruvchi vosita bo‘lmay, ularni farqlash vositasi sifatida insonning amaliy faoliyatida juda katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, ma’no lingvistik hodisa bo‘lib, avvalo, leksik va grammatik turlarga bo‘linadi. Grammatik ma’no tabiatan 13 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SC

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarda leksik ma’noning grammatik ma’noga o‘tishi, leksik va grammatik ma’noning farqlari, ularning o‘zaro munosabati kabi masalalarni o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarda leksik ma’noning grammatik ma’noga o‘tishi, leksik va grammatik ma’noning farqlari, ularning o‘zaro munosabati kabi masalalarni o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shakl yasovchilar, grammatika, grammatik ma’no, morfologiya, leksik ma’no
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники