К содержанию
РецензированоUZ2022

O‘ZBEKISTON REPUBLIKASIDA TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK(BANKROTLIK) TIZIMIDA QONUNCHILIK ASOSINING TASHKIL TOPISH VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI TAHLILI.

O‘ZBEKISTON REPUBLIKASIDA TO‘LOVGA · QOBILIYATSIZLIK(BANKROTLIK) TIZIMIDA QONUNCHILIK · Husainova Sabina Abduqayum qizi

Академические исследования в современной науке · 2022

Аннотация

Ushbu tatqiqotning maqsadi O’zekiston Respublikasida to’lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) insititutining huquqiy asoslarini rivojlantirish uchun qonunchilikka kiritilgan asosiy o’zgartishlarni tahlil qilish va ularning samaradorlik darajasini o’rganishdir. Maqolada tadqiqot maqsadini aniq ifoda etish uchun tarixiy-huquqiy hamda qiyosiy taqqoslash metodikalaridan foydalanilgan. Annotation. The purpose of this research is to study the effective means of analyzing and evaluating legislative data for the development of the legal framework of the institution of insolvency (bankruptcy) in the Republic of Uzbekistan. Historical-legal and comparative comparison methods are used in the article to clearly express the purpose of the research. Kalit so’zlar: To’lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik, bozor iqtisodiyoti, tugatish taomili, sanatsiya, tashqi boshqaruv, kelishuv bitimi. Keywords: Insolvency, bankruptcy, ,market economy, liquadition of debtor, rehabilitation, external management, debt agreement. Dunyo miqyosida to‘lovga qobiliyatsizlikka doir ko‘rib chiqilayotgan ishlar ro‘yxati har yili bir necha foizga oshib bormoqda,shu qatorda O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarining bankrotligiga doir birinchi instansiya sudida ko‘rilgan ishlar soni 2022-yilda 8996 tani tashkil etgan holda,2023-yilga kelib ushbu ko‘rilgan ishlar miqdori 14,6 foizga oshib, 13104 tani tashkil etgan.Mavjud statistik ko’rsatgichlar respublikamizda to’lovga qobiliyatsizik tizimini doimiy takomillashtirib borish zaruratini keltirib chiqaradi.Tizimni takomillashtirishni esa uning rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish,qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgarishlarning tahlilisiz tassavvur etib bo’lmaydi. 87 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 1991-yilga qadar respublikamizda to‘lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) instituti fuqarolik va tadbirkorlik huquqiy munosabatlarida qo‘llanilmas edi va bu sohadagi ayrim ishlar ma'muriy vositalar bilan hal etilar edi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor munosabatlari keng joriy etila boshladi ammo mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda to‘lovga qobiliyatsiz huquq tizimi deyarli amal qilmagan edi. Buning sababi esa hali davlat mulki to‘liq xususiylashishga ulgurmaganligi bo‘lib, korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi va bankrotlik masalalarini tartibga solishga ehtiyoj bo‘lmagan. Biroq,bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘nalishi va talabi davlatga qarashli bo‘lgan mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ishlarini tezlashtirish edi. Mulk xususiylashib mulkdorlar sinfi hosil bo‘lishi bilan sekin-astalik bilan ko‘p korxonalar va tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Ba’zilari esa ma’lum sabablarga ko‘ra bozorda o‘z salohiyatini namoyish eta olmadi. Oqibatda, korxonalarda iqtisodiy nochorlik ya’ni to‘lovga qobiliyatsizlik muammolari vujudga kela boshladi. Va o‘z-o‘zidan to‘lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) institutiga ehtiyoj sezildi. Umuman olganda Respublikamizda to‘lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) huquqi insititutining yaratilishi o‘ziga xos tarixiga ega, ushbu jarayon dastlab 1994-yilda bankrotlik to‘gʻrisidagi ilk qonunning qabul qilinishi asosida boshlandi. O‘tgan davr mobaynida bu borada sezilarli ishlar olib borildi va muhim natijalarga erishildi. Eng muhimi ushbu munosabatlarni tartibga solishning qonunchilik bazasi shakllantirildi.Kuzatuvlar asosida to‘lovga qobiliyatsizlik(bankortlik) insititutining rivojlanish davrini shartli ravishda uch bosqichga(2022-yilda “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinguniga qadar respublikamizda bankrotlik tizimida qonunchilik asoslarining rivojlanish tarixi tatqiqotchi olimlar tomonidan 2 bosqichga bo‘lib o‘rganilgan) bo‘lishimiz mumkindir: Birinchi bosqich mustaqillikdan keyingi 1991-yildan 2003-yilga qadar daavom etgan muddat bo‘lib bu vaqt oraligʻida dastlab 1994-yilda bankrot togʻrisidagi ilk qonun hujjati qabul qilindi va keyinchalik 1998-yilda unga yangi to‘ldirishlar kiritilib yangi tahrirda qabul qilindi. 1994-yilda qabul qilingan dastlabki qonun hujjati 35 moddadan iborat edi,xolos va qonun amaliyoti bo‘yicha mazkur yilda bironta ham bankrotlik ishi ko‘rilmadi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori asosida qonunning amaliyotiga doir ishlar biroz jadallashdi va ushbu yilda jami 47 ta bankrotlik holati bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi. 1994-yilda qabul qilingan “Bankrotlik to‘gʻrisida”gi qonuning ta’rifida qonunning asosiy vazifasi kreditorlarning da’volarini qondirish 88 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference maqsadida xo‘jalik yuritish subyektlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot bo‘lgan deb e’tirof etish shartlari va tartibini belgilab berishdan iboratligi haqida yozilgan bo‘lsada,qonunda jismoniy shaxslarning bankrotligini tartibga solishga doir yetarli darajadagi aniq normalar mavjud emas edi. Qonunning 1-moddasida ta’rif

Доказательный фрагмент

«Ushbu tatqiqotning maqsadi O’zekiston Respublikasida to’lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) insititutining huquqiy asoslarini rivojlantirish uchun qonunchilikka kiritilgan asosiy o’zgartishlarni tahlil qilish va ularni…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tatqiqotning maqsadi O’zekiston Respublikasida to’lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) insititutining huquqiy asoslarini rivojlantirish uchun qonunchilikka kiritilgan asosiy o’zgartishlarni tahlil qilish va ularni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Insolvency, bankruptcy, market economy, liquadition of debtor, bankrotlik, bozor iqtisodiyoti, sanatsiya, tashqi boshqaruv, tugatish taomili, kelishuv bitimi., To’lovga qobiliyatsizlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники