К содержанию
РецензированоRU2026

IBROHIM G‘AFUROV MANSURALARIDA OBRAZLAR TIZIMI

Elmurodova Munisa G‘ofur qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda Ibrohim G‘afurov mansuralarida obrazlar tizimi, syujet rang- barangligi, kompozitsion qurilish jihatlari, badiiy til xususiyatlari namunalar asosida ochib berilgan. Kalit so’zlar: mansura, syujet, obraz, kompozitsiya, badiiyat, anafora, metafora. Syujet (Фр. sujet – predmet, asosga qo‘yilgan narsa) – badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri, asardagi bir-biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan, qahramonlarning xatti- harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimi. Syujetlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, s. Tur yo jarayonidan qat’iy nazar, barcha asarlarda bor, biroq uning nomoyon bo‘lishi ko‘p jihatdan qaysi tur yoki janrga mansubligiga bog‘liq.1 Adibning “Gul bargiga yozilgan xatlar” mansuralar turkumida bosh obraz oshiq, uning tilidan aytilgan izhorlar o‘ziga xos, boshqa hech qayerda uchramaydigan metaforalar bilan, badiiy takrorlar bilan ifodalangan. “Oq bulutlar” nomli mansurada tabiat manzarasi noo‘xshash o‘xshatmalar bilan orginal tasvirlangan o‘rinlar, asar syujet va kompozitsion qurilishi jihatidan ajralib turadi. Asardan o‘rin olgan “Cho‘loq qarg‘a” mansurasida adibning bolaligi va onasining eng mash’um kuni qalamga olingan. Asarda tabiat manzarasi, bolalarning ko‘rinishlari mudhish voqea bilan hamohang tasvirlangan. Lirik qahramonning hali o‘n sakkizga kirib ulgurmagan akasining hastalikdan vafot etishi, janoza kunidagi voqea-hodisalar kompozitsiyasi juda ta’sirli va ayanchli tasvirlangan. “Ibrohim G‘afurov adabiyotga, so‘zga ixlos qo‘ygani bois qalbida chin shoir uyg‘onib, ajoyib mansuralar yozdi. Bu janrni u ijod qildi. Mansuralar tig‘iz, fikrlarning qaynoq hissiyotlar bilan uyg‘unligini taqozo etadi. Fojealar, farahlar, taqdirlarning ixcham manzaralari – ta’sirchan she’riy qissachalar”, – deb yozgan edi professor N.Komilov2. Ibrohim G‘afurovning “Habiba Niso” masurasida o‘tganlarni yod etib turishdek mo‘min- musulmonlar zimmasiga farz qilingan savobi-a’mol zikr qilinadi. Zero, “qabristonni ziyorat qilish – oxiratni zarurati”. Darhaqiqat har bir inson marhumlarni yod etish orqali o‘z ruhiyati, qalbini poklaydi, o‘tkinchi umr qadrini yana bir bor his qiladi. Mansuralarda muallif sermahsul tasviriy usul – anafora(takror)larda unumli foydalandi. Ular deyarli har bir mansurada uchraydi va o‘ziga xos semantik-stilistik vazifani bajaradi: Qamoqning to‘shagi. Millionlab begunohlar yotgan bunday to‘shaklarda Ular ko‘zyoshlardan ko‘l bo‘lib ketgan Ular unsiz nolalardan cho‘l bo‘lib ketgan Ular armonlardan yo‘l bo‘lib ketgan... 1 Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – T.: Akademnashr, 2013. – Б. 288. 2 Комилов H. Бедор қалб. Дил эркинлиги. –Т.:Маънавият, 1998. – Б. 7. 93 Dunyo yotar shu to‘shakda She’r yotadi shu to‘shakda. Parlari qofiya, somoni vazn. Usmon Nosirning to‘shagi – Xayollarin kemasi... Yurt, millat qayg‘usi bitilgan dardli, alamli sahifalardan biri. O‘sha qatag‘on davrning sharpasi, beomon kunlar-u tunlardan hikoya qiluvchi mansura. Bu mazmun, manzara she’riy takror orqali ochib berilgan. Anafora (yunoncha: anaphora – ana..(yana…) + phoros (eltuvchi), ajratish [poetika] she’riy asardagi misralar yoki nasriy asardagi jumlalarning bir xil so‘z bilan boshlanishi. Anafora asosiga qurilgan badiiy san’at (vosita), sintaktik qurilma she’riyatda ko‘p qo‘llaniladi.3 Ibrohim G‘afurov badiiy asarni tahlil va talqin qilar ekan, ijodiy erkinlikda yondashadi. Munaqqidlar shoir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo mansuralar yozganda muallif shoirlikni da’vo qilmaydi. Ular chinakam yetuk badiiy asarlar. “Iltijo” kitobidagi 142-mansuraga e’tibor qarataylik. U “Soniya” deb nomlanadi. Syujet dahshatli. Qiziltepada shom qorong‘usida paxta terimidan qaytayotgan yettinchi sinf o‘quvchilari – yettita qizni yo‘l ustida “Kamaz” mashinasi urib yuboradi. Birortasi ham tirik qolmaydi. Yetti qiz yalla aytib ulgurmay yurtida Alla aytib ulgurmay yurtida Bog‘lardan uzib chiqmay bir qizil olma Qirlardan termayin lola... Otasining sarvari, Onasining gavhari, Bir zumda, bir zumda, bir zumda G‘oyib bo‘ldi Qiziltepa yo‘lida. Bu satrlarni o‘qib inson qalbi larzaga keladi, insonni bir o‘yinchoqqa aylantirgan, paxta qurboni bo‘lishiga giriftor qilganlarga nafratingiz oshadi. Tarixiy mavzularda yozilgan mansuralarda ham bugungi hayotimizning mazmun-mohiyati aks etgan. Kompozitsiya (lot. Composition – tuzish, biriktirish) – badiiy asar qisimlarini yaxlit badiiy niyat (muayyan konsepsiyani shakllantirish va ifodalash, ko‘zlangan g‘oyaviy-estetik ta’sir) ijrosi uchun eng optimal xolda joylashtirish, badiiy sistema (asar)dagi unsurlarni o‘zaro aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish.4 Adibning “Ona rizosi rohat” mansurasining bosh obrazi ona, yordamchi obrazlar uning atrofida jamlanadi. Asar syujeti ijodkorning xotiralari asosiga qurilgan, adib yoshligini, bolaligini, o‘smirligini xotirlaydi va hayolida jonlantiradi. Urush yillaridagi qiyinchiliklar, onasining xastalikdan azoblanishi barchasi mukammal syujetli va kompozitsiyali tarzda

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda Ibrohim G‘afurov mansuralarida obrazlar tizimi, syujet rang- barangligi, kompozitsion qurilish jihatlari, badiiy til xususiyatlari namunalar asosida ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda Ibrohim G‘afurov mansuralarida obrazlar tizimi, syujet rang- barangligi, kompozitsion qurilish jihatlari, badiiy til xususiyatlari namunalar asosida ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ichki kechinma, peyzaj, ijodkor meni., mansura, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники