К содержанию
РецензированоUZ2020

INKLYUZIV TA’LIMDA SOG‘LOM VA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNI QO‘SHIB O‘QITISHNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI

Axmedov Asliddin Bahriddin o‘g‘li

Академические исследования в современной науке · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini inkluziv ta’lim doirasida sog‘lom va nuqsonni bor bo‘lgan bolalarni qo‘shib o‘qitishdagi ijobiy va salbiy tomonlari, bu borada sog‘lom bolalarning ularga nisbatan munosabati va ularning sog‘lom bolalarga bo‘lgan munosabatlari, shu o‘rinda o‘qituvchilarning bolalarga bo‘lgan munosabatlari haqida fikr va mulohazalarimiz bayon qilingan. Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, nuqsoni bor bolalar, duduqlanish, dislaliya, xorijiy ta’lim tajribalari, metod. Inklyuziv ta’limning hozirgi kunda dolzarbligi qay darajada rivojlanayotgani haqida aytadigan bo‘lsak, eng avvalo muhtaram yurtboshimizning bu ta’lim sohasida qaratgan e’tiborlarini alohida e’tirof etsak arziydi: “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13- oktabrdagi PQ-4860-son Qarori qabul qilindi. Inklyuziv ta’limning barcha qatnashchilarini ijtimoiy, psixologik-pedagogik rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo’lib, bunda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratlari ularning har qanday vaziyatda bolalar bilan individual ishlashga, ularga har biri psixologiyasi qanchalik ekanligiga qarab har biriga alohida-alohida vaqt ajratishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga ham bir nazar tashlasak, unda ham bu borada alohida e‘tibor qaratilgan bo‘lib, uning 20-moddasi aynan inklyuziv ta’limga qaratilganligi e’tiborlidir. Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma- xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. Shuning uchun ham, inklyuziv ta’limga 2021-2022- o‘quv yili respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida tajriba-sinov sifatida asos solingan. Bu tajriba-sinovdan ko‘zlangan maqsad, inklyuziv ta’limning a’zolarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, 135 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference alohida ta’lim ehtiyojli o‘quvchilarni kamsitilmasdan sifatli ta’lim olishi, rivojlanish buzilishlarini tuzatish va ijtimoiy moslashish, maxsus pedagogik yondashuvlar va usullar asosida erta tuzatish yordamini ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi. Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflariga o‘quvchilar har doimgi singari yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Qabul jarayonlarida o‘quvchilarni quyidagi guruhlarga bo‘lib olishimiz maqsadga muvofiq deb o‘rganamiz: - eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (bu turdagi nuqsoni bor bo‘lgan bolalar 60Db eshitish darajasigacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi belgilangan), - ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (bunday bolalarni esa ko‘rish qobiliyatidagi nuqsoni ya’ni ko‘rish qobiliyatini buzilishi 0.1 ga teng bo‘lgan bolalar), - somatik kasalliklari bor bolalar (psixofizik nutqning yoshiga mos bo‘lmagan bolalardir), - nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish, dislaliya, afaziya kabi nuqsonlilar), - tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar serebral falaji, bo‘y o‘sishining yetishmovchiligi – pakanalik mavjud bo‘lgan bolalar), - aqliy rivojlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (o‘zi harakat qila oladigan yoki qo‘shimcha moslamalar va nogironlik aravachasida harakatlana oladi), - xulq-atvor va ruhiyatning qo‘pol buzilishlarisiz autistik spektri buzilgan bolalar guruhlari kabi. Bunday nuqsoni bo‘lgan bolalarni barchasini ham inklyuziv ta’limga jalb etolmaymiz, sababi shundaki, yuqorida sanab o‘tilgan nuqsonli bolalarni o‘z darajalari bor. Ya’ni ko‘rish darajalari ham, eshitish darajalari ham, ma’lum darajadagina pasaygan bolalarni o‘z ichida oladi. Ba’zida shunday bir bolalarni ko‘rib qolamizki, ularni hech kim nuqsoni bor bolalar deb o‘ylamaydilar, shunchalik aqlli, shunchalik serharakatki tengdoshlaridan hech qolishmaydilar. Yurishda nuqsoni bor bo‘lgan o‘quvchilar eshitishda yoki ko‘rishda nuqsoni bor bo‘lgan bolalarga qaraganda biroz qabul qilish darajasi kuchli bo‘ladi. Endi bunday bolalarni qo‘shib o‘qitishning ijobiy tomonlari haqida quyidagi fikrlarimizni keltirib o‘tamiz. Birgalikda o‘qitish nuqsoni bor bo‘lgan bolalar uchun katta bir imkon sifatida qarashlarini inobatga oladigan bo‘lsak, nuqsoni bor bolalarda hayotga bo‘lgan intilishlari yanada oshadi. Tengdoshlariga qarab harakat qilishadi, ularga havas qilishadi, jamiyatda ommaga qo‘shilishlari oson 136 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference kechadi, o‘zlarini jamiyat a’zosi sifatida ko‘rishlariga katta sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida har bir insonning jamiyatda o‘rni borligidan dalolatdir. Endi sog‘lom bolalar uchun birgalikda o‘qitishning ijobiy tomonlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini inkluziv ta’lim doirasida sog‘lom va nuqsonni bor bo‘lgan bolalarni qo‘shib o‘qitishdagi ijobiy va salbiy tomonlari, bu borada sog‘lom bolalarning ularga nisbatan munosa…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini inkluziv ta’lim doirasida sog‘lom va nuqsonni bor bo‘lgan bolalarni qo‘shib o‘qitishdagi ijobiy va salbiy tomonlari, bu borada sog‘lom bolalarning ularga nisbatan munosa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nuqsoni bor bolalar, dislaliya, metod., duduqlanish, xorijiy ta’lim tajribalari, inklyuziv ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники