К содержанию
РецензированоUZ2023

“MABDAI NUR”DA TA’LIMIY-AXLOQIY MASALALAR TALQINI

Xurshida Karshiyeva · Ilmiy rahbar Shaxnoza Norkulova

Современная наука и исследования · 1 · 2023

Аннотация

This article discusses the work of Babarakhim Mashrab "Mabdai nur" and the educational and moral issues covered in it. "Mabdai nur" is a work written in the spirit of Sufism, which describes the positive and negative habits of people. Its place in human life is expressed by religious views. In this work, poetic excerpts from the ghazal work written by Mashrab are included in the analysis. Keywords: Mashrab, Mabdai nur, Solomon, Jesus, Moses, Rumi, ghazal, virtues and vices, The Story of Mashrab. 182 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Mashrabning “Mabdai nur” asari Jaloliddin Rumiyning mashhur “Ichingdagi ichingdadur” masnaviysi ta’sirida tasavvufiy ruhda yozilgan bo‘lib, uch qismdan iborat she’riy asardir. Mashrab tomonidan Rumiyning olti daftardan iborat kulliyotiga o‘xshash tarzda yozishga urinilganligi qayd etilgan manbalar ham mavjud. “Mabdai nur” iborasi “nurning boshlanishi, chiqish joyi” ma’nosini anglatib, tasavvuf tushunchasida Alloh nurining jilo berishi, dunyoni, kishilar qalbini yoritish kabi ma’nolarga ega. Zotan, nur so‘zi “An-Nur” shaklida yozilsa, Allohning nomlaridan biri bo‘ladi. “Mabdai nur”da berilgan hikoyalar mashhur so‘fiylarning hayotlaridan olingan yoxud ular hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, musulmon sharqida arab va fors tillaridagi yozma va og‘zaki adabiyotda qadimdan mashhur bo‘lgan payg‘ambarlar, shoh-amirlar, avliyolar, shayxlar, xojalar, taqvodorlar va boshqa mashhur kishilar hayotidan olingan ibratomuz, axloqiy-tarbiyaviy rivoyatlar singari yozilgan. Hikoyalar orasida inson hayotidagi salbiy illatlar sohibi bo‘lgan iymonsiz, diyonatsiz, fosiq, yolg‘onchi-kazzob, riyokor, maishiy buzuq, o‘g‘ri, xasis, molparast, mutakabbir insonlar haqidagi rivoyatlar ham mavjuddir. Birinchi daftarda 46 ta, ikkinchi daftarda 59 ta, uchinchi daftarda esa 27 ta, jami 132 ta hikoya berilgan. “Mabdai nur” tasavvuf ruhida yozilgan nazmiy-badiiy, axloqiy-tarbiyaviy asar. Mashrab unda yakka Alloh zikri bilan yashash, o‘zni tamom unutish, bu dunyo aysh-ishratlaridan voz kechish, poklik, halollik, rostgo‘ylik, taqvodorlik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, yetim-yesir, kambag‘al miskinlarga shafqatli bo‘lish, xayr-saxovatli bo‘lish kabi inson uchun eng olijanob xislatlarni targ‘ib qiladi. Muallif inson hayotidagi ijobiy va salbiy xususiyatlar haqida yozar ekan, bularning hammasiga Qur’on va hadislardan dalillar keltiradi, Islom dini qonun-qoidalari, ya’ni farz va sunnatlari asosida fikr yuritadi. Jiyfai dunyoga har kim bo‘ldi g‘arq, Kufru iymonni qilolmas hech farq (155-bet). Tavozelik, muloyimlik, kamtarlik insonning eng olijanob xislatlaridan bo‘lib, bu musulmonlik belgilaridan hamdir. Boylik, mansabdan mag‘rurlanib birovlarni kamsitish chin musulmonga yot. O‘zingdan pastni ko‘rsang, qil tavoze, bermagin ozor, Hamisha go‘shi dilga bu edi murshidni takrori (1-33-bet). Ey birodar, mulkka qo‘yma iqtido, Dushmani joning erur g‘ayri Xudo (1-19-bet). Tasavvuf amaliyotida insonning eng ashaddiy, jirkanch dushmani nafsdir. Nafs odamni yo‘ldan ozdiradi, balolarga giriftor aylab, din-u iymondan judo qiladi, hirs-u havo, shahvat botqog‘iga qulatadi, xor-u zor aylab pirovard oqibat do‘zah azobiga duchor etib, Alloh marhamati 183 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 va Payg‘ambar sharofatidan mahrum etadi. “Mabdai nur”da bu haqda ko‘plab rivoyatlar keltirilgan, nasihatlar qilingan: Kech-kunduz nafsi sarkash hamnishin, Bizni birlan rozdonu ahli kin (1-42-bet). Yoki: Bu zamon xalqi bahodiru damir, Mardi nafsu mardi shohbat, mardi kir (1-85-bet). Ahli dunyo, molparastlar o‘z nafsi, manfaati uchun hech narsadan toymaydi, o‘z foydasi uchun bir don (habba) ga bu dunyo u dunyoni sotib yuborishga tayyor, ularda ishqdan nom-u nishon yo‘q: Maqomi bo‘yi ishqni so‘rma hargiz ahli dunyodin, Bular bir habba topsa, zud sotar dunyo uqboni (1-56-bet). Nafs balosi kishida hirs-u havoni ko‘paytiradi, takabburlik, g‘urur, manmanlikni, ziyoda qilib, insoniy xislatlardan mahrum etadi. Mashrab bundaylarni do‘zahning o‘tini, iti (sagi) deb atar ekan, undaylarda din-u iymon bo‘lmaydi deydi: Hezumi dozag‘ degin mag‘rurni, Din-u iymoniga topmas nurni (1-9-bet). yoki: Kimga bo‘lsa otashin kibru g‘urur, Nuri rahmatni Hudo ondin olur (1-36-bet). yoki: Ibodat qilgin mag‘rurlikni tashlagin dildan, Jahannamni sagidur kimki bo‘ldi kibru mag‘ruri (1-66-bet). Mashrab qattiq qoralagan inson tabiatidagi yana bir jirkanch illat ota-bobosi, nasabi nomi bilan yashash, ularning ulug‘ nomini o‘ziga nisbat berib, “men faloniy o‘g‘liman, faloniy nasabidanman” deb faxrlanishidir: Zahiri ibn falon, ibn falon, Dilda bir arzancha yo‘q xavfi iymon (1-49-bet). Dunyo boqiy, u tugamas, shunday dunyoda yashar ekansan birovga ozor bersang, dilini siyoh qilsang, o‘zing ro‘siyoh (qora yuzli) bo‘lasan deydi shoir: To jahon boqiy erur, bo‘lmas ado, Dilsiyohlik qilma munda, rusiyoh (1-94-bet). Mashrab yolg‘onchilik, riyokorlikni qoralar ekan, halollik,

Доказательный фрагмент

«This article discusses the work of Babarakhim Mashrab "Mabdai nur" and the educational and moral issues covered in it.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the work of Babarakhim Mashrab "Mabdai nur" and the educational and moral issues covered in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Mashrab, Mabdai nur, Solomon, Jesus, Moses, Rumi, ghazal, virtues and vices, Muso, g‘azal, fazilat va illatlar, Rumiy, Iso, “Qissasi Mashrab”., Sulaymon, “Mabdai nur”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники