К содержанию
РецензированоUZ2024

BRONZA DAVRIDA SOPOLLITEPA MADANIYATI VA QO’SHNI MADANIYATLAR O’RTASIDAGI MADANIY, ETNIK MUNOSABATLAR

Jumaniyozova Sarvinoz Shodlik qizi

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article is dedicated to the archaeological and cultural characteristics of the Sopollitepa culture during the Bronze Age, as well as its interactions with neighboring regions. The study provides a comparative analysis of similarities between the Sopollitepa site and other ancient settlements in Central Asia. It examines the ethnic and cultural connections, particularly the similarities in pottery, metal artifacts, and burial practices. The findings highlight the advanced economic and social development of these cultures and offer deeper insights into the processes of cultural interactions and influences. Keywords: Sopollitepa site, Bronze Age, Ulonbuloqsoy, pottery, ethnic connections, Dashly 1, 2 sites, Molali site, Auchindeppe site, Yangiqala cemetery. 1 79 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kirish. Markaziy Osiyo tarixida Bronza davri o‘ziga xos madaniy va iqtisodiy rivojlanish davri bo‘lgan. Ayniqsa, Sopollitepa va unga yaqin yodgorliklarning tadqiq etilishi ushbu hududda qadimiy dehqonchilik jamiyatlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sopollitepa yodgorliklarining arxeologik ma’lumotlari nafaqat mahalliy madaniyatlar, balki qo‘shni mintaqalar bilan madaniy va iqtisodiy aloqalarni ham oydinlashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada Sopollitepa madaniyatining asosiy xususiyatlari, uning Marg‘iyona, Baqtriya, Afg‘oniston va Turkmanistonning tog‘oldi hududlari bilan o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Usullar va adabiyotlar tahlili. Mazkur tadqiqot Bronza davridagi Sopollitepa madaniyati va qo‘shni madaniyatlar o‘rtasidagi arxeologik hamda madaniy aloqalarni o‘rganishda quyidagi usullardan foydalanilgan: 1. Arxeologik qazilmalar: Sopollitepa yodgorligidan topilgan buyumlar, jumladan sopol idishlar, metall buyumlar va dafn marosimlari qoldiqlarini o‘rganish. 2. Qiyosiy tahlil: Dashli (1, 2), Mo‘lali, Auchindepe, Yangiqal’a qabristoni kabi joylardan topilgan moddiy madaniyat qoldiqlari bilan Sopollitepa materiallarini taqqoslash. 3. Tipologik va stratigrafik usul: Buyumlarni turkumlash va qatlamlarni o‘rganish orqali madaniy va savdo aloqalarini aniqlash. 4. Etnomadaniy bog‘liqlikni o‘rganish: Dafn marosimlari va moddiy madaniyatdagi umumiyliklarni tahlil qilish orqali etnik va madaniy bog‘liqliklarni belgilash. Adabiyotlar tahlili Tadqiqotda quyidagi muhim olimlarning asarlaridan foydalanilgan:  G.A. Pugachenkova: Sopollitepa va Janubiy O‘zbekiston hududidagi boshqa yodgorliklarning umumiy xususiyatlari, xususan, dafn marosimlari va moddiy madaniyat o‘xshashliklarini o‘rganish.  V.M. Masson: Murg‘ob vodiysidagi madaniyatlarning Sopollitepa bilan o‘xshashliklari va ular orasidagi aloqalarni o‘rganish.  V.I. Sarianidi: Altin-depe, Dashli kabi yodgorliklar arxitekturasining Sopollitepa bilan umumiy jihatlari.  Shuningdek, Shahri Sohkta, Mundigak, Tepe Gissar kabi yodgorliklar bo‘yicha tadqiqotlar orqali Markaziy Osiyo hududidagi texnologik va madaniy aloqalar aniqlangan. Natijalar va tahlil Tahlillar Sopollitepa va uning qo‘shni hududlari o‘rtasida sezilarli madaniy parallelliklar mavjudligini ko‘rsatadi. Sopollitepa sopoli, metall buyumlari va dafn marosimlari boshqa hududlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning yuqori darajada rivojlanganligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, Sopollitepa hududi janubiy O‘zbekistonning dehqonchilik va hunarmandchilik an’analarining shakllanishida muhim rol o‘ynagan. O’zbekistonning janubiy hududlariga shimoli-sharqiy Kapettog’ sivilizatsiyasi o’choqlaridan Murg’ob vodiysi va shimoliy Afg’onistonning Aqchadaryo havzalari orqali qadimgi dehqonchilik madaniyati jamoalarining katta bir guruhi miloddan avvalgi 2-mingyillikning birinchi choragida ekinbop unumdor yerlar qidirib kirib keldilar. Ular Amudaryodan o’tib Ulonbuloqsoyning quyi oqimiga kelib o’rnashdilar. 1 80 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Sopollitepa, Ko’hitang tog‘lari oralig‘ida joylashgan Sherobod cho‘liga oqib keladigan Ulanbuloqsoy quyi havzasida joylashgan. Shu soy suvlariga asoslangan holda qadimgi dehqonlar qishlog‘i vujudga kelgan. Ushbu qishloq xarobalari mahalliy aholi tomonidan Sopollitepa deb nomlangan. 1 Hozirgi vaqtda Qadimgi Baqtriya hududida Sopolli tipidagi yodgorliklar Surxondaryo viloyatidagi Sho‘rchi vohasida va Amudaryoning qarama-qarshi tomonida, ya'ni Aqcha vohasida (Shimoliy Afg‘oniston) aniqlangan. Sopllitepa aholisi Janubiy O'zbekiston hududining eng qadimgi dehqonlari edi. Bu yerdan topilgan juda boy va xilma-xil materiallar tahlili, ularning boshqa o'lka va tarixiy madaniy viloyat yodgorliklari bilan qiyosiy o'rganish Sopollitepa aholisining qadimgi Baqtriyaga qo'shni Marg'iyonadan dehqonchilikka qulay yangi yerlar qidirib kelib o'rnashgan qabilalar ekanligini ko'rsatadi.2 Shuningdek, tadqiqotlar Sopollitepa madaniyatining qo’shni madaniyatlar b

Доказательный фрагмент

«This article is dedicated to the archaeological and cultural characteristics of the Sopollitepa culture during the Bronze Age, as well as its interactions with neighboring regions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is dedicated to the archaeological and cultural characteristics of the Sopollitepa culture during the Bronze Age, as well as its interactions with neighboring regions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sopollitepa site, Bronze Age, Ulonbuloqsoy, pottery, ethnic connections, Bronza davri, 2 manzilgohlari, Mo’lali manzilgohi, etnik aloqalar, Sopollitepa yodgorligi, Dashli 1, Auchindepe manzilgohi, Yangiqal’a qabristoni, sopol buyumlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники