К содержанию
РецензированоUZ2026

QORA BALIQ(SCHIZOTHORAX INTERMEDIUS)NING HAYOT SIKLI VA ONTOGENETIK O’ZGARUVCHANLIGI

ONTOGENETIK O’ZGARUVCHANLIGI · Norova Dilfuza Xolmatovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article describes the life cycle of the blackfish (schizothorax intermedius), i.e., from its development from the egg to the reproductive age and beyond. At the same time, information is provided on its age-related, i.e., ontogenetic variability. Keywords: prereproductive, reproductive, postreproductive, gastrulation, ectoderm, endoderm, mesoderm, phenotypic variability, ontogenetic variability, metamorphosis, larva. Абстрактный. В этой статье будет рассмотрен жизненный цикл черной рыбы (schizothoraxintermedius), то есть от ее развития от икры до достижения репродуктивного возраста и далее. Кроме того, приводятся сведения о его возрастной, то есть онтогенетической изменчивости. Ключевые слова: пререпродуктивная, репродуктивная, пострепродуктивная, гаструляция, эктодерма, энтодерма, мезодерма, фенотипическая изменчивость, онтогенетическая изменчивость, метаморфоз, личинка. Bizga ma’lumki har bir tirik organizm o’z shaxsiy taraqqiyotining postembrional davrida uch bosqichni o’taydi, ya’ni: • Jinsiy jihatdan yetilmagan va hali nasl qoldira olmaydigan davri (predreproduktiv); • Jinsiy voyaga yetgan va o’zidan nasl qoldira oladigan davri (reproduktiv); • Ko’payish xususiyatini yo’qotgan, nasl bera olmaydigan qarilik davri (postreproduktiv). Ko’payish turning saqlanib qolishi va individlari soninig ko’payib borishini belgilaydigan muhim biologik jarayondir. Biz o’rganayotgan turimiz hisoblangan qora baliq (marinka) ham deyarli barcha umurtqalilar singari ayrim jinsli baliq hisoblanadi. Bularda nozik jinsiy demarfizm kuzatiladi, ya’ni suvning ko’tarilishi bilan sodir bo’ladigan bahor va yozning boshlariga to’g’ri keladigan ko’payish mavsumida erkaklari yorqinroq rangga ega bo’ladi. Erkagida juft urug’don, urg’ochilarida esa juft tuxumdonlar rivojlangan. Ular urg’ochi tomonidan chuqurliklarda yopishtiruvchi tuxum qo’yish orqali ko’payadi. Maydan avgustgacha 13,5-28 mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Shu paytda qorin bo’shlig’i ichki qora pardasi zaharli bo’ladi. Ehtimol bu turning maxsus himoyalanish mexanizimidir. Urchish davrida gonadalarning massasi baliq umumiy massasining deyarli 25% ni tashkil etadi. Baliq tuxumlari ona tanasidan tashqarida urug’lanishi va hamma tuxumda ham urug’lanish imkoni mavjud bo’magani hisobga olinsa, bu baliq turning serpushtligi 10 sababi tushunarli bo’ladi. Bundan tashqari, suvda spermatazoidning hayotchanligi uncha uzoq davom etmaydi. Ernest Gekkel 1866-yilda fanga ontogenez( yunoncha onton-mavjudod, genesis- rivojlanish so’zlaridan olingan) tushunchasini kiritgach, ontogenez uchta tipga farqlandi. Ya’ni: • Bachadonda rivojlanish. Bu yuksak sut emizuvchilarda kuzatiladigan ona qornida rivojlanishdir. Bunday ko’payish usulida urug’langan tuxum hujayra- tuxum yo’lida rivojlanadi va embrion bilan ona organizm o’rtasida yo’ldosh orqali bog’lanish yuz beradi. Embrionning barcha hayotiy jarayonlari (oziqlanish, nafas olish, ayirish) yo’ldosh orqali ona organizmi hisobiga ta’minlanadi. Bachadonda rivojlanish embrionning tug’ilishi bilan tugallanadi. • Tuxumda rivojlanish. Ularning tuxum hujayrasida sariqlik ko’p bo’ladi va embrion shu sariqlik hisobiga tuxum ichida uzoq vaqt rivojlanadi. • Lichinkali rivojlanish. Bunday rivojlanadigan organizmlarning tuxum hujayrasida sariqlik moddasi kam bo’lib, ularning tuxumidan yetuk formalardan o’z tuzulishi bilan farq qiladigan, o’zi mustaqqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi. Metamorfoz organizm individual rivojlanishi davomida tuzilishida sodir bo’ladigan chuqur o’zgarishlardir. Deyarli barcha suyakli baliq turlari, jumladan qora baliq ham shu tipda o’z ontogenezini boshlaydi. Ona qora baliqning naslga g’amxo’rlik refleksi sust rivojlangan bo’lib, suv havzasining toshlar ostidan sekin oqadigan joy topib tuxum qo’yishidan iborat. Erkak qora baliq kelib tarkibida spermatazoidlari bo’lgan sutini tuxum hujayraga sepgach, tuxumlar mutloq qarovsiz qoladi. Oradan ma’lum soatlar o’tgach otalana olgan tuxumlar mitoz usulida bir necha bora bo’lina boshlaydi va bu jarayon individ embrional hayotining ilk fazalari hisoblanadi. Tuxum tarkibidagi sariqlikning kamligi hisobiga maydalanish bir tekisda kechadi va blastoderma deb ataladigan bir qavat hujayralardan tashkil topgan devor bilan o’ralgan sharsimon embrion-blastulaning hosil bo’lishi bilan yakunlanadi. Jarayonning yakuni gastrulyatsiya bosqichiga ulanadi. Bu bosqichda blastula bo’shlig’idagi hujayralar ikki qavatga: • Ektoderma deb nomlanadigan- tashqi qavatga; • Endoderma deb ataladigan- ichki qavatga taqsimlanib, keyinchalik ikkala qavat oralig’idan • Mezoderma deb ataladigan o’rta qavatga ajralishi bilan kechadi. Gastrulatsiyada hosil bo’lgan qavatlardan turli sistema organlarining paydo bo’lishi- organogenez jarayonida quyudagi rivojlanishlar kechadi. • Ektoderma qavatidan : nerv sistemasi, sezgi organlari va teri epitelitsi; • Endoderma qavatidan: hazim sistemasi organlari, jumladan ichak, jigar, me’da osti bezi va nafas si

Доказательный фрагмент

«This article describes the life cycle of the blackfish (schizothorax intermedius), i.e., from its development from the egg to the reproductive age and beyond.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the life cycle of the blackfish (schizothorax intermedius), i.e., from its development from the egg to the reproductive age and beyond. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
prereproductive, reproductive, postreproductive, gastrulation, ectoderm, reproduktiv, gastrulatsiya, mezoderma, postreproduktiv, lichinka., endoderma, ontogenetik o’zgaruvchanlik, predreproduktiv, fenotipik o’zgaruvchanlik, metamorfoz, ektoderma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники